Yig‘iq birikmalar
. Bular ikki komponentli birikmalardir:
yog‘och to‘qmoq, kitob tokchasi, taxta pol,
qo‘yim qoldirish
(yog‘ochsozlik);
odil sudlov, sud taftishi
(yuridik).
2.
Yoyiq birikmalar.
Bular uch va undan ortiq mustaqil leksemalardan tarkib topadi: a) uch komponentli
biriikmalar:
tob tashlab qiyshaytirish, bo‘ylama tob tashlash
(yog‘ochsozlik); b) to‘rt komponentli
biriikmalar: “
qaldirg‘och quyruq” tiroqli birikmalar, dasta bet bog‘lash usuli
(yog‘ochsozlik)
;
s) besh
komponentli biriikmalar:
uzunasiga qirquvchi disk arrali stanok
(yog‘ochsozlik); d) olti komponentli
biriikmalar:
markazlar yordamida silindrik sirtlarni xomaki yo‘nish
(yog‘ochsozlik).
Birikma terminlar quyidagi modellarda yasaladi:
Ot+ot modeli
.
Taxta pol, yog‘och oyoq
(yog‘ochsozlik);
yo‘l boji, jinoyat ishi
(yuridik).
Sifat+ot modeli.
Pog‘onali sirt, ponasimon ulash, shakldor oyoqlar
(yog‘ochsozlik);
huquqiy vorislik,
davomli
jinoyatlar
(yuridik);
qattiq tanglay, to‘g‘ri ichak
(anatomiya).
Murakkab terminlar
– bir yoki birdan ortiq so‘zlarning grammatik tobelik munosabatiga asoslangan turg‘un
birikma holatida bo‘ladi. Terminologiyaga bag‘ishlangan adabiyotlarda murakkab terminlar birikmali terminlar
tarkibida o‘rganiladi. Ayrim adabiyotlarda esa, «tarkibli termin
9
», «murakkab termin» sifatida talqin etiladi.
Murakkab tuzilgan terminlar yasashda quyidagi talablarga e’tibor berilishi lozim: a) termin mumkin qadar
ixcham, kam sonli so‘zlardan iborat bo‘lishi kerak. Terminlarning ixcham bo‘lishi ularni qo‘llashda qulaylik
tug‘dirishdan tashqari, ulardan yangi terminlar yasash imkoniyatini beradi. Chunki, mavjud terminlardan so‘z
yasovchi affiks yordamida yangi termin yasash (
son-teskari son, yoy-yoyning gradusi
) hodisalar, tushunchalar
orasida mavjud bo‘lgan aloqani ham ko‘rsatib turadi; b) murakkab termin tarkibidagi ba’zi so‘zni izohlaydigan
yana boshqa so‘z bo‘lmasligi (qavs ichida berilmasligi) kerak. Aks holda termindan foydalanishda qiyinchilik
bo‘ladi. Masalan, tuproqshunoslik sohasida yaratilgan
degradasiyalangan
(aynigan)
qora tuproq
, matematika
sohasidagi
erkin (bog‘liq) miqdor, o‘xshashlik (analogiya) metodi
kabi terminlar muvaffaqiyatli chiqmagan
bo‘lib, ularni ishlatish ancha noqulaylik tug‘diradi. Murakkab terminlar tarkibidagi har bir so‘z boshqasi bilan
affikslar yordamida yoki sintaktik tartib orqali birikkan bo‘lishi kerak. Ularning ko‘makchilar va bog‘lovchilar
vositasi bilan grammatik munosabatga kirishishlari ma’qul emas. Chunki yordamchi so‘zlar vositasi bilan
birikkan so‘zlardan iborat bo‘lgan murakkab terminlarning terminlik xususiyati bilinmay qoladi, oddiy, erkin
birikmaga o‘xshab ketadi. Masalan,
burchak bilan o‘lchash, o‘rta va chet nisbatga bo‘lish (“zolotoye
secheniye”)
kabi. Ko‘rinib turibdiki, bu terminlar tarkibidagi
bilan
ko‘makchisi hamda
va
bog‘lovchisining
kelishi ularni jonli nutq elementlariga o‘xshatib yuborgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |