Qdu tabiatshunoslik va geografiya fakulteti biologiya yo’nalishi 1-kurs 11-guruh talabasi



Download 0,95 Mb.
bet3/3
Sana21.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#397533
1   2   3
Bog'liq
Gemoglabinga oid patafiziologiya

Bu juda muhim

 

Qon kasalliklari, qon sis temasi kasalliklari — periferik qon va qon yaratuvchi aʼzolarning shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Q.k.ning kelib chiqish sabablari va belgilari xilma-xil, lekin ularning hammasida ham qon hujayralarining ishlanib chiqishi, funksiyalari, organizmda taqsimlanishi va b. koʻrsatkichlari buziladi. Bu oʻzgarishlar qon yaratilishini idora etadigan nerv-endokrin sistema funksiyasi hamda boshqa aʼzolar (meʼda, jigar) faoliyatiga, organizmning irsiy xususiyatlarini belgilovchi gen apparatiga bogʻliq. Q.k.ga olib keladigan jarayonlar mexanizmi murakkab va xilmaxilligi sababli Q.k.ni shartli ravishda patogenetik xususiyatlari va klinik belgilariga qarab leykozlar, kamqonliklar va koagulopatiyalarga ajratiladi. asosan, qizil qon sistemasi kasalliklari, oq qon sistemasi kasalliklari, trombotsitlar (qon plastinkalari)ning kasalliklari tafovut qilinadi. Bularning kelib chiqishida qon sistemasida roʻy beradigan aplastik, giperplastik oʻzgarishlar va qon yara-tilishining buzilishiga olib keladigan boshqa patologik jarayonlarning ahamiyati katta.

Qizil qon sistemasi kasalliklari. Bunga qizil qon shaklli elementlari — eritrotsitlar kamayishi bilan kechadigan turli xil anemiyalar, ularning ortiqcha ishlanib chiqishi bilan ifodalanadigan eritremiyalar, oq qon sistemasi kasalliklariga turli xil leykozlar, koʻp sonli miyeloma

Trombotsitlar kasalliklari koʻmikda megakariotsit hujayralar yoki trombotsitlar faoliyatining susayishi bilan bogʻliq ravishda paydo boʻladi. Bularga idiopatik trombotsitopenik purpura, Glansman xastaligi kiradi. Q.k. birbiridan farq qilsa ham, lekin maʼlum bir qonuniyat bilan avj olib borib, organizmdagi talaygina aʼzolar faoliyatining izdan chiqishiga sabab boʻladi.

Q.k. turi, xususiyatlari va avj olish darajasiga qarab davo qilinadi.

Qk.ning kelib chiqish sabablari va avj olish mexanizmlarini oʻrganish, davolash chora-usullarini ishlab chiqish masalalari bilan gematologiya shugʻullanadi

Vitaminlar iste’mol omillari bo’lib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinuvining boshqarilishida qatnashadilar. Modda almashinuvining buzilishi ko’pincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bo’lmasligi yoki ularning organizmda hazm bo’lishi buzilishi bilan bog’liqdir. Natijada avitaminoz holati rivojlanadi – ovqatda vitaminning umuman bo’lmasligi yoki organizmda o’zlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga keladi.

Ayrim vitaminlar ovqat bilan birga o’tmishdoshlar shaklida – provitaminlar ko’rinishida bo’ladi va ular to’qimalarda vitaminlarning biologik faol shakllariga aylanadi.

Ichaklarda so’rilganda o’tgan yog’da eruvchi vitaminlar to’qimalarda to’planadi; suvda eriydigan vitaminlar kofermentlarga aylanadi va apoferment bilan bog’langan holda murakkab ferment tarkibiga kiradi. Fermentlarning yashash muddati chegaralangan bo’lganligi sababli kofermentlar parchalanadilar va organizmdan turli metabolitlar ko’rinishida chiqarib yuboriladi. Yog’da eriydigan vitaminlar ham katabolizmga uchraydi, lekin ular suvda eriydigan vitaminlarga nisbatan sekinroq parchalanadi. Shu sababli ham ovqat bilan birga vitaminlar doimo kirib turishi kerak.

Vitaminlar disbalansi yetishmagan (manfiy balans) va ortiqcha (musbat balans) ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Vitaminning qisman yetishmasligi gipovitaminoz, judayam tanqis bo’lishi – avitaminoz deb ataladi. Bitta vitaminning yetishmasligi monogipovitaminoz, bir nechtasining yetishmasligi esa – poligipovitaminoz deb ataladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil o’simlik tabiatiga ega bo’lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda avitaminoz holatlari uchraydi. To’qimalarda vitaminlarning ortiqcha to’planishi gipervitaminoz deb ataladi. U yog’da eriydigan vitaminlar uchun xos.

Anemiya nima?

Anemiya yoki kamqonlik atamasi ostida qon hajmining birligida qizil qon pigmentining (gemoglobin) yoki qizil qon tanachalarining (eritrositlar) yetishmasligi tushuniladi. Anemiya quyidagi sabablarga ega bo'lishi mumkin: o'tkir yoki surunkali qon yo'qotish (yara, operasiya, oshqozon-ichak sohasida qon yo'qotish); qon hujayralarining tez nobud bo'lishi yoki eritrositlar hayotining davomiyligining qisqarishi; bir xil, balanslashtirilmagan oziqlanish, qon uchun foydali bo'lgan elementlarning tanqisligi (oqsil, temir, foliy kislotasi, B12 vitamini, mis); ichakda muhim elementlarning so'rilishining buzilishi (surunkali oshqozon-ichak kasalliklari tufayli

). Eng keng tarqalgan anemiyaning turidan biri bu - temir moddasining tanqisligidir. Uning oziq-ovqatlardagi yetishmovchiligi uning organizmdagi defisitga olib keladi. Qon tizimi yetarli darajada temir moddasini qabul qilmasa, u o'z navbatida gemoglobinning yetarli miqdorini ham ishlab chiqara olmaydi. Oqibatda esa eritrositlar unga yetarli darajada qoniqmasdan, organizm yetarli miqdorda kislorodga erishmaydi. Anemiyada bolaning terisi rangsiz, oq bo'lib, bolaning tirnoqlari ostida, lablari va ko'zning shilliq qatlamining shunday rangda bo'lishi kuzatiladi. Agarda ushbu holatda bola o'zini toliqqan, e'tiborning susayishi, holsizlik hamda ishtahaning pasayishi qo'shilsa albatta vrachga murojaat eting. Anemiya faqat qon taxlilidan so'ng aniq belgilanadi. Muhim: aksariyat bolalar rangsiz yuz va toliqqan ko'rinishda bo'lsalar ham, kamqonlik kasalligidan aziyat chekmaydilar.



ZILOLA

.

Bolalarda anemiya toliqish, rangsizlik, ishtahaning yo'qolishi, bosh og'riqlari, teri quruqligi, tirnoq va sochlarning sinuvchanligi, og'iz burchaklaridagi yoriqlar va turli yuqumli kasalliklarga tez chalinishlari bilan namoyon bo'lishi mumkin. Kasallikning og'ir shakllarida qiyin nafas olish, bosh aylanish, tez yurak urishi, shilliq qatlamlarning o'zgarishi (silliq malina rangidagi til, ta'm, hid sezishning o'zgarishi, yutishning murakkablashishi), shu bilan birga jigar va taloqning shishishi ham kuzatiladi. Agarda emizikli bola rangsiz, holsiz, ishtahasining bo'g'ilganligi, rivojlanishning sustligi va yuqiumli kasalliklarga tez chalinishi kuzatilsa - bu kamqonlikning belgilaridan biri bo'lishi mumkin. Simptomlar • Rangsiz lablar va tirnoqlar. • Rangsiz ko'zlar. • Toliqish. • Nafasning bo'g'ilishi • Ishtahaning yo'qligi • Tez yurak urishi



Kasallik qanday kechadi?

Anemiyani shubha qilsangiz albatta bolani vrach nazoratidan o'tkazing. Anemiya boshqa kasallikning simptomi bo'lishi mumkin. Qonning taxliliga muvofiq vrach chindan ham bolangizda anemiya mavjudiligi haqida to'liq axborotni beradi. Ayrim hollarda kasalxonada yanada chuqurroq tekshirish amalga oshirilishi mumkin. Agarda anemiya temir moddasining yetishmovchiligi natijasida vujudga kelgan bo'lsa, u holda vrach temir moddasi mavjud tomchi, sok yoki tabletka ko'rinishidagi dori vositalarini yozib beradi. Muddatdan ilgari tug'ilgan bolalarda yoki bola faqat ona suti bilan oziqlansa, profilaktik usul bilan temir moddali tomchilarni qabuli yordamida anemiyaning oldini olish mumkin. Uy muhitidagi yordam Bolaga temir moddasi mavjud mahsulotlarni bering. Bu - baliq, potroxa, tuxum sarig'i. To'q yashil bargli sabzavotlar va yong'oq ham temir moddasiga boydir. S vitamining qabuli ham temir moddasining yaxshi so'rilishiga sabab bo'ladi.

Davolanish

Agar bolangizda anemiya mavjud deb hisoblansangiz uni albatta vrach nazoratidan o'tkazing. Faqat qon taxlili yordamida anemiya boshqa kasallik simptomimi yoki uning bir turimi - buni aniq holda vrach yordamida bilib olasiz. Bolaga turli xil oziq-ovqatni taklif eting.



U temir moddasiga boy bo'lsin: go'sht, tuxum, boshoqli non, suli yormasi, sabzavotlar, mevalar bering. Chunki bir xil tusdagi mahsulot va taomlar ham bola organizmida temir moddasining tanqisligiga olib kelishi mumkin. Ovqatdan so'ng tortiq etiladigan C vitaminiga boy turli mevali soklar temirning yaxshi so'rilishiga olib keladi. Anemiyani maxsus parhezga amal qilgan holda davolay olmaysiz. Shu sababli vrach temir moddasi mavjud dori vositalarini yozib beradi. Ularni iloji bo'lsa ertalab nahorga bersangiz, ta'sir etish kuchini oshiradi. Yomon hazm etish yoki temir moddasining yetarli darajada ichaklarda so'rilmaslik holatlarida preparat in'eksiya ko'rinishida belgilanadi. Barcha dori vositalari singari ushbu dorilar ham bola qo'li etmaydigan joyda saqlanishi lozim. Katta hajmdagi temir moddasining qabuli bola organizmining zaharlanishiga olib keladi. Ushbu dori-darmonlardan bola axlatining rangi to'q tusga ega bo'ladi.

XULOSA

. Temir yetish-masligiga aloqador A.ning oldini olish va davolashda qon yo‘qotish ehtimoli bo‘lgan manbalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, homilador bo‘lish va tug‘ishni ma’lum darajada re-jalashtirishga erishish, bekamu ko‘st ovqatlanishga rioya qilish lozim.Vitamin V12 yoki folat kislota yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan A. ancha kam uchraydi. A.ning bu xilida o‘ziga xos alomatlar: til achishishi, ka-sallik o‘tkazib yuborilganda nerv siste-masining zararlanish (funikulyar miye-loz) belgilari kuzatiladi. Bu xil A.ning oldini olish uchun me’da-ichak yo‘lining surunkali kasalliklari, ayniqsa ich ketishi b-n o‘tadigan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlab davolash juda muhim. Gijja tarqalgan joylarda ulardan za-rarlanishning oldini olish choralarini ko‘rish zarur, kasallik paydo bo‘lganda esa o‘z vaqnida davo qilish lozim.
Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish