Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Sen tufayli hayotim yangicha fayz kasb etdi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana29.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129081
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
Qaytganimda uyda bo'l 1-qism

18 

Sen tufayli hayotim yangicha fayz kasb etdi.  

Dostu  


        men  yana  italyanchani  oʻrganyapman.  Esingdami,  Toskaniyaga 

safar  qilganimizdan  keyin  hammamiz  uni  oʻrganishga  qiziqib 

ketgandik?  Boshlanishi  yomon  boʻlmadi.  Keyin  seni  shifoxonaga 

yotqizishdi.  Sen  mashgʻulotni  istamading  va  biz  endi  palatangda 

shugʻullanardik. Davolovchi shifokorning jahli chiqdi.  

   


"Hozir til oʻrganish mavridimi?!"  

    


Uni  haydab  solishimizga  toʻgʻri  kelgandi.  Keyinroq  bizni 

tushungan boʻlsa kerak...  

         Darslikdagi changni qoqqancha matnni hijjalab oʻqiyman. Fererlik 

yozuvchi  Janfranko  Rossining  hikoyalari.  Qanday  ajoyib  uslub  ---- 

oʻquvchiga  nima  haqda  yozilganimas,  oʻqish  jarayoni  toʻxtovsiz, 

sahifama-sahifa  davom  etavergani  muhimdek  yoza  bilish.  Rossining 

soʻzlarida  orom  beruvchi  sehrgarlik  pinhon.  Oʻzga  olam  va  oʻzga 

olamning  bizga  ayon  boʻlmagan  oʻzga  oʻlchamiga  tushib  qolganday 

boʻlasan.  

       "...Qaydadir  shunday  osuda  joy  borki,  tirik  joy  deb  atalmish 

daraxtlar,  maysalar,  jonivorlar  sokinlikka  choʻkkani  kuyi  shovqinsiz 



Qaytganimda uyda bo’l                                                                                                                         Elchin Safarli 

 

@BookBek 



 

chayqaladi.  U  yerdan  qochib  ketish  xayolinggayam  kelmaydi.  U  yerda 

asta-sekin  deganlariyam  juda  sokin.  Befoyda  mungga  almashinadigan 

besarhad  quvonch  bilan  favqulotda,  yovvoyi,  ozod  holda  oʻz-oʻzing 

bilan yashaysan.... " 

        Menimcha,  iqtidorli  insonlar  hayoti,  garchi  ularning  yorqin 

salohiyati aziyatlarga qorishgan boʻlsa-da, butunlay ayanchli emas.  

         Italyanchani oʻrganish uchun Mariyaning deyarli vaqti yoʻq. Qoʻli 

boʻshagan  vaqtlarini  Leon  bilan  oʻtkazadi.  Ular  koʻpincha  sayrga 

chiqishadi,  olis  oʻlkalar  haqidagi  qoʻshiqlarni  oʻrganishadi,  baʼzan  esa 

shamolni tinglagancha uzoq payt sukut saqlashadi.  

        Darya endi Jan bilan birga ishlayotganligi uchun Leonni biznikiga 

tashlab ketyapti. Leon tufayli hayotimizga oʻzgacha fayz kirdi.  

         "Dostuni  yoʻqotganimdan  keyin  oʻzimni  omon  saqlash  uchun 

botinimdagi  qandaydir  manbaaning  koʻzini  berkitdim.  Yillar  osha  u 

menga yetishmay keldi. Leon esa unga qaytishimga yordam berdi." 

        Darya  oʻgʻlini  choʻmiltirayotganidan  foydalangan  Mariya  tovuq 

shoʻrva qaynatish bilan band.  

         "Uch  yillar  oldin  Leon  koʻzingga  qaramas,  chaqirsalar  javob 

qaytarmas,  unga  murojaat  qilganlarga  javoban  quloqlarini  berkitib  olar 

yoki  berilgan  savolni  aynan  takrorlardi.  Bir  qarashda  hech  narsani 

tushunmayotgan  bola  bir  vaqtning  oʻzida  hamma  narsani 

tushunayotganday ham edi."  

         Darya tovuq shoʻrva qaynatib ona-bolani kuzatib turgan Mariyaga 

oʻz dardu hasratlarini bayon qilardi. 

"Baʼzan  uning  yonida  bormanmi-yoʻqmanmi  Leonga  farqsizdek 

tuyuladi.  Bundan  xoʻp  azoblanardim.  Ammo  taslim  boʻlmadim, 

oʻgʻlimning  sogʻligi  bilan  jiddiy  shugʻullanishda  davom  etdim. 

Hamkasblarim  ----  psixologalar,  defektologlar  yordam  berishdi.  Ularga 

rahmat! " 




Qaytganimda uyda bo’l                                                                                                                         Elchin Safarli 

 

@BookBek 



 

        Autizmga  qarshi  xapdorilar  yoʻq.  Psixiatr  shifokorlar  odatda 

bolalarni  sustlashtiriladigan  preparatlar  bilan  "davolashga"  urunishadi. 

Dori-darmon  bilan  olib  boriladigan  muolajalar  psixologalar  ishlab 

chiqqan amaliyotlar bilan birga olib borilmasa, barchasi bekor.  

        Mariya  ayni  "Sim-sim  koʻchasi"  namoyish  qilinadigan  paytda 

televizorni  qoʻydi.  Leon  undagi  sevimli  qahramoni,  koʻzlari 

chaqchaygan  moviy  paxmoq  Korjik  oʻzining  mashhur  "Pecheniye!" 

xitobini aytganida xoxolagancha kuladi.  

         Qizim,  nega  kattalar  bola  boʻlishni  bas  qilishadi?  Nega  faqat 

qarigan paytdagina chinakam baxt nimaligini eslab qolamiz? Nega faqat 

keksalikda  bolalikning  begʻuborligini  qoʻmsaymiz.  Eplolmasak-da 

qoʻmsaymiz....  

   


Dadang 

 

 



 

 

 



 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish