Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti til va adabiyot ta



Download 59,1 Kb.
Sana10.09.2017
Hajmi59,1 Kb.
#21468
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALK TA’LIMI VAZIRLIGI

FARGONA VILOYATI XALQ TALIMI XODIMLARINI

QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI

OSHIRISH INSTITUTI

TIL VA ADABIYOT TA’LIMI KAFEDRASI

Tinish belgilari va ularning qo‘llanilishi

( USLUBIY KO‘RSATMA )



Farg‘ona

Ushbu uslubiy ko‘rsatmada o‘zbek tili punktuatsiyasi, o‘zbek tilida tinish belgilari: nuqta, so`roq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, nuqtali vergul, ko‘p nuqta, tire, qo‘shtirnoq va ikki nuqtaning ishlatilishi misollar bilan yoritib berilgan.

Mazkur uslubiy ko‘rsatma umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.

Tuzuvchi: U.Nosirova – Farg‘ona VXTXQTMOI

Til va adabiyot ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi



Taqrizchilar: M.Hakimov – FDU, filologiya fanlari doktori

O.Mamaziyayev – Farg‘ona VXTXQTMOI

Til va adabiyot ta’limi kafedrasi dotsenti

FVXTXQTMOI Ilmiy Kengashining 20__ yil ___________ oyidagi №_____sonli qarori bilan tasdiqlangan.



TINISH BELGILARI VA ULARNING QO‘LLANILISHI

Punktuatsiya yozma fikrni aniq va ravon, tushunarli va ifodali bayon qilishda muhim ahamiyatga egadir. Yozma nutqning ayrim leksik-garammatik vositalar bilan ifoda qilish mumkin bo‘lmagan tomonlarini ifoda qilishda punktuatsiyaning ahamiyati yanada ortadi.

Punktuatsiya tilshunoslikda uch ma’noda qo‘llanadi: tinish belgilari sistemasi va ularninq qo‘llanish qoidalari haqidagi bilim; tinish belgilarining qo‘llanishi haqidagi qoidalar to‘plami; tinish belgilari.

Umuman, punktuatsiyaning tekshirish ob’ekti tinish belgilaridir.

Punktuatsiya grafika va orfografiya, sintaksis, intonatsiya bilan uzviy aloqadordir.

O‘zbek tili punktuatsiyasining birinchi asosi o‘zbek tilining grammatik sistemasi nutqning mazmun, intonatsiya va tuzilish tomonlarining bir butunligini tashkil qiladi. Bu o‘zbek tili punktuatsiyasining negizidir.

O‘zbek tili punktuatsiyasining ikkinchi asosi rus tilining punktuatsion sistemasidir. Bu o‘zbek tilidagi ko‘pchilik tinish belgilarining rus tilidan o‘zlashganligi, rus tili punktuatsiyasining ilmiy va nazariy jihatdan chuqur ishlanganligi, bilan bog‘liq. Punktuatsiya prinspi (tamoyili)–tinish belgilarining qaysi usul va tartibda qo‘llanilishi demakdir.

O‘zbek tili punktuatsiyasining tamoyillari quyidagilardir:

1. Logik-grammatik tamoyil. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi nutqning mazmuni, tuzilishi, intonatsiyasi bilan bog‘liq.

2. Stilistik tamoyil. Bunda tinish belgilarining qo‘llanishi nutq stili bilan aloqador bo‘ladi.

3. Differensiya tamoyili. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi yozuv texnikasi (formasi)ni aniqlash (differensiya qilish) bilan bog‘liq. Tinish belgilarining qo‘sh qo‘llanish sistemasi (masalan boshida yoki oxirida ikki qo‘shtirnoqning barobar qo‘llanishi) ham shu tamoyilga a’loqador.

O‘zbek tilida ishlatiladigan tinish belgilari

O‘zbek tilida tinish belgilari 10 ta. Ular quyidagilar:

Nuqta .

So‘roq belgisi ?

Undov belgisi !

Nuqtali vergul ;

Ko‘p nuqta (uch nuqta)

Vergul ,

Ikki nuqta :

Tire -


Qavs ( )

Qo‘shtirnoq “”



Tinish belgilarining tasnifi

O‘zbek tilida tinish belgilari quyidagi xususiyatlari asosida klassifikatsiya qilinadi:

1. Qo‘llanish o‘rniga ko‘ra.

2. Qo‘llanish usuliga ko‘ra.

3. Tuzilishiga ko‘ra.

Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra uchga bo‘linadi:



  1. Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari.

  2. Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilari.

  3. Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilari.

Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilariga nuqta, so‘roq va undov belgilari kiradi.

Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilariga vergul kiradi.

Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta, nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, qavs, tire, ko‘p nuqtalar kiradi. Bulardan tire gap boshida va o‘rtasida; ikki nuqta, nuqtali vergul gap o‘rtasida va oxirida; qo‘shtirnoq, qavs, ko‘p nuqta gap boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanadi.

Tinish belgilari qo‘llash usuliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

1. Yakka holda qo‘llanuvchi tinish belgilari.

2. Yakka va qo‘sha qo‘llanuvchi tinish belgilari.

Yakka holda qo‘llanuvchi tinish belgilari yakka va qo‘sha qo‘llanadi.

O‘zbek yozuvida uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grammatik ma’nolarni ifodalash uchun tinish belgilarini qo‘shaloq qo‘llash hollari ham uchrab turadi.

1.His-hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplar oxirida so‘roq va undov belgilari ketma-ket qo‘yiladi.

- Axir, ablah, - dedi Yunus, - birovning uyiga oyog‘ingni artmasdan kirgani ibo qilasan, nega havoni bulg‘atgani ibo qilmaysan?! (A.Qahhor)

2. So‘roq va undov gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket ikkita yoki uchta bir xil belgi qo‘yilishi mumkin.

Ey, purviqor tog‘lar! Nega jimsiz, nega!!! ( Cho‘lpon)

3. So‘roq va undov mazmunini bildirgan gaplarda fikr tugallanmay qolsa, mazkur belgilardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi.

“Ertaga! – deya xotirjam dilidan o‘tkazdi va birdan to‘xtadi – xo‘sh, ertaga nima bo‘ladi?..” (N.Qilichev)


  1. Muallif gapi va ko‘chirma gaplar o‘rtasida tinish belgilari ketma-ket ishlatilishi mumkin.

“Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi”, deb yozgan edi A. Qahhor.

Tinish belgilari tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

1. Bir elementli tinish belgilari.

2. Ko‘p elementli tinish belgilari.

Bir elementli tinish belgilariga vergul, tire, nuqta kiradi.

Qolgan tinish belgilari ko‘p elementlidir.



Tinish belgilarining qo‘llanilishi

Nuqta

Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan.

Nuqta o‘zbek tilida quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. His-hayajonsiz aytilgan darak gap oxirida:



Og‘irliklarni engmoq mardning ishi. (P.T)

2. Tinch oxang bilan aytilgan buyruq gaplar oxirida:



Avval o‘yla, keyin so‘yla. (Maqol)

3. Atov gaplardan keyin: Bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla.

4. Shaxsning ismi, otasining ismi qisqartirilganda yozuv texnikasiga ko‘ra nuqta qo‘yiladi: A.Qahhor, Sh. Rashidov, A.S. Pushkin va boshqalar.

5. Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng:

T.: “ILM ZIYO”, 2013. – 592 b.

va sh.k. (shu kabilar), s.t.(so`zlashuv tilida)

6. Ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so`ng ham nuqta qo`yilishi kuzatiladi: 21.03.2010.

7. Butunning qismlarini sanash uchun qo‘llanilgan arab raqamlaridan so‘ng ham nuqta ishlatilishi mumkin.

Tovushlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Unli tovushlar. 2.Undosh tovushlar.

So‘roq belgisi

So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha question – so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi “?” holatga kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan.

So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. So‘roq gaplarning oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi? (I.R)

2. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so‘z va iboralar so‘roq ma’nosida ishlatilsa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi.

Ega kim?, nima?, qaer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.

3. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga “toping” manosida qo‘yiladi.

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” qissasida (?) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi haqida hikoya qilinadi.



Undov belgisi

Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha u lotincha lo – undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil bo`lgan.

Undov belgisi quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:

1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplar oxirida qo‘yiladi.

Chindan ham poyonsiz cho‘lda hayot tantana qildi! (Sh.P.)

2. Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma’nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishlatiladi.

Qahramonim, arslonim, mehribonim, bo‘l omon! (H.O.)

3. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar emotsionallikka ega bo‘lganda, ulardan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi.

Siz chakana mehnat qilmadingiz. Qoyil!

Nogoh katta darvoza tomondan tanish ovoz yangradi: - Ermat aka!

4. Gap boshida kelib, his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi.

Onajonlarim! Nechuk shamol uchirdi? (A.Q)

5. Ha, yo‘q, xo‘p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so‘z gaplar hayajon bilan aytilsa, ulardan so‘ng qo‘yiladi.

- Balli-balli! – dedi Rahim va Sharifga qarab im qoqdi.

-Yo‘q! Borolmayman, - dedi qayrilib. (A.Qodiriy)

6. Aytilishi lozim bo‘lgan fikr o‘ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta belgi qo‘yiladi.



- Chiqar buni jallod!!! Jallodlar harakatlandilar.

-Xanjarimiz qonsirag‘on! (A.Qodiriy)

7. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq, shuningdek, ritorik so‘roq gaplardan so‘ng qo‘yiladi.

Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog‘insang, qanday baxt bu! (O‘.Hoshimov)

Vergul

Vergul tinish belgisi sifatida G‘arbiy Yevropada XV asrdan boshlab ishlatila boshlangan. O‘zbekcha matnlarda XX asr boshlaridan boshlab uchraydi.

Vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:

1. Bog‘lovchisiz, sanash ohangi bilan uyushgan bo‘laklar o‘zaro vergul bilan ajratiladi.

Kelajak yorqin va eng go‘zaldir. Uni sevingiz, unga intilingiz, uning uchun ishlangiz, uni yaqinlashtiringiz. (Chernishevskiy)

2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi.

Xotirjam bo‘ling, otaxon, maqsadingizga yetasiz. (H.G‘.)

3. Kirish so‘z va kirish birikmalardan so‘ng vergul qo‘yiladi.



Ilmsiz, ma’rifatsiz yangi turmush qurib bo‘lmaydi, albatta. (H.G‘.)

Forobiyning yozishicha, inson jamiyatda, o‘zaro munosabatlarda voyaga yetadi.

4. Tasdiq, ta’kid yoki inkorni bildiruvchi so‘zlar gap boshida kelganda vergul bilan ajratiladi.

Ha, cho‘ponlar kam uyqu bo‘ladi. (Sh.R.) Xo‘p, soat beshlarda etib boraman. Yo‘q, to‘yni hali boshlaganimiz yoq. (A.Q.)

5. Ajratilgan bo‘laklar vergul bilan ajratiladi.

Ko‘kda, daraxtlar ustida, g‘uj-g‘uj yulduzlar yonadi. (O)



Onaga, eng ulug‘ zotga, ehtirom chinakam insoniylik sanaladi.

6. Qo‘shma gap komponentlari vergul bilan ajratiladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasida ishlatiladi.

Do‘sting mingta bo‘lsa ham oz, dushmaning bitta bo‘lsa ham ko‘p.

7. Bo‘g‘langan qo‘shma gaplarda ham vergul ishlatiladi.



Darhaqiqat, bo‘ron kuchli, ammo dehqonlar undan kuchli. (Sh. P.)

Yo biz boraylik, yo siz keling.

8. Undov so‘zlar his-hayajon bilan aytilsa, ulardan so‘ng vergul qo‘yiladi.



Ey, menga bir minutga qarab qo‘ying.

9. Ko‘chirma gap darak, buyruq gap bo‘lsa, undan so‘ng vergul qo‘yiladi.



“Inson qalbi javohirlardek toza, pok bo‘lmog‘i lozim”, deb aytgan edi Abu Rayhon Beruniy.

Qavs

Qavs o‘zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan boshlab ishlatila boshlangan. Dastlab “Turkiston viloyatining gazeti”da 1873-yilda ishlatilgan.

O‘zbek tilida quyidagilar qavsga olinadi:

1. Kiritma gaplar: Men mulla akani (Muqumiyni shunday atardilar) bohavoroq deb supachaga boshlab keldim. (Uyg‘un)

2. Remarkalar: Sodiq. Qizarib ketgan ekanman, qarang, aka, mingboshini ham (Bo‘ripolvonga kalla solib ko‘rsatmoqchi bo‘lib yoqasidan oladi, u qo‘rqib dodlab yuboradi) mana shunday kalla qilib cho‘ziltirmoqchi edim-u, nomardlar orqadan kelib qo‘limni bog‘lab qoldilar. (Nazir Safarov)

3. Sitata yoki misolning manbayi: Badantarbiya bilan mo‘tadil va o‘z vaqtida shug‘ullanuvchi kishi kasalliklarning davosiga muhtoj bo‘lmaydi. (Abu Ali Ibn Sino)

4. Izoh ma’nosidagi so‘z yoki so‘z birikmalari:

Yashasin jonajon mustaqil O‘zbekistonimiz (Farg‘ona viloyatining yirik tumani) qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirishda katta muvoffaqiyatlarga erishmoqda. Lingvistika (til haqidagi fan) tez rivojlanib boryapti.

5. Matbuotda ilmiy asarlarda uchraydigan boshi 3-betda, davomi bor kabi iboralar ham qavs ichiga olinadi.

6. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi.



“Qutadg‘u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”)

7. Sitatalarda gumon, anglashilmovchilikni bildirish uchun qo‘llangan so‘roq belgisi ham qavs ichiga olinadi. (So‘roq belgisining qo‘llanishiga qarang.)

8. [ ] ko‘rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko‘p uchraydi.

Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda shah [a] ri, o‘r [i] ni, sing [i] lisi so‘zlaridagi “a”, “i” tovushlari qoidaga ko‘ra tushiriladi.

Nuqtali vergul

Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida 1885-yildan boshlab uchraydi.

Nuqtali vergul quyidagi hollarda qo‘llanadi:

1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda:



Pavel noto‘g‘ri soliq solinayotganligi va ishdan nuqul zavod foyda qilajagini tushuntirib berdi; ular ikkovi ham qovoqlari soliq chiqib ketdilar. (M.G.)

2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda.



Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg‘armani selga berma, elga ber!

3. Raqam yoki harflar bilan ifodalangan numerativdagi gaplar oxirigi bandidan tashqari har bir bandi oxirida nuqtali vergul qo‘yiladi.

Hozirgi asosiy vazifamiz quyidagilar:

a) ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda berilgan bilimlarni puxta egallash;

b) ko‘rsatilgan adabiyotlar bilan o‘z vaqtida tanishib borish;

v) jamoat ishlarida faol qatnashish;

g) imtihon va sinovlarini muvoffaqiyatli topshirish.

4. Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin nuqtali vergul qo‘yiladi.

Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda berilgan.

5. Murakkab qo‘shma gap qismlari nuqtali vergul bilan ajratiladi:



Er ko‘karmas, el yasharmas

Bo‘lmasa ko‘k tomchisi;

Qanday olsin she’rni shoir

Bo‘lmasa ilhomchisi? (A.To‘qay)

Ko‘p nuqta

Ko‘p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan. 1876-yildan „Turkiston viloyatining gazeti”da muntazam qo‘llangan.

Ko‘p nuqta quyidagi hollarda ishlatiladi:

1. Mazmunan tugallanmagan gaplar oxirida: Karim. Ha, shunday…



Jiyaning Salimjonni ham uning quruq oqsoqol mardikorlikka haydatdi. Etti oy bo‘ldi. Na xat bor, na habar… Buning ustiga kampir ham qazo qildi. O‘sha katakday hovlini qarzga o‘tkazib… Mana shunday… Bolangdan aylanay, Rahimboy, (yig‘lab ketmonni ko‘rsatdi) ana shu hol, ana shu kun… O‘zingdan ahvol so‘ray? (Nazir Safarov)

2. Sitata yoki olingan misollardagi ayrim so‘z va gaplarning tushirib qoldirilganligini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi.

„Rus tili - eng boy tillardan biri…” “Rus tili shunchaki o‘rganishga ham … undagi adabiyotlarni o‘qish uchun ham o‘rgansa arziydigan tildir…” (F.Engles )

3. Kuchli hayajonni, emotsionallikni bildiruvchi undov so‘zlardan keyin ko‘p nuqta qo‘yiladi: To‘raxanov. Oh… Honim bilsangiz edi yuragimda yonayotgan g‘azab o‘tini… (Nazir Safarov )

4. “O‘zbek tili” darsliklarida o‘rganilayotgan ma’lum harf (tovush), affiks yoki so‘z tushirib qoldirilganda ko‘p nuqta qo‘yiladi.

191- mashq. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zlarni qo‘yib ko‘chiring. Issiq…, yosh-…, sabzi-…da boshqalar.

5. Fikr bo‘lib-bo‘lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa qo‘yiladi.

Muhammadiyor yolg‘iz:

- Turkistonda birinchi m...m...m...artaba tia...t...t...tr, - dedi-da, fikrg‘a to‘ldi.

( A.Cho‘lpon)

6. Suhbatdoshning gapi javobsiz qoldirilsa qo‘yiladi.

- Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi?

- ...

- Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov)

Ikki nuqta

Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e’tiboran ishlatila boshlangan.

Ikki nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1.Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ishlatiladi.



Mehmon rost aytadi:odamning himmati qilgan ishidan bilinadi. (M.G.)

Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman. (A.Qahhor)

2. Umumlashtiruvchi bo‘lak uyshuq bo‘laklardan oldin kelganda: O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf va shonimiz sanaladi.

3. Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelganda: Rus halqining atoqli lashkarboshisi Suvorov shunday degan edi: “Son bilan emas, mahorat bilan jang qiladilar”.

4. Nutq ichida masalan, misol, chunonchi, mavzu, reja, qaror qilindi kabi so‘zlardan so‘ng qo‘yiladi.



Masalan: maktab, kollej va zavodlar qurildi.

Mavzu:A.navoiyning ”Farhod va Shirin”dostoni.

5. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin qo‘yiladi.

Toshkentda ”Mustaqil O‘zbekiston: falsafa va huquqning dolzarb masalalari” mavzusida uchinchi an’anaviy respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

6. Sport musobaqalarida raqiblar o‘rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan ochkolar yoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilashda qo‘llanadi.

”Andijon” va ”Paxtakor” jamoalari orasidagi o‘yin durang natija bilan tugadi – 2:2

Tire

Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M.Karamzin (XVIII asr) kiritgan. U o‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan.

Tire quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. Diologlarda har bir shaxs nutqini birini ikkinchisidan ajratish uchun qo‘yiladi. Kozimbekka Saida qaradi. Kozimbekning rangi bir ahvolda bo‘lsa kerak, qushi uchib deraza oldiga keldi.



-Tinchlikmi?

-Tinchlik, dedi Kozimbek o‘zini bosib,-Toshkentdan keldim… Saida taajjublanganday bo‘ldi.

- Bilaman kecha kelgan edingiz…

- Mashinani olib keldim…

-Shunaqami… Qutlug‘ bo‘lsin! Qani?

- Hovlida, qo‘lingiz bo‘shasa, bir bir aylantirib kelsam degan edim.

-Rahmat... Biron soatda bo‘sharman. (A.Q.)

2. Bog‘lovchisiz qo‘llangan ot kesim bilan ega ortasida ishlatiladi.



Til – millatning qalbi. Mehnating – boyliging.

3. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin keladi.



O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik – barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.

Payonsiz paxta dalalarining husni va barakasi, so‘lim bog‘larning sharbati va gullarning ming tovlangan ranglari – barchasi suv tufayli. (O.)

4. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida qo‘yiladi.



”Oddiylik axloqiy barkamolikning bosh shartidir”, - deb yozgan edi L.N.Tolstoy.

5. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa ishlatiladi.



Olamni quyosh yoritadi, insonni – ilm.

6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda: Vataning tinch - sen tinch. (maqol)

7. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida: Vaqting ketdi – baxting ketdi.

8. Ko‘chirma konstruktsiyalarni chegaralash uchun: Hovli o‘rtasidagi yosh nihollar orasidagi bola Ma’rifat Hojining o‘g‘ilchasi bo‘lsa kerak - kapalak quvib yurardi. (“Sharq yulduzi”)

9. Kochirma gaplarda avtor gapini ajratish uchun: “Ko‘rdingizmi, Olimjon aka, - dedi oyqiz erga qarab,- tabiat bizning qo‘limizda”. (Sh.R.)

10.Tenglik, taqqoslash ma’nolarini bildiruvchi so‘zlar orasida nutqni ixchamlashtirish uchun:

Andijon-Maskva poezdi. “Paxtakor”-“Dinamo”. 22.00-“Vaqt” informatsion programmasi. Toshkent-1977 y.

11. Ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning orasida: O‘zbekiston Milliy sug‘urta kompaniyasi – ”O‘zbekinvest”.



Qo‘shtirnoq

Qo‘shtirnoqni amaliyotga rus olimi A.A.Barsov kiritgan. O‘zbek yozuvida u kiritish belgisi sifatida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi.

Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi.

Yosh kitobxon, L.Tolstoyning quyidagi so‘zlarini doimo esda tut: “Hayot qanchalik yaxshi bo‘lmasin, uning yutuqlari qanchalik katta bo‘lmasin, hech vaqt bu bilan hotirjam bo‘lib qolma, doimo buyuk ishlarga tomon intil…”

2. Sitatalar har vaqt qo‘shtirnoq bilan chegaralanadi.

Maqollar va qo‘shiqlar har vaqt qisqa bo‘ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar ifodalangan bo‘ladi”. (M.Gorkiy)

3. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qo‘llanayotgan kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni ifoda qiluvchi leksik birliklar qo‘shtirnoq ichiga olinadi.

Bu safar Botirovning “jinoyati” o‘n bir yillik qamoq bilan “taqdirlandi”. (T. Malik)

Tekintomoq “havaskor” larning holi oxiri voy bo‘ladi.

4. Badiy asar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartinalarning nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi.

Qutlug‘ qon” romani, “Mushtum” jurnali, “Amir Temur”portreti, “Sohibqiron”dramasi



5. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi.

O‘zbekiston” mehmonxonasi, “O‘rtoq” fabrikasi, “Bilayn”qo‘shma korxonasi va boshqalar.

6. Transport ( mashina, samolyot, avtobus va sh.k.) larning markasini bildirgan so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifodalovchi leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi.

“Neksiya” rusumli yengil mashina, “Boing” samolyoti, “Otayo‘l” avtobusi, “Kibo” oyoq kiyimi va boshqalar

7. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi.

“El-yurt hurmati” ordeni 1998-yil 28-avgustda ta’sis etildi.

Professor Q.G‘.Abdullayev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

8. Qonun, farmon, buyruqlarning nomi, ayrim bandlari qo`shtirnoq ichida beriladi.

1995-yil 6-may kuni “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida” Qonun qabul qilindi

6. Sinflar, kurslar, buyruq va qarorlarga qo‘shilib yoziladigan harflar qo‘shtirnoqqa olinadi.



5-“A” sinf, 11-“B” kurs, 95-“B” buyruq, 12-moddaning “G” bandi va boshqalar.

7. Baho ballari qo‘shtirnoqqa olinadi. “besh” baho, “yaxshi” baho.



TINISH BELGILARINI QO‘LLASH QOIDALARI

Ma’lum bir maqsad, fikr og‘zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan, yozuvda esa gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali ifodalanadi.Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda ko‘rsatishda qo‘shimcha, ammo zaruriy vositadir. So‘zlovchining maqsadini tinish belgilari orqali bilib olamiz:



Bahor keldi. Bahor keldi! Bahor keldi?

Bu uch gapdagi habar, his-hayajon, so‘roq mazmuni gaplardan so‘ng qo‘yilgan tinish belgilari orqali bilinadi. Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik qurilishiga ko‘ra qo‘llanadi.



1. Mazmun jihatdan. Ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun tugallangan bo‘lsa, nuqta, undov, so‘roq belgisi, uch nuqta qo‘yiladi:

- O‘zimiz institut ochayapmiz, bilib qo‘y...

- Institut?

- Institut!

O‘zgalarning gapi bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa olinadi: “Ertaga sinovlar boshlanadi”-dedi o‘qituvchimiz. Gaplar orasidagi mazmun munsoabatlari qo‘shma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi. Tugallanmagan yoki izoh talab qilgan tushunchalar ko‘p nuqta yoki qavslar orqali ifodalanadi.



2. Grammatik qurilish. Ayrim tinish belgilari gapning grammatik tuzilishiga ko‘ra qo‘llanadi. Masalan, ega bilan kesim orasida tire qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ma’lum grammatik qoidalar asosida belgilanadi.

Ayrim ergash gaplar o‘z tuzilishiga ko‘ra vergul bilan ajratiladi: Yo‘lchi, qancha aqchasi bo‘lsa ham, berishga tayyor edi. Bu jumladagi qancha aqchasi bo‘lsa ham, ergash gap bo‘lgani uchun bosh gap orasida to‘xtalish (pauza) bo‘lmasa ham, undan so‘ng vergul qo‘yiladi.



3. Ohang jihatdan. Ohang fikr maqsadning og‘zaki nutqdagi asosidir. Har bir tinish belgisi o‘ziga hos ohangga ega bo‘ladi. Undov, so‘roq belgisi, ko‘p nuqta va nuqta, tire tugallangan ohang bilan nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, qavs kichik to‘xtalish bilan, ajratilgan ohang bilan nuqtali vergul, ikki nuqta, tire izoh ohangi bilan; vergul, nuqtali vergul kichik to‘xtalish ohangi bilan talaffuz qilinadi. Ayrim tinish belgilari ohang talabi bilangina qo‘yiladi.

Qush mag‘rur – qanoti bo‘lgani uchun,



Tog‘ mag‘rur – savlati bo‘lgani uchun

Bu jumlada tire ohang talabi bilan, birinchi gaplarning ma’nosiga diqqatni jalb etish talabi bilan qo‘yilgan.

Vatanimiz – kelgusida buyuk davlat bo‘ladi. Bu jumlada kesim egaga bo‘ladi bog‘lamasi bilan birikkani uchun egadan so‘ng tire qo‘yilmasligi kerak edi. Ammo ega mantiqiy urg‘u olgani uchun undan so‘ng tire qo‘yilgan.

SODDA GAPLAR VA ULARDA TINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI


  1. Darak gaplar mazmuniga ko‘ra xabar beruvchi, tinch ohang bilan aytiluvchi gaplardir va bu xil gaplar oxirida nuqta qo‘yiladi.

Valijondan salom. Oydin kecha. Havo sof va salqin.

His-hayajon ifodalangan darak gaplardan keyin undov belgisi yoki ko‘p nuqta qo‘yilishi mumkin.

Minglab gulistondan afzaldir bu joy.

2. So‘roq gaplar biron narsa, voqea hodisa to‘g‘risida xabar berishni so‘ragan gaplardir. Bu xil gaplar so‘roq olmoshlari, yuklamalari ohangi orqali tuziladi va ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi:

Sinovlarga qanday tayyorlanayapsiz? Zarur – zarur adabiyotlarni?

Agar so‘roq gap qo‘shimcha mazmun ifodalasa, undan so‘ng undov belgisi, so‘roq belgisidan tashqari, ko‘p nuqta va boshqa belgilar qo‘yiladi:

Kurashadi ikki to‘lqin qarab turaymi!? Nahotki daryolar teskari oqar?! Siz bu ishga qanday qilib qo‘l urdingiz!?

3. Undov gaplar mazmuniga ko‘ra ikki guruhni tashkil etadi:


  • mazmunidan buyruq, iltimos, tashbiq, maslahat, tilak – orzu, kinoya, do‘q ma’nolari anglashilgan undov gaplar (bunday gaplarni buyruq gaplar ham deyiladi);

  • faqat his-hayajon anglatuvchi undov gaplar birinchi turdagi undov gaplarning kesimi buyruq fe’li yoki shart fe’llari bilan ifodalanadi. Bu xil gaplardan so‘ng ko‘proq undov belgisi, ba’zan mazmuniga qarab ko‘p nuqta, undov belgisi bilan ko‘p nuqta, ba’zan birdan ortiq undov belgisi qo‘yiladi. Undov gaplarning ikkinchi turi sof his-hayajon bildiruvchi gaplardir. Bu turdagi undov gaplar, undov so‘zlar, nisbiy olmoshlar, ohang va bu vositalarning birlashishi bilan ifodalanadi:

Ey bola paqir–ey! Eshikka tomon yurar ekan: essiz, essiz, ey bechora!...-dedi o‘zicha.

O‘h u kapshanchilar qishlog‘i shunaqa chiroylimi! Bu qanday bedodlik, bu qanday zulm!!!

Bu qanday adolatsizlikki, bola onasiz qolsa!

Qanday quvonch!

EGA BILAN OT - KESIM O`RTASIDA TIRENING ISHLATILISHI

Ot-kesimlar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalanganda, ega bilan ot-kesim orasiga tire qo‘yiladi. Kesim bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanganda ega ot, olmosh, otlashgan so‘z yoki harakat nomi bilan ifodalanishi mumkin. Kesimlar ot, olmosh, otlashgan so‘z bilan ifodalangan ega yoki kesim bilan yoki har ikkisi o‘ziga oid so‘zlar bilan kengayib kelganda, tire kesimga oid so‘zlardan oldin, bevosita egadan so‘ng qo‘yiladi. Kesim harakat nomi yoki sanoq son bilan ifodalanganda ham ega bilan kesim orasiga tire qo‘yiladi.



Maqsadim – a’lo o‘qimoq. Ikki karra ikki – to‘rt.

Ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zlari bilan ajralganda ham, ega va kesim orasida tire ishlatiladi, tire bu so‘zlardan oldin qo‘yiladi.

Tinchlik – bu sevinchdir, hayotda lazzat,

Tinchlik - bu totuvlik, har ishda orom.

Ega bilan ot kesim orasida tire qo‘yilmasligining sababi shuki, kesim –dir, bo‘ladi bog‘lamalari bilan kelgan yoki kelishik qo‘shimchasini olgan bo‘ladi. Bundan tashqari, kesim sifat, ravish, egalik olmoshi yoki tartib son bilan ifodalanganda ham, ega bilan kesim orasiga tire qo‘yilmaydi. Ega bilan kesim orasida quyidagi o‘rinlarda ham tire qo‘yilmaydi:



  1. Agar ega bilan kesim orasida quyidagi o‘rinlarda ham yordamchisi bo‘lsa: Olma ham meva. Bular ham a’lochi.

  2. Kesim shaxs qo‘shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu kishi muallimimiz. Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog‘ozi – keng yer. A’lochilaringiz Salimjonmi?

  3. Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalarning soni yigirma beshta. Nega yurishingiz sekin?

UYUSHIQ BO‘LAKLARIDA TINISH BELGILARI

Gapda birdan ortiq ega, kesim, hol, aniqlovchi, to‘ldiruvchi bo‘lishi mumkin. Bunday bo‘laklar uyushiq bo‘laklar deyiladi. Uyushgan bo‘laklar bir xil shaklda, bir xil vazifada keladi. Uyushgan bo‘laklar o‘zaro bog‘lovchisiz yoki bog‘lovchilar bilan bog‘lanadi. Bog‘lovchisiz bog‘langan uyushiq bo‘laklar biriktiruvchi ohang bilan o‘zaro birikadi.

1.Bog‘lovchisiz bog‘langan uyushiq bo‘laklar vergul bilan, agar ular birikib kelsa, nuqtali vergul bilan ajratiladi: Kitob, qalam, daftar bo‘lsin yo‘ldoshing. U hovli supurdi, suv tashidi, kul tozaladi. Qo‘nonboy yonida bir gala xushomadgo‘ylari: Segizboylardan Moybosar, Jaqib, Iziquttilardek qarindoshlari; Juontayoq, Qorabotir, To‘pay, To‘rg‘ay elining oqsoqollari bor edi.

2. Bog‘lovchili uyushiq bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi. Teng bog‘lovchilar to‘rt xil bo‘ladi:



  • zidlovchi bog‘lovchilar: ammo, lekin, biroq;

  • ayiruv bog‘lovchilar: yo, yoki, yohud, goh, dam;

  • biriktiruv bog‘lovchilari: va, ham, bilan;

  • inkor bog‘lovchisi: na-na.

Zidlov bog‘lovchilar orqali bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yiladi:

Oy yoritadi, ammo isitmaydi.

Ayiruv bog‘lovchilari orqali bog‘langan uyushiq bo‘laklarda ayiruv bog‘lovchisi yolg‘iz kelsa, uyushiq bo‘laklar orasiga vergul o‘yilmaydi: takrorlanib kelsa, vergul shu bog‘lovchilardan oldin qo‘yiladi:

Seni Zebo, zebi qiz deymi,

Oydin kecha yo kunduz deymi,

Sohibjamol yo dilbar deymi,

Yo san’atkor, yo chevar deymi?! (A.Umariy)

Yo, yoki, yoxud, goh, dam ayiruv bog‘lovchilaridan tashqari, shu vazifada ba’zan, bir, ham so‘zlari ham keladi.

Inkor bog‘lovchisi yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklarda ham vergulning ishlatilishi takroriy ayiruv bog‘lovchilaridagi kabi bo‘ladi:

Na xotin, na farzand ko‘rmagan,

Hayotning zavqini surmagan...

Bu o‘rinda inkor bog‘lovchisi yordamida birikkan uyushiq bo‘laklar orasida va bog‘lovchisi bo‘lsa, ular o‘zaro vergul bilan ajratilmaydi: Na kampirning va na Qoratoyning yupatishlari kor qildi.



Biriktiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasida vergul ishlatilmaydi: Qishloqlar yasandi va obod bo‘ldi.

Olma bilan gilos, olucha, anor,

Bizning bog‘imizda istagancha bor.

  • bilan ko‘amkchisi teng bog‘lovchi vazifasida ham kelib, uyushiq bo‘laklarni o‘zaro bog‘laydi, bunday vaqtda uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi: Qalam bilan daftar oldim;

  • ham bog‘lovchisi takrorlanib kelsa, uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yiladi: Mening kirib kelishim har ikki uyda, ya’ni bizning uyda ham, Saodatlarning uyida ham juda katta quvonchlarga sabab bo‘ldi.

Biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida –u(yu), -da yuklamalari ham kelishi mumkin.

u(yu) yuklamasi gap bo‘lagiga chiziqcha bilan qo‘shib yozilib, undan keyin vergul qo‘yilmaydi:



Irq-u rang-u din-u nasab singari

Axloqsiz so‘zlarni olmas og‘ziga. (G‘.G‘)

-da yuklamasi chiziqcha bilan yozilib, undan keyin vergul qo‘yiladi:

Salima keldi-da, darhol qaytib ketdi.

Uyushgan va uyushmagan aniqlovchilar. Agar aniqlovchilar shaxs yoki narsa-buyumni bir tomondan aniqlasa, uyushgan aniqlovchi bo‘ladi:

Keng, mehribon, iliq quchog‘ing,

Xamisha mazlumlar panohi bo‘lgan. (G‘.G‘)

Bu xil aniqlovchilar vergul bilan ajratiladi. Aniqlovchilarning uyushmasligiga sabab ularning shaxs yoki narsa-buyumni turli tomondan aniqlashidir. Bu holda ular orasiga vergul qo‘yilmaydi.



Issiqdan mudragan horg‘in oriq otining yalqov qadamiga bardosh qilib shahardan kelayotgan edi.

Uyushiq bo‘laklar umumlashtiruvchi so‘zlar bilan birga kelishi mumkin. Ular uyushiq bo‘laklarni birlashtiradi, umumlashtiradi. Bunday so‘zlarni ayirib ko‘rsatish uchun maxsus tinish belgilari tire yoki ikki nuqta qo‘llanadi.

Umumlashtiruvchi so‘z umumiy (to‘da) tushunchani bildirib uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, undan keyin ikki nuqta qo‘yiladi.

Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar, qorong‘ilikda jimgina cho‘kdi.



Jaladan so‘ng daladagi narsalarning hammasi: polizlardagi ekinlar, daraxt nihollari, hatto omonat chayla ham yer bag‘irlagan edi.

Agar umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘lakdan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan oldin tire qo‘yiladi.

Gulzorning narigi tomonida daroyi, xusayni, yakdona, charos, kishmish – turli uzum ishkomlari bor edi. Yosh-u qari, erkak-ayol – hamma mehmonlarni kutib olishga peshvoz chiqdi. Bir yoqda olmalar, o‘riklar, giloslar, olchalar – mevali daraxtlar tutash havo gulzori yasaydi.



GAPNING AJRATILGAN BO‘LAKLARI VA ULARDA TINISH BELGILARINI QO‘LLANILISHI

Gapning bo‘laklari ajratilishi mumkin. Gap bo‘laklarini ajratish orqali murakkab fikr sodda, ixcham va ta’sirli ifodalanadi. Gapning hamma bo‘laklari ham ajratilishi mumkin:



  1. Ajratilgan egalar: Men, Salimov To‘lqin, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1968 – yili tug‘ildim.

  2. Ajratilgan kesimlar: Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.

  3. Ajratilgan aniqlovchilar: O‘sha otga mana bu bolaning, Qurbonberdining ishqi tushib qolgan ekan.

  4. Ajratilgan to‘ldiruvchi:

Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam,

Qo‘msayman birovni – allakimimni. (G‘.G‘)

  1. Ajratilgan hol: Yillar mana shu xilda, osoyishta o‘tar edi.

Ajratilgan bo‘lak ikki vazifada keladi:

  1. u o‘zidan oldingi mavhum ma’nodagi bo‘lakning ma’nosini izohlaydi va diqqatni ana shu bo‘lakka jalb qiladi;

  2. o‘zi ifodalagan mazmunning ma’nosini ajratadi, diqqatni shu bo‘lakka qaratadi.

Bu xil ajratilgan bo‘laklar ham ikki turli bo‘ladi:

    • ajratilgan sifatlovchili aniqlovchilar: Borlig‘im-la farzandingman, sodiq, mehribon, Ozarbayjon, Ozarbayjon!

    • ajratilgan ravishdosh qurilmalari:

Ey Farg‘ona!Tushkun kunlar bolasini tishida tishlab, yuvib, tarab, sevib, o‘pib, quchib, opichlab,

Ey baxtlarni balog‘atga yetkazgan ona!

AJRATISH USULLARI

1. Gap bo‘laklarining tartibi o‘zgaradi, ajratilgan bo‘lak o‘z aniqlanmishidan keyin keladi.



Men yomondan ayrilib, yaxshini topganing qani? Bugun kun bo‘ladi, ravshan va bedog‘.

2.Ajratilgan bo‘lak boshqa bir bo‘lakning ma’nosini izohlamay, o‘zi ifodalagan bo‘lakninng ma’nosini ajratib, diqqatni o‘zi ifodalagan mazmunga jalb qilib keladi.



So‘ng qilichini mahkam ushlab, bukchayib, ohistagina yerga yeqildi.
Bu xil gap qurilmalarning o‘z egasi bo‘lsa, ergash gap sanaladi.

AJRATILGAN BO‘LAKLARDA TINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI

1.Ajratilgan bo‘lak ikki tomondan vergul bilan ajratiladi: Bayroq, havo rang, mag‘rur xilpirab turar.

2.Ajratilgan aniqlovchilar aniqlanmishidan bevosita oldin kelgani uchun undan so‘ng to‘xtalish bo‘lmaydi, vergul qo‘yilmaydi. Fe’l bilan yonma-yon kelgan ravishdosh va ravishdosh qurilmalardan keyin ham tinish belgisi qo‘yilmaydi.

Kechagi, ya’ni urushdan oldingi hayotning naqadar maroqli ekanini... bilgandir. Salim otaning, mashhur dehqonning bu tashabbusi keng quloch yoydi. Kimdir mehmonlarni ancha yergacha kuzatib qo‘ydi.

3.Ajratilgan bo‘lak ya’ni, masalan kabi so‘zlar bilan bog‘lanishi mumkin. Bunda vergul ana shu so‘zlardan oldin qo‘yiladi.

4.Agar ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi.



Paxtakor o‘zbekman – zavardast, mag‘rur,

Sharqning mayog‘i deb atalur yurtim. (G‘.G‘)

5.Ajratilgan bo‘lak gap orasida kengayib yoki uyushib kelsa ham har ikki yoki bir tomoniga tire yoki vergul va tire qo‘yiladi: Ismi barlos – sodda, dilobar – ov va qush ilmining piridir.



GAP BO‘LAKLARI BILAN GRAMMATIK ALOQAGA KIRISHMAGAN SO‘ZLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI

Gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan so‘zlarga undalmalar, kirish so‘z va kirish gaplar, ha va yo‘q so‘zlari va undovlar kiradi.



  1. Undalmalarda tinish belgilarining ishlatilishi. Undalmalar gap bo‘laklaridan vergul yoki undovlar belgisi bilan ajratiladi. Undalmalar gap boshida kelganda – undan keyin, gap orasida kelganda, har ikki tomoniga, gap oxirida kelsa, undan oldin vergul qo‘yiladi. His-hayajon bilan ifodalangan undalmalardan so‘ng (gap boshi va oxirida) undov belgisi qo‘yiladi.

Onajonlarim, hamma o‘zining eski devorini quchoqlab o‘tira bersa, yurt qachon obod bo‘ladi?

Undalma undov so‘zlar bilan birikib kelishi mumkin. Agar undov so‘z kuchli his-hayajon bilan aytilib, undan so‘ng to‘xtatilish bo‘lsa, undov so‘zdan so‘ng ko‘p nuqta yoki vergul qo‘yiladi: Qo‘yaqol!... Men uchun... ovora bo‘lib o‘tirma... (Ch) – Oy! ...bek rahmsizlik bunaqa bo‘lar ekan... Xuddi qiyomat bo‘ldi! (A.Qodiriy).



2. Kirish so‘z va kirish gaplarda tinish belgilari.

Kirish so‘z va so‘z birikmalari so‘zlovchining xabarga bo‘lgan modal munosabatlarini ifodalaydi va pauza (to‘xtalish) ohangi bilan ajralib turadi. Agar shu to‘xtalish bo‘lmasa, u gap bo‘lagi bo‘ladi: So‘zsiz, bu yil imtihonlarni yuqori baholar bilan tamomlaymiz (kirish so‘z). O‘rtog‘i bilan so‘zsiz salomlashdi (hol). Kirish so‘z shaklidagi so‘z gap bo‘lagi bo‘lganda, u tinish belgilari bilan ajratilmaydi.

Kirish so‘zlar gap boshida kelsa, undan so‘ng, gap orasida kelsa, har ikki tomoniga, gap oxirida bo‘lsa undan oldin vergul qo‘yiladi.

Shubhasiz, toptalar, yengilar g‘anim. Siz bu gaplardan bexabarsiz, albatta.

Kirish gaplar – gapning ayrim bo‘laklariga yoki umumiy mazmuniga izoh beruvchi qurilmalardir. Ular pasayuvchi yoki ko‘tariluvchi maxsus ohang bilan ajralib turadi. Tarkibi uncha katta bo‘lmagan kirish gaplar vergul bilan ajratiladi. Tarkibi ancha katta bo‘lgan va gapga umumiy izoh beruvchi gaplar qavsga olinadi yoki tire bilan ajratiladi.

Qurbon ota uning suhbatini hushlamasa ham, odamning yuzi issiq – hamsafar bo‘lishi to‘g‘risidagi sazasini o‘ldirmadi.

Undov so‘zlar, va, ha, yo‘q so‘zlaridan so‘ng tinish belgilarini ishlatilishi

Undov so‘zlar va, ha, yo‘q so‘zlari aytilayotgan fikrga so‘zlovchining munosabatini bildiradi, ulardan so‘ng vergul, agar chuqur his-hayajon ifodalansa, undov belgisi qo‘yiladi:



  • voy, qir muncha chiroyli bo‘p ketdi?

  • voy-vuy! Asl jannat deng, taqsir.

  • Oh-oh-oh! Otangizga rahmat!

Ha, yana bir kichik stansiya qolibdi.

Yo‘q, urushning nomi o‘chsin.

Undov so‘zlar so‘zlovchining his-hayajonini (sevinchi, qayg‘usi, qo‘rqishi, havasi, achinishi, taajjubi, nafrati, pichingi afsusi va...), ha va yo‘q so‘zlari so‘zlovchining roziligi yoki qarshiligini bildiradi. His-hayajon, fikr tugallanmagan o‘rinlarda undov so‘z va ha, yo‘q so‘zlaridan so‘ng ko‘p nuqta qo‘yilishi ham mumkin: O...serjant, bu urush ko‘p odamlarning yostig‘ini quritib yubordi.

Undov so‘zlar va ha, yo‘q so‘zlari mustaqil gaplar bo‘lib kelishi ham mumkin. Bunda ulardan keyin tinish belgilari sodda gaplardagi kabi qo‘llanadi: O... Ho‘kiz yo‘q, o‘g‘il ko‘cha tomondan teshilgan...

QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI.

BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI

Bog‘langan qo‘shma gap qismlari teng bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi. Biriktiruv bog‘lovchilari (va, ham, hamda) yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasiga vergul qo‘yilmaydi. Tashqarida chaqmoq yaltirar va bahor yomg‘iri salovatli shovillardi.



Zidlovchi bog‘lovchilar (ammo, lekin, biroq) yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasiga shu bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi: Men uyalib yerga qarayman, ammo Turg‘un pisand qilmay shaftolini maqtaydi.

Zidlov bog‘lovchilardan oldin nuqta yoki nuqtali vergul qo‘yilish hollari ham bor. Mazmunan ancha mustaqil bo‘lgan qo‘shma gap qismlari orasida zidlov bog‘lovchilardan oldin nuqta qo‘yiladi: Ular bir-birlariga mamnun qarab qo‘yishdi. Biroq Ortiq natijani bundan ham ortiq chamalaganini aytdi. Ayiruv bog‘lovchilar (yo, yoki, goh, dam) va inkor bog‘lovchisi (na, na) orqali bog‘langan qo‘shma gaplarda vergul ishlatiladi:

Yoki mening ko‘nglim hamma vaqt yosh, yoki chiroy senga umrbod yo‘ldosh.

Takrorlanib kelgan ayiruvchi yoki inkor bog‘lovchilari yordami bilan birikkan gaplarda vergul takrorlangan ikkinchi bog‘lovchidan oldin qo‘yiladi. Ayiruv bog‘lovchilar takrorlanmasligi ham mumkin, bu holda qo‘shma gapni tashkil etgan gaplar orasiga vergul qo‘yilmaydi: Ilgari ham kun shunday qizirmidi yo bu yil yoz issiqroqmi?



YORDAMCHILARSIZ BOG‘LANADIGAN QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI

Vergul va nuqtali vergulning ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog‘lanadigan qo‘shma gap tarkibidagi mazmun jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan, bir paytda yoki ketma-ket bo‘lgan voqea-hodisalarni ifodalagan sodda gaplar orasiga vergul qo‘yiladi: Havo ochiq, quyoshning iliq nuri qirov bosgan marzalardan yengil bug‘ ko‘taradi. (S.A.)Kechasi shamol tindi, yo‘l azobidan horigan kishilar qattiq uyquga ketdilar.(L.V.)

Birinchi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarda bir paytda, keyingisida esa ketma-ket bo‘lgan voqea-hodisalar ifodalangan. Og‘zaki nutqda bunday gaplar sanash ohangi bilan aytiladi.

Yordamchilarsiz bog‘lanadigan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmuni u qadar yaqin bo‘lmagan voqea-hodisalarni ifodalasa, shuningdek sodda gapalrning o‘zida vergul ishlatilgan bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Shinel jiqqa ho‘l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.(O.)Qushlarning sho‘hlik bilan sayrashi mayin, yoqimli va mungli bu ovozni bosolmaydi;daraxtlarning shitirlagan ovozi qulog‘imga yozning xayrlashuv qo‘shig‘idek eshitilardi.(M.G.)

Ikki nuqtaning ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda ikki nuqta qo‘yiladi:


  1. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrning sababini, natijasini bildirsa: Shoazim o‘ng‘aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko‘ngliga bahs sig‘mas edi.(P.Q.)

  2. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi gapdan anglashilgan fikrni izohlab kelsa: Uning otasi bir yilda bog‘ni juda yashnatib yubordi: yangi daraxtlar ekdi, go‘zal gulzorlar yaratdi, turli-tuman payvandlar qildi.

  3. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapning kesimini to‘ldirib kelsa: Bildi ota: foydasizdir qiynamoq. (H.H) Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi.

Tirening ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda tire qo‘yiladi:

  1. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuni bir-biriga zid bo‘lganda: Ko‘z qo‘rqoq – qo‘l botir (Maqol)

  2. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gaplarning tarkibidagi birinchi sodda gapning mazmuni ikkinchi sodda gapning mazmuniga o‘xshatilsa: Vaqting ketdi – vaxting ketdi. (Maqol)

  3. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi birinchi sodda gap ikkinchi sodda gapdan anglashilgan ish-harakatning paytini yoki shartini bildirsa: Yurt tinch - sen tinch. (Maqol)

ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI

Ergash gaplarning bosh gapga bog‘lanish yo‘llari va tinish belgilari bilan ajratilishini uch qismga bo‘lish mumkin:

I.Ergash gaplarning tobe bog‘lovchilari orqali bosh gapga bog‘lanishi va vergul bilan ajratilishi.

1.Agar ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, chunki, go‘yo bog‘lovchilari orqali bog‘lansa, vergul shu bog‘lovchilardan oldin qo‘yiladi:



Har kun ortar ko‘zlarimda nur,

Shuning uchun yo‘q aslo g‘amim (H.O)

2.Ergash gap bosh gapga –ki bog‘lovchisi orqali bog‘lansa, vergul shu bog‘lovchidan so‘ng qo‘yiladi: Bu xonaga shunday jimlik cho‘kkanki, go‘yo unda hayot butunlay yo‘q.

3.Ergash gap bosh gapga bog‘lovchi sifatida qo‘llangan deb orqali bog‘lansa , vergul shu so‘zdan keyin qo‘yiladi: Orqada kelayotgan ayollar yetib kelsin deb, Tansiq mashinani ancha berida to‘xtatdi.

II. Agar ergash gapning kesimi ravishdosh yoki shart fe’li orqali ifodalansa, vergul kesim vazifasidagi ana shu fe’l shakllaridan keyin qo‘yiladi: Gulnor bu yerga kelsa, Nuri darhol biron yumush qildirar edi. Daryo qancha chuqur bo‘lsa, u shuncha sekin oqadi.

III.Ergash gapning kesimi sifatdosh bilan ifodalanishi mumkin, bunda sifatdosh uchun, sari, sayin, chog‘, payt kabi so‘zlar bilan birikadi. Bu holda vergul ergash gapning sifatdosh bilan ifodalangan kesimiga qo‘shilib kelayotgan ana shu vositalardan so‘ng qo‘yiladi: Hammamiz dalaga yo‘l olgan chog‘da, katta to‘y tusini oladi qishloq.

Ba’zan sifatdosh o‘rin-payt yoki chiqish kelishigi qo‘shimchalarini ham olib keladi. Bunda vergul kelishik qo‘shimchasini olgan sifatdoshdan keyin qo‘yiladi: Nuri gapga e’tibor qilmaganidan, Yormat endi qiziga qarab so‘zlay boshladi.



KO‘CHIRMA GAPLARDA TINISH BELGILARI

Ko‘chirma gap o‘zgalarning gapi bo‘lib, muallif gapi esa ko‘chirma gapni keltiruvchi shaxs gapidir. Ko‘chirma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul, nuqta, qo‘shtirnoqning qo‘llanishi ko‘chirma va muallif gaplarining o‘rinlashishiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, ko‘chirma gap muallifi gapidan so‘ng, oldim yoki uning tarkibida bo‘lishi, muallif gapi ko‘chirma gapning har ikki tomonidan kelishi mumkin: Oyqiz o‘zini og‘irlikka solib, mayin ovoz bilan qatiy buyurdi: - Otingiz! O‘zingizni bosing!



1.Agar ko‘chirma gap muallif gapidan so‘ng kelsa, undan oldin ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘chirma gapdan so‘ng tire qo‘yiladi yoki qo‘shtirnoqqa olinadi.

2.Agar ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelsa, ko‘chirma gapdan keyin vergul hamda tire qo‘yiladi va muallif gapi kichik harf bilan boshlanadi.

Gapning mazmuniga ko‘ra ko‘chirma gapdan so‘ng nuqta, so‘roq belgisi yoki undov belgisi bo‘lishi mumkin, bunda:


  • muallif gapidan so‘ng kelgan ko‘chirma gaplarda so‘roq yoki undov belgilari qo‘shtirnoq ichiga olinadi va qo‘shtirnoqdan so‘ng hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi;

  • muallif gapidan oldin kelgan ko‘chirma gaplarda so‘roq yoki undov belgisi qo‘shtirnoq ichiga olinib, undan keyin tire qo‘yiladi, so‘ngra esa muallif gapi kichik harf bilan boshlanadi.

Muallif gapining ko‘chirma gap orasida kelishi:

  • Bu kishi, -dedi Ro‘zimat, - bizga har tomondan ustod bo‘lib qoldilar”.

  • Bu narsani men ham ko‘rganman, - dedi Siddiqjon, - haqiqatdan ham yo‘l bo‘yida ba’zi g‘o‘zalar shoxlaydi”.

  • Mening ikkita tanishim bor, bir-birini teng ko‘radi, - dedi Ibrohimov, - bir-biriga juda munosib...”.

Agar ko‘chirma gapning uzilib qolgan joyida hech qanday tinish belgisi bo‘lmasa, vergul va tire qo‘yiladi va muallif gapi kichik harf bilan boshlanadi, undan so‘ng yana vergul va tire qo‘yilib, ko‘chirma gapning davomi kichik harf bilan boshlanadi.

Ko‘chirma gapning uzilib qolgan joyida nuqta, so‘roq yoki undov belgi qo‘yilgan holatlarda tinish belgilarining ishlatilishiga misollar:

Assalomu alaykum, Qurbon ota! – dedi Siddiqjon. – Salom, otaxon!” (A.Q.)

“Buning tagiga o‘zimiz yetmasak, kim yetadi? – dedi Komila. – Birov kelib bizga hisovat beradimi?”.

“Chet tilini bilish kerak – dedi muallif.

Menimcha, chet tilini bilish fanni chuqur o‘rganishda va mustaqil muloqotda juda zarur”.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T:, 2011-yil.

2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” 2-nashri. T:, 2011-yil.

3. Karimov I.A. “Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish-barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir” 15-tom, T-2007.

4. Karimov I.A. “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish-mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir”

19-tom T: 2011-yil

5. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbеkiston taraqqiyotining poydеvori.

T.: Sharq, 1997-yil.

6. Karimov I.A. O‘zbеkistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. -T.: O‘zbekiston, 1992-yil.

7. Mengliyev B., Xoliyorov O‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. –T:.

2011-yil.

8. Hamroyev M.A. O‘zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi. –T:. 2010-yil.

9. Hojiahmedov A. Maktabda aruz vaznini o‘rganish. -T.: O‘qituvchi, 2011-yil.

10. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Buxoro: 2005-yil.

11. Abdurazzoqova Sh. Tafakkur gulshani. –T.: 1989-yil.

12. Nosirov P. O‘zbek nutq madaniyati. –T.: 2004-yil.

13. Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent –“ILM ZIYO” – 2013- yil.

Ushbu uslubiy ko‘rsatma FVXTXQTMOI nashriyot bo‘limi tomonidan ____ nusxada chop etilgan. 20__ yil ______________.





Download 59,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish