Qidir Ginekologiya



Download 56,69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.03.2022
Hajmi56,69 Kb.
#508249
Bog'liq
Ginekologiya - Vikipediya



Qidir
Ginekologiya
Ginekologiya (yun. gynaikos — ayol va ...logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi
xotin-qizlar organizmining oʻziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hamda ularning jinsiy
aʼzolari kasalliklarini oʻrganadi. Ayollarning normal jinsiy faoliyati — hayz koʻrishi, bola tugʻishi,
shuningdek, bola tugʻish va hayz koʻrishdan qolishi (klimakteriya davri) hamda shu davrga xos
kasalliklar, tugʻmaslik sabablari, ularning oldini olish va davolash yoʻl-yoʻriqlarini ham oʻrganadi.
Umumiy va xususiy G. farq qilinadi. Umumiy G. ginekologik kasalliklarning simptomlari, tashhisi,
ularning oldini olish va davolash; xususiy G. esa ayollar jinsiy sistemasining ayrim kasalliklari,
ularning oʻziga xos jihatlari va belgilari, tashhisi, oldini olish hamda davolashni oʻz ichiga oladi. G.
akusherlik bilan chambarchas bogʻlangan.
G. 19-asrning oʻrtalarida mustaqil fan sifatida tashkil topdi. Anatomiya, fiziologiya, umumiy
patologiya, mikrobiologiya, endokrinologiya, jarrohlik va b. fanlar G.ning rivojlanishida muhim
ahamiyat kasb etdi. G.ning tarixi juda qadimga borib taqaladi. Misr, Hindiston, Yunonistonning
qad. qoʻlyozmalarida G.ga oid maʼlumotlar keltirilgan. G. tushunchasi Gippokrat, Gerofil kabi
yunon vrachlarining asarlarida ham oʻz ifodasini topgan. Ibn Siioning "Tib qonunlari"da bir qancha
ginekologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularni aniqlash, davolash va oldini olish yoʻllari
bayon etilgan.
Toshkentda Hadra dahasida Oʻzbekistonda birinchi ayollar va bolalar shifoxonasi ochilishi
(1880), Oʻzbekistonda akusher-ginekolog vrachlar tayyorlana boshlashi, 1927-yilda Onalik va
bolalikni muhofaza qilish i.t. instituti, Oʻrta Osiyo universiteti (1921), ToshTI (1931; 1940),
SamTI (1934) hamda Vrachlar malakasini oshirish institutida (1950; I960) akusherlik va


ginekologiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshlashi G. va akusherlik sohasining fan sifatida
rivojlanishiga olib keldi. Bunda Oʻzbekistan FA akad. I. 3. Zokirov, prof. A. A. Kogan, A. A. Krdirova,
O. Mirsoatov, Yu. K. Jabborova va b.ning salmoqdi hissalari bor. Qizaloqlar va boʻyi yetib qolgan
qizlar kasalliklarini oʻrganish jadal olib borildi; ularning jinsiy yetilish jarayonini oʻrganish, jinsiy
aʼzolaridagi nuqsonlar, qayz koʻrish jarayonidagi oʻzgarishlar hamda kasalliklarini erta aniqlash va
davolash keyingi hayotida roʻy berishi mumkin boʻlgan noxush xrlatlarni oʻz vaqtida bartaraf
etish imkonini beradi. OʻzR da bepushtlik muammosi oʻrganildi va uni davolash maqsadida
jarroxdik usuli qoʻllanildi (A. A. Sholoxova). Homiladorlikning ilk davridayoq tashhis qoʻyish,
tugʻruqqa tayyorlash, shuningdek, tugʻruq bilan bogʻliq boʻlgan xrrdiq muddatini oʻzgartirish;
Oʻzbekistan iqlimi sharoitida homiladorlikning yurak-qon tomir tizimiga taʼsiri oʻrganildi. Abort
paytida infeksiya tushishining oldini olish va davolash, patogenez muammolari va bola tushish
sabablarini oʻrganishga oid qator tadqiqotlar oʻtkazildi. Gemostazning oʻziga xos xususiyatlari
va kamqon homilador ayollarda quvvat almashinuvi hamda bola koʻrish orasidagi muddat
koʻrsatkichlari oʻrganildi va ilmiy jihatdan asoslab berildi. Akusherlik qon ketishlarining oldini olish
va uni davolash masalalari ishlab chiqildi. Xotin-qizlar i.ch.ning turli sohalarida faoliyat
koʻrsatayotganlarini nazarda tutib, koʻchma ginekologik tekshiruv, ayollarni rejali profilaktik
koʻrikdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. OʻzRda Akusherlik va ginekologiya, Pediatriya i.t. instituti,
tibbiyot institutlari, vrachlar malakasini oshirish instituti hamda yirik kasalxonalarning
ginekologiya boʻlimlarida G. masalalarini hal etishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Toshkent sh.da Respublika hamda 2 ta shahar perinatal markazi, shuningdek, yirik i.t. institutlari
va oliy oʻquv yurtlari qoshida skrinning markazlari tashkil etilgan. Bular onalar oʻlimini bir necha
marta kamaytirishga imkoniyat beradi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Qodirova A. A. va b., Ginekologiya, T., 1997.
Berdimurod Saidqoriyev.
Fanlar haqidagi ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.ph
p?title=Ginekologiya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 6 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Ginekologiya&oldid=2308689

dan olindi 

Download 56,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish