Qazib olinadigan har xil turdagi yoqilg‘ilarning yonishida ajralib chiqadigan zararli moddalarning miqdorini hisoblash
1. Neftbaza korxonalarining atrof tabiiy muhitni ifloslantirishini aniqlash
2. Atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli modda(gaz, chahg)larning havoga tarqalishi va ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlarini hisoblash
Atmosfera havosi yerga yaqin qavatlarining sanoat korxonalari (zavodlar, fabrikalar, issiqlik elektr stansiyalari va hokazo) chiqarib tashlagan zararli tashlamalar bilan ifloslanish darajasi zararli moddalarning yerga yaqin havo qatlamidagi eng katta konsentratsiyasining hisoblab chiqarilgan qiymati Smaks mg/m³ bilan belgilanadi. Bu qiymat zararli moddalar tashlanayotgan joydan biroz uzoqroqdagi havodan, ya’ni shu zararli moddalarning havoga tarqalishi ancha qiyin bo’lgan joydagi havodan aniqlanadi.
Tashlanayotgan har qaysi moddaning Smaks qiymati uning ruxsat etilgan konsentratsiyasidan ortiq kelmasligi shart (predelno-dopustimaya konsentratsiya – PDK, mg/m³), ya’ni Smaks ≤ PDK shartiga rioya qilinishi lozim.
Hozirgi paytda har qaysi korxonaning ekologik ko’rsatkichi, ya’ni atmosferaga tashlanadigan zararli moddalarning ruxsat etilgan tashlama (predelno-dopustimi’y vibros – PDV) miqdori hisoblab chiqarilmoqda.
RET/PDV/ - moddaning shunday miqdoriki, bunda iflosliklar tashqi muhitga vaqti-vaqti bilan tashlanayotganda iflosliklarning har doim bo’ladigan konsentratsiyasi e’tiborga olingan holda noqulay ob-havo sharoitda PDK ning ruxsat etilgan qiymatidan oshib ketmaydigan miqdori tushuniladi.
Agar korxonadan havoga tashlanayotgan tashlama PDV ning hisoblab chiqarilgan qiymatidan oshib ketsa, bunday ishlab chiqish ekologik jihatdan xavfli bo’ladi va bunda atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalarni kamaytirish uchun tegishli choralar ko’rilishi kerak.
2- MASALA
Korxonada pechlarda ko’mir yoqilg’isi yongani uchun zararli gaz chiqadi. Harorati T0 ga teng bo’lgan tutun balandligi N m, diametri D m, keladigan N dona trubadan W m/sek tezlikda chiqadi. Tutun harorati Tx0S keladigan atmosfera havosiga yoyilib ketadi.
Quyidagi moddalarning hosil qilishi mumkin bo’lgan eng katta konsentratsiyasi Smaks mg/m3 topilsin: uglerod monooksid -SO, oltingugurt dioksid – SO2, azot dioksid – NO2 va chang. Bunda atmosferaning yerga yaqin qavatida ob-havo gazlarining tarqalishi uchun ancha noqulay deb qabul qilinsin.
Atmosfera havosida darhaqiqat bor bo’lgan zararli moddalar Smaks (odatda doim buladigan moddalarni hisobga olingan Sf holdagi) miqdorini (Smaks+Sf) REK normalari bilan solishtirib ko’ring; bunda:
3. Havoga tashlanayotgan har qaysi modda uchun RET (g/sek)ni hisoblab chiqaring.
4. Agar havoga tashlanayotgan zararli moddalar M, (g/sek) RET (g/sek)ning qiymatidan katta bo’lsa, tashlamalarni kamaytirish uchun qanday tadbir ko’rish zarurligini ko’rsatib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |