Reja: 1.Geografik kartalarning xususiyatlari va ularning tasnifi. 2.Geografik kartalarning tiplari. 3.Xulosa. Umumgeografik kartalar - Umumgeografik kartalarda geografik landshaftning tashqi ko’rinishi tasvirlanadi. Unda relef, suvlar, o’simlik, aholi punktlari, yo’llar, chegaralar va boshqa bir xil aniqlikda va mukammallikda ko’rsatiladi.
Mavzuli kartalar. - Mavzuli kartalarda voqe-hodisalarning geografik joylashishigina emas balki ularning miqdor va sifat ko’rsatkichlari ham tasvirlanadi. Miqdor ko’rsatkichlari mutloq (absolyut) va nisbiy miqdorda beriladi.Shunisi xarakterliki, mavzuli kartalarda voqea-hodisalar ma’lum bir vaqtdagi ma’lumotlarga asoslanib ularning o’sishi yoki pasayishi hamda strukturasi kartografik tasvirda tushunarli qilib obrazli- belgilar asosida ko’rsatadi.
Tasniflashning asosiy ko’rsatkichlari haqida - Tasniflashning asosiy ko’rsatkichlaridan biri umumiy ko’rsatkichlarni tarmoqlarga bo’lib tasvirlaganda ularning umumiy mazmuni bir butunlikni tashkil qilishi kerak. Masalan, “Paxtachilik” kartasi umumiy bo’lsa uning tarmoqlar: paxta navlari, ekilishi, hosildorligi, yalpi hosili, umumiy foydasi, ishlov berish va boshqalar. Lekin har bir sohani tasniflashda ular orasidagi o’zaro munosabatva qonuniyat saqlanishi kerak.
- Egallagan hududi bo’yicha kartalar quyidagilarga bo’linadi
Tabiiy yoki tabiiy geografik kartalar - Tabiiy geografik kartalar, geografik muhit komponentlari (atmosfera,gidrosfera, biosfera) yoki shu komponentlarni o’rganuvchi fanlar bo’yicha bo’linsa ham maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar - Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar ham o’z navbatida aholi, iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy-ma’muriy, maishiy xizmat ko’rsatish kartalari vaboshqa turlarga bo’linadi.
Tabiiy- geografik kartalar:: 1.geologik stratigrafik tektonik, litologik, uchlamchi davr,to’rtlamchi davr,gidrologik, geoximik, foydali qazilmalar,seysmiologik,vulkanizm kartalari va boshqalar; 2.Umumiy tabiiy geografik kartalar 3.Geofizik kartalar 4.Yer yuzasini relefi,gipsometrik,morfometrik, morfografik, geomorfologik kartalar; 5.Meterologik va iqlim: xarorat, shamollar, yog’in-sochin kartalari va boshqalar; 6.Okeanologik kartalar 7.Gidrologik kartalar (yer usti suvlari) 8.Tuproq va uning turlari hamda tarqalishi kartalari; 9. O’simlik va ularning geografik joylashishi kartalari; 10. Hayvonot dunyosi va ularnng tarqalish kartalari 11.Tabiatni muhofaza qilish va ekologik kartalar; Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar:: 1.Aholi va demografik kartalar:aholining joylanishi va tarqalishi, zichligi, aholining milliy tarkibi, etnografiyasi, jinsi, tug’ilish va o’lim, yoshi,ishsizlik, ishga layoqatliligi kartalari va hakozolar. 2. iqtisodiy tabiiy resurslarva ularni baholash, sanoat, qishloq xo’jaligi,(dehqonchilik, chorvachilik) va o’rmon xo’jaligi, transport,ichki va tashqi iqtisodiy aloqalar, umumiqtisodiy kartalari. 3.maishiy xizmat: maorif, fan, madaniyat, sog’liqni saqlash, savdo va moliya,fizkultura va sport, turizm, maishiy xizmat kartalari va boshqalar. 4.Siyosiy- ma’muriy kartalar. Xulosa. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki har bir kartaning ahamiyati o’ziga xos bo’ladi. Karta bizga ma’lumotlarni aniq asoslab beradi va tushunishga qulaylik yaratadi. Har bir karta o’ziga xos uslubda tayyorlanadi. Hozirda kartalarning turli mavzulardagisi mavjud.Bunday kartalar o’quvchilar tushunishiga qulaylik yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.T.Mirzaliyev. Kartografiya. Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashiryoti 2004 . 2.www.ziyo.net.uz 3.www.Lexuz.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |