Elektr ta’mino tblokining holati. Bitta voqiyani keltiramiz. Diagnostik dastur har doyim o‘qish/yozishda hatolar mavjudligini ko‘rsatgandan so‘ng, tajribasiz mutahassiz 4 yoki 5 qattiq disklarni o‘zgartirdi. Yangi qattiq disk, o‘rnatilgandan so‘ng yaxshi ishlardi, lekin , bir kecha davomidagi tekshirish natijalari kamaymasdan oshib boraverar edi. Har gal tekshiruv natijalarini korgach va ularni taxlil kilgach mutaxasis bu qattiq disk ham yaroqsisli deb bilar edi. Va nihoyat kompyuterda bir necha qattiq disklar o‘zgartirilgandan so‘ng hatolarni kelib chiqishi aniqlandi. Muammo elektr ta’minot blokining sfatsizligida. Shuni aytib o‘tish kerakki zamonaviy tizim platalarda yuboriladigan kuchlanishni sinovdan o‘tkazish (testlash) vositalar mavjud.
Nazorat savollari
1. Diagnostik dasturlar vazifasini ayting ? 2.Elektr ta’minoti bilan bog’liq muammolar ?
3. Xisobot olish uchun tizim utilitlari
№41-Mavzu (nomi) : Kompyuter qurilmalarini testlovchi dasturlar Reja:
Butun kompyuterni testlash
Testlash jarayoni uchun hos bo‘lgan cheklanishlar
Xisobot olish uchun tizim utilitlari
Hozirgacha mavjud bo‘lgan diagnostik dastirlarni 3 kategoriyaga bo‘lish mumkin:
butun kompyuterni tekshiruvchi dasturlar. Bu dasturlar butun kompyuterning ish faoliyatini tekshirishga harakat qilishadi. Ular nimtizim xotirasini, mikroprotsessorni, DMA hotirasidan erkin foydalanish yo‘l (kanal)larini, soprotsessorni, diskyurutuvchi va qattiq disklarni, parallel va ketma-ket portlarni, videoadapterni, sichqoncha va klaviaturani tekshirishadi. Ular, shuningdek, tizimning tarkibiy tuzilmasi, tanaffuslar, kiritish/chiqarish portlarni sozlash, hamda har bir qurilma ishlatadigan xotira manzillari to‘g‘risida ham to‘liq ma’lumot berishadi
disk va ma’lumotlarni tekshiruvchu dasturlar. Bu dasturlar faqatgina disklarni va ulardagi ma’limotlar strukturasini (har bitta sektorida ishkastlangan ma’lumotlar mavjutligini) taxlilaydi. Odatda, shunday dasturlar, ma’lumotlarni tiklash uchun, murakkab vositalarni tavsiya etishadi. Bu bo‘lim (kategiriya)ga kiradigan dasurlar disklarni intensiv tekshirish, shikastlangan sektorlarni blokirovka qilish, fayllarni joyini o‘zgartirish, suningdek, ma’lumotlarni sektor bo‘yicha to‘g‘irlash funksiyalarni bajaradi.
tizim to‘g‘risida ma’lumotni oluvchi dasturlar. Bu dasturlar, kompyuterda o‘rnatilgan apparat va dasturiy ta’minot bo‘yicha, shuningdek, uskunalar foydalangan tanaffuslar, kiritish/chiqarish portlarni sozlash va bo‘shqa resurslar to‘g‘risida keng ma’lumot beradilar. Lekin, shunday dasturlar hech qanday sinash (testlash) funksiyalarni bajarmaydilar. Yangi platalarni, tarmoq adapterlarni, MIDI- qurilmalarni va nostandart tipdagi adapterlarni o‘rnatishdan oldin qanday tanaffuslar, kiritish/chiqarish portlar va xotira manzillari foydalanilayotganligini bilishingiz kerak. Har bir plataga o‘ziga hos tanaffuslar va kiritish/chiqarish portlar biriktirilishi kerak. Bu kategiriyaga tegishli dasturlarni ko‘pincha tarkibiy tuzilmali (konfiguratsion) utilit deb atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |