Azim ushbu she’rida ruhiy iztiroblarni qabariq holatda tasvirlaydi, she’rda muallif “Men” i ustunlik qiladi. Qaysidir ma’noda shoir shaxsiyatining chizgilari qirrador tarzda ifoda etiladi. Dunyoning aldanayotganini ko‘rgan lirik qahramon chuqur iztirobga tushadi,qiynaladi. Uning yuragidagi nido “Dunyoni aldamang” degan shaklda tashqarida o‘zini namoyon etadi. She’r qisqa va lo‘nda, uning mazmun – mohiyati esa nihoyatda kengdir. “ Hechnarsa qilganim yo‘q edi…” degan misra she’rning boshlanishi ya’ni, u fikrning, tuyg‘uning ilk namoyon bo‘la boshlashi deyish mumkin. “Dunyoni aldayotganlarini ko‘rib qolishi” tugun bo‘lib kelgan bo‘lsa, ijodkorning endilikda sezimlari, ruhiyatidagi nozik kechmishlar zo‘riqa boshlaydi, shoir bu g‘amga, bu iztirobga chidolmaydi. U bunga ko‘nikolmaydi va “Dunyoni aldamang” deya hayqiradi. Bu konfliktdir. “Dunyo uni yomon ko‘rib qoladi” ,bu esa voqealar rivoj topib borishi desak “Shunda ham uning dunyoni yaxshi ko‘raverishi” yechim sifatida namoyon bo‘ladi. Guvohi bo‘lganimizdek bu she’rni kichik asar deyish mumkin. Dunyo tegirmonida beto‘xtov yanchilgan lirik qahramonning yana Shu dunyoni yaxshi ko‘rishga yurak topa olishi, ichki qarama - qarshilik,konfliktlarni enga bilishi ulkan bir jasoratdir. Insonning bu dunyoda hamisha tashvishlarga ko‘milib yashashi bor gap. U qancha tirishmasin umrining oxiriga qadar kurashib yashashga mahkum. - Azim ushbu she’rida ruhiy iztiroblarni qabariq holatda tasvirlaydi, she’rda muallif “Men” i ustunlik qiladi. Qaysidir ma’noda shoir shaxsiyatining chizgilari qirrador tarzda ifoda etiladi. Dunyoning aldanayotganini ko‘rgan lirik qahramon chuqur iztirobga tushadi,qiynaladi. Uning yuragidagi nido “Dunyoni aldamang” degan shaklda tashqarida o‘zini namoyon etadi. She’r qisqa va lo‘nda, uning mazmun – mohiyati esa nihoyatda kengdir. “ Hechnarsa qilganim yo‘q edi…” degan misra she’rning boshlanishi ya’ni, u fikrning, tuyg‘uning ilk namoyon bo‘la boshlashi deyish mumkin. “Dunyoni aldayotganlarini ko‘rib qolishi” tugun bo‘lib kelgan bo‘lsa, ijodkorning endilikda sezimlari, ruhiyatidagi nozik kechmishlar zo‘riqa boshlaydi, shoir bu g‘amga, bu iztirobga chidolmaydi. U bunga ko‘nikolmaydi va “Dunyoni aldamang” deya hayqiradi. Bu konfliktdir. “Dunyo uni yomon ko‘rib qoladi” ,bu esa voqealar rivoj topib borishi desak “Shunda ham uning dunyoni yaxshi ko‘raverishi” yechim sifatida namoyon bo‘ladi. Guvohi bo‘lganimizdek bu she’rni kichik asar deyish mumkin. Dunyo tegirmonida beto‘xtov yanchilgan lirik qahramonning yana Shu dunyoni yaxshi ko‘rishga yurak topa olishi, ichki qarama - qarshilik,konfliktlarni enga bilishi ulkan bir jasoratdir. Insonning bu dunyoda hamisha tashvishlarga ko‘milib yashashi bor gap. U qancha tirishmasin umrining oxiriga qadar kurashib yashashga mahkum.
- Bu kurashlar gohida odam va olam, gohida odam va odam o‘rtasida Shuningdek, insonning o‘z - o‘zi bilan kurashuvi tarzida namoyon bo‘ladi. Shoir tuyg‘ulari butun bir yer yuzida yashayotgan yashaganda ham dunyoni aldab yashayotgan odamlarga hayqiriq bo‘lib yangraydi. “Dunyoni aldamang !” deya nido qilayotgan lirik qahramon bunda iztiroblar, so‘ngsiz qiynoqdan o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi, aynan mana shu holat natijasida u o‘zini - o‘zi tahlil qilishga kirishadi. “Hech narsa qilganim yo‘q edi” u holda nechun bunday ruhiy qiynoqdaman degan og‘ir bir savol uni iskanjaga oladi, ayni shu vaziyat ruhiy konfliktdir. Nima uchun dunyo uni yomon ko‘rib qoldi? Axir u “Dunyoni aldamang” degan edi xolos. Axir u dunyoga hech bir yomonlik tilamagan edi - ku. Aslida uni yomon ko‘rib qolgan u yashayotgan dunyomidi yoki undagi odamlar? Ehtimol, she’rdagi lirik qahramon o‘zi yashab turgan muhitga, borliqqa sig‘may qolayotgan bir shaxs fojeasini o‘zida ifoda etgandir.
- Savol tug‘iladi: nima uchun boshqalarday dunyoni aldab yashayvermadi u ham ? Sababi aynan bu lirik qahramon yaxshi fazilatli, vijdonli kishilarning, ko‘ngli pok odamlarning umumlashma obrazi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ushbu insoniy tuyg‘ular, sifatlar individuallik xususiyatiga ega emas, balki aksinchadir. Zero, she’riyat, umuman ijod yakka shaxsning dard – u kechinmalarini emas umuminsoniy tuyg‘ularni kuylaydi va qadrlaydi. Shoir U. Azim ijodida bu xususiyat yaqqol ko‘zga tashlanadi Shuning uchun ham uning ijodi ko‘pchilikka tatiydi. Hatto ma’lum bir shaxsning ko‘ngil kechinmalarini tasvirlaganda ham u qalamga olayotgan tuyg‘ular tasviri hammamiz uchun tanish,qadrdon hisoblanadi. Xususan ,uning “Siz yoqqansiz menga” nomli she’ri bu fikrimizning isbotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |