135
maqsadlariga yo`naltirildi. Ular bugungi kunda ma`lum bir davlatlarga ta`sir qilish uchun bir
taraflama,
noxolis axborot tarqatishda, o`z usullarini takomillashtirishda davom etmoqda.
Hozirda Rossiya federasiyasi va ayrim g`arb davlatlari o`rtasida ―sovuq urush‖
davridagidan qolishmaydigan darajada gibrid urushning tarkibiy qismi sifatida axborot urushi
ketmoqda.
Tahlillar shuni ko`rsatadiki, yaqin va uzoq davlatlarda sodir etilgan davlat to`ntarishlari
(―rangli inqiloblar‖, ―arab bahori‖) bu eng avvalo manfaatdor kuchlar tomonidan g`arazli
maqsadga yo`naltirilgan tarzda aholiga nisbatan amalga oshirilgan axborot ta`sirining oqibatidir.
Respublikamizning geosiyosiy, geojug`rofiy mavqei yaqin va uzoq kelajakda
mamlakatimizga nisbatan axborot urushi susaytirilmaydi, aksincha faollashadi, degan xulosa
chiqarishga olib kelmoqda.
Mamlakatimizmuhimsiyosiytadbir- Prezidentlikka saylov arafasidaturibdi. Bu jarayonda
ayrim kuchlar tomonidan axborot xuruji kuchaytiriladi, chunki saylov jarayoni vaziyatni
beqarorlashtirish uchun, aholini turli guruhlarga bo`lib tashlab, o`ziga xos ―boshqariladigan
tartibsizlik‖ tashkil qilish uchun qulay fursat hisoblanadi. Bashoratchilikka da`vo qilish emas bu,
biroq shuni aytish mumkinki, saylov natijalari bo`yicha turli shubha, mish-mishlarni tarqatish,
saylov jarayonining qonuniy, demokratik tarzda o`tganligini shubha ostiga olish ko`payadi.
Basharti shunday bo`lsa bu haqiqiy xalq tanlovi amalga oshganidan, axborot xuruji
tashkilotchilari xohlagan narsa ro`y bermaganidan dalolat beradi. Yaqin tarixda buni ko`p guvohi
bo`lganmiz.
Axborot xurujlari ta`siriga eng ko`p beriladigan aholi qatlami bu yoshlardir. Afsuski,
axborot-kommunikasiya texnologiyalarining jadal sur`atlar bilan rivojlanishi axborot
tahdidlarining ham kuchayishiga olib kelmoqda. Internet vositasida ishlaydigan dasturlar,
ijtimoiy tarmoqlar orqali juda katta oqimda ma`lumotlar almashishi ro`y bermoqda. Ular asosan
qiziqarli voqealar, gap-so`zlar, shou-biznes, sport xabarlari, yangiliklardan iborat. Biroq hech
kim tashqi kuchlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlardan o`z maqsadi yo`lida
foydalanmaydi, deb kafolat bera olmaydi. Misol uchun, Telegram messendjerida ba`zi bir
guruhlarning ishtirokchilari soni 50 000 dan oshadi. Shunday guruhlar borki, unda asosan fahsh
fotorasmlar, video lavhalar joylashtirilmoqda. Bu ma`naviyati, madaniyatida qusr bo`lgan
shaxslarni o`ziga jalb qilish uchundir. Aynan shunday toifa kishilar o`zlariga javob berisha
olmaydi. Keyinchalik bunday kanallarda siyosiy mavzuga taalluqli ma`lumotlar tarqatilishi va
guruh a`zolarining fikrini o`zgartirishga, ma`lum bir yo`nalishga solishga harakat qilinishi
mumkin.
Respublikamizning birinchi prezidenti muhtaram Islom Karimov ―...bugungi zamonda
mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega‖ ekanligini ta`kidlagan edi.
Mafkura poligonlarida kuchlar nisbati esa axborot, axborot xuruji vositasida hal etilmoqda.
Mamlakatimizga nisbatan qilinayotgan axborot xurujlariga qarshi kurashda ba`zan ―It
huradi, karvon o`tadi‖ qabilida ishlash o`rinlidek ko`rinadi. Biroq, fikrimcha axborot xurujlari
kimlar, qaysi tuzilmalar tomonidan, nima maqsadda tashkil qilinayotganligi ma`lum bo`lganda,
ularga qarshi kurashda eng yaxshi himoya hujum ekanligidan kelib chiqishimiz kerak.
Axborot xurujlariga qarshi kurashda kurashning tizimli bo`lishligi, uning zarur huquqiy
bazasi shakllantirilganligi o`ta muhim. Shu bois axborot xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan
alohida qonun hujjati qabul qilish masalasi ko`rib chiqilishi kerak.
Shu
bilan birga, bunday xurujlarga qarshi kurashda quyidagilar muhim:
1. Axborot makonini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, o`zgarishlar,
aholining qiziqishi yuqori bo`lgan masalalar haqidagi ob`ektiv va pozitiv axborot bilan doimiy
ravishda to`ldirib borish.
2. Fuqarolarimizda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan
kompleks choralar ko`rilishi kerak. Xususan yoshlarimizni tafakkur qilishga, har qanday
axborotni tahlil qilib so`ng xulosa chiqarishga o`rgatishimiz zarur.
136
3. Mamlakatimiz, davlat apparati, rahbarlar haqida noto`g`ri ma`lumotlar, tuhmat,
uydirmalar, buzilgan axborot tarqatuvchi har qanday axborot vositalari faoliyatiga qonun
doirasida chek qo`yish.
4. Aholiga chet ellarda turib mamlakatimiz to`g`risida noto`g`ri, bir taraflama axborot
tarqatuvchi
axborot vositalari, shaxslarning asl qiyofasini ochib beruvchi axborotni etkazish.
5. Milliy g`oya, mafkura, ma`naviyat tushunchalari, shu jumladan fuqarolarimizning
vatanparvarligi axborot xurujlariga qarshi muhim omillardir. Bu yo`nalishda amalga
oshirayotgan ishlarimizni izchillik
bilan davom ettirish
6. ―Beshinchi kolonna‖ni aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralarni ko`rish tizimli
tarzda davom ettirilishi kerak. Chunki aynan ―beshinchi kolonna‖ tashqi kuchlarning buzg`unchi
g`oya, axborotlarini tarqatishda vositachi vazifasini bajaradi.
Bir so`z bilan aytganda, biz axborot xurujlariga qarshi yangicha fikrlashimiz, ishlashimiz
darkor. Bunda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash,o`z xalqining xotirjam va farovon hayoti
uchun yonib yashagan muhtaram I.Karimovning quyidagi so`zlarini yodda tutishimiz kerak:
―Hammamizga ayon bo`lishi kerakki, ―axborot asri‖ deb nom olgan XXI asrda hech qaysi davlat
yoki jamiyat o`zini temir devor bilan o`rab yashay olmaydi. Ayni paytda, ahvol shunday ekan,
deb qo`l qovushtirib o`tirish ham to`g`ri kelmaydi, bunday tahdidlarga javoban, biz ham, sodda
bo`lmasdan, zarur chora-tadbirlarni ko`rishimiz kerak‖
Do'stlaringiz bilan baham: