grafomotor o'yinlar bo'sh vaqtlarida oila bilan bo'lishdi. Masalan, ma'lum bir narsaning, oddiy narsaning rasmini chizishni taklif qilishingiz mumkin. Qo'shimcha ustunlik bilan, bundan tashqari, bola ushbu mashqni keyingi holatlarda takrorlash imkoniyatiga ega. Zero, tajriba va mashg'ulotlar ham chiziqdagi o'z mahoratini oshiradi.
Grafomotor mahoratining afzalliklari
Ushbu usullar orqali bola bo'shliq oldida o'zini reaktiv tarzda emas, balki ma'lum bir maqsadni shakllantirish uchun qahramon sifatida joylashtiradi.
Ushbu ijodiy mashqlar orqali erishilgan yutuqlar, shuningdek, bolalarning o'zini o'zi qadrlashini yaxshilaydi va real o'quv maqsadlari asosida bolaning ongini faollashtiradi.
Xulosa va metodik tavsiyalar
Maktabgacha yoshdagi bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani bartaraf etishga qaratilgan tayyorlovda o’yinlaridan foydalanish dars mashg’uloti samardorligini oshirishda asosiy omildir.
Shuni hisobga olgan holda, ta’limning yangi shakllarini amalga oshirish bugungi kun talabchan bolalarmizning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga olib keladi. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan tayyorlov o’yinlaridan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
Interfaol usullar bolalarni izlanishga, topqirlikka, muammoli vaziyatdan oson chiqib olishda yordam beradi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyabartaraf etishga qaratilgan tayyorlov o’yinlaridan foydalanish jarayonida logoped har bir sinfda bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlarini yaqindan bilishi hamda shu asosda dars mashg’ulotini tashkil etish lozim.
Men Buxoro shahrining 69-maktabgacha ta’lim tashkilotida tadqiqot ishimni olib bordim. Logoped sifatida bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlashda asosan maxsus tizimdagi mashg’ulotlar jarayonidan foydalanildi. 1 oy davomida men bolalarga ilk yozuv malakalari ustida ishlab ayrim narsalarni o’rgatishga muvaffaq bo’ldim. Bolalar faqatgina so’zni o’rganibgina qolmay, balki so’zning ma’nolarini ham o’rganib olishga yozishga imkoniyat yaratdik. Bolalarga bu borada lug’at va mashq daftarchasi tuzdirdik. Dars mashg’ulotlarida o’qish minuti o’tkazildi.harflarni qumda , havoda ,plastilin bilan yozishga harakat qilishdi . So’z ma’nolari, mustaqil ravishda kichik turdagi matnlar tuzish ustida ishlandi. Izlanishga ham alohida e’tibor berdik. Masalan: «O» tovushi yoki «A» tovushi bo’yicha so’zlar topib keeling nuqtachalar ustidan yoz kabi. Ko’rgazmalilik, jadval, sxema, taraqatma materiallardan ham unumli foydalandik. Tadqiqot davomida bolalarni shu so’zlarni o’zlarida qanday qabul qilinishini kuzatdik.ilk yozuv malakalarini Yozishga xusnixatga nisbatan turli xil mashg’ulotlardan foydalandik.
Yozuvni shakillantirish jarayonida quyidagilarga e’tibor berdik:
har bir ish turlarini tashkil etishda harflarni yaqindan alohidalab faqat ruchka yordamida yozishni emas plastilin orqali yash mayda motorikani rivojlantiradi , havoda yozish fazoda mo’ljal olishni shakillantiradi .
yangi harflarni eshitib,nuqtalar ustidan yozishga oddiy kichik chiziqchali daftarga bosma harf shaklida yozishga o’rgatdik.
Muammoli vaziyatni yaratdik.
Zamonaviy usullarda yozuv ustida ishlashning turli mashg’ulotlarda ko’rsatdik.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyni bartaraf etishda bolalarga:
So’z boyligini oshirishga, harflarni tanishga ,bosma harflarni yozishga:
So’z ma’nolarini tushunib olishga, nutqini shakllantirishga;
Bolalarni fikrlash imkoniyatiga, mustaqillikka undash;
Imlo lug’ati bilan ishlashga;
Faollikka, harflarni to’g’ri yozishga erishdik.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi o’quv jarayonining sifati ko’p omillarga bog’liq bo’lib ular orasida o’qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur o’zlashtirishiga, bolalarda mustaqillik va ijodiy faollikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Usul va metod tushunchalari o’zaro bog’liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham usul sifatida ham namoyon bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib qo’yidagi tavsiyalarni bildirmoqchimiz:
Ilk yozuv malakasi metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo’lishi zarur. Shundagina logoped mazkur metod orqali qanday masalalar qo’yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo’lmasligini ko’ra oladi.
Ilk yozuv malakasining tizimligi uning samaradorligini belgilaydi.
Ilk yozuv malakasi ish metodining tushunarli yo’li bola uchun qabul qilinishi va qo’llanishi, o’quv materialini o’rganishining usuli esa bilimlarni o’zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi zarur.
«Havoda yoz», «plastilindan bilan harf yasa », «guruhlarga bo’lib ishlash», «kim chiroyli yozadi » usullaridan ilk yozuv malakalarini o’rgatish jarayonida foydalanish.
O’quv jarayonida yangi metodni qo’llash.
Yozishda yangi informatsion texnologiyani kiritish.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi.
Ilg’or pedagogik texnologiyalar elementlarini mashg’ulot jarayonlarida qo’llash.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mashg’ulot jarayonlarida yozishni interfaol usullarda o’rgatish bolalarning fanga bo’lgan qiziqishni oshiradi, ularda mustaqillikni, o’z fikrini to’liq bayon qilishni ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O’zbekiston”, 2017.
2 “2017-2021 yillarda maktab ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli Qarori.
3. Maktab yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. Toshkent – 2008.
4. “Harakatli o’yinlar”. Tuzuvchi: D.Zaynitdinova. T.2006
5. “Quvnoq logoritmika” D. Djumanova, Yu.K. Prusakova, metodik qo’llanma, 2009 yil.
6.“Bolalarni maktabga tayyorlashda noan’anaviy o’yinlardan foydalanish ”, metodik qo’llanma, Toshkent, 2004 yil.
7. Nurkeldieva D.A., Ayupova M.Yu.,Axmedova Z.M. Barmoqlar mashqi va logopedik o’yinlar. Toshkent “Yangi asr avlodi” 2007.
8. M.Ayupova. Logopediya. Toshkent-2007.
9. I.G. Veretennikova. Logopedicheskaya rabota s detmi doshkolnogo vozrosta. Toshkent – 1998.
10. Axmedova Z., Ayupova M., Xamidova M. Logopedik o’yin. Toshkent-2013.
11. K.Shodieva “Maktab yoshdagi bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish” Toshkent.1995.
Литература.
12. Корнев А.Н. Нарушения чтения и письма. СПб Издательский дом "МиМ"1997г.
13. Садовникова И.Н, Нарушения письменной речи и их преодоление у младших школьников.
14. Цветкова Л.С. Нейропсихология счёта, письма и чтения: нарушение и восстановление". М.: «Юристъ», 1997.
15. Ayupova M.Y. Logopediya. Darslik. T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007.
16. Logopediya L.S.Volkova, S.I.Shaxovskaya. Izd-vo «Vlados» – M., 2002.
17. Golubeva G.G. Korreksiya narusheniy foneticheskoy storoni rechi u doshkolnikov. Izd- vo «Soyuz» – M., 2001.
18. Krauze YE.N. Logopediya. Izd-vo «Korone print» – M., 2003.
Mo’minov L., Ayupova M. Logopediya. – T., 1993.
Internet materiallari:
1. http:G’G’www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari
ma’lumotlar milliy bazasi sayti.
2. http:G’G’www.kun.uz – O’zbekiston va jahon yangiliklari, eng so’nggi
xabarlari sayti.
3. http:G’G’www.lex.
Do'stlaringiz bilan baham: |