Sinf rahbari:
—
insoniy madaniyat asoslarini o‗rganishda jamiyat va bola o‗rtasidagi
ma‘naviy vositachi;
—
o‗quvchini axloqiy emirilishdan, ma‘naviy tanazzuldan muhofaza etuvchi;
—
sinf jamoasining hamkorlik faoliyatini tashkillashtiruvchi;
—
har bir bolaning o‗zligini namoyon qilishi va rivojpanishi uchun sharoitlar
yaratib beruvchi;
—
kundalik hayotni va faoliyatni tashkillashtirishda, jamiyatning ijtimoiy-
iqgisodiy, siyosiy hayotini anglab etishda, professional yo‗naltirishda yordamchi,
maslahatchi;
—
pedagoglar, oila, mahalla, umuman aytganda, bolalarning rivojlanishiga
ta‘sir ko‗rsatadigan barcha tarbiyaviy institutlar kuchlarini muvofiqlashtiruvchidir.
Hozirgi davrda bizning sharoitimizda voyaga etmaganlarning rivojlanish
davri taxminan 10 yoshdan 15 gacha bo‗lgan yoshni o‗z ichiga oladi. Demak
ko‗rinadiki, o‗smirlik davri bolaning maktab ta‘limi davriga to‗g‗ri kelib, bu yosh
xususiyatining murakkabliklari bilan ishlovchi pedagog – bu sinf rahbaridir.
146
Psixologlarning fikricha, o‗spirin yoshidagilarning ruhiy xususiyatlari uch
asosiy qism – jismoniy, ijtimoiy, ruhiy holat bilan bog‗liq ravishda yuzaga
keladigan inqiroz holatida namoyon bo‗ladi.
Jismoniy holatdagi o‗zgarish- ga izoh beradigan bo‗lsak, bolada jiddiy
garmonap o‗zgarishlar yuz beradi, ruhiy o‗zgarishning ijtimoiy ko‗rinishi esa
o‗spirinning yoshlikdan balog‗at davriga o‗tishi- da namoyon bo‗ladi. Ruhiy
jihatdan o‗zgarish esa o‗spirinda o‗z-o‗zini anglashga intilishda bo‗y ko‗rsatadi.
SHunday ekan, bu yosh davrida ular bilan qanday ish olib borish lozim,
boladagi ruhiy o‗zgarishlarga qay tarzda yondashgan ma‘qul? Bu savol har bir
pedagog ish faoliyatida uchrashi aniq. Balog‗at yoshi – aslida organizmning bir
qancha anatomik va fiziologik o‗zgarishlar natijasida biologik jihatdan sekin-asta
voyaga etishi hisoblanadi.
Balog‗atga etish muddati o‗smirning irsiy xususiyatlari, sog‗lig‗i, shuningdek,
hayot tarziga va u yartayotgan hudud iqlimiga bog‗liq. Nimjon, kasalmand bolalar
nisbatan kechroq balog‗atga etadi. Bu davrda o‗smirlar organizmi va ruhiyatida
bo‗ladigan o‗zgarishlar haqida ota-ona va pedagoglar to‗g‗ri ma‘lumotga ega
bo‗lishsa, yigit-qizlarning behuda qo‗rqishi va asabiylashishining oldi olinadi.
O‗tish davrida fiziologik jihatdan o‗zgarishlar yuz beradi: o‗smirning vazni
ortadi, jismoniy jihatdan voyaga eta boshlaydi.
Bu yoshdagi o‗quvchilarda quyidagi xususiyatlarni kuzatamiz:
-
yosh – tez ranjish, gap ko‗tarmaslik, arazlash.
-
yosh – tengdoshlaridan ajralishga intilish, sevgi hissiyotla- rining
shakllanishi, jizzakilik.
-
yosh – ovozida o‗zgarishlarning paydo bo‗lishi va «men» degan tushun-
chaning shakllanishi. Jamoada bosh bo‗lishga intilish, tavakkalchilik.
-
yosh – tez ta‘sirlanish, asabiylashish, o‗zini jasur qilib ko‗rsatish, kattalarga
taqlidning kuchayishi.
-
yosh – hammaning o‗ziga e‘tiborli bo‗lishiga harakat qilishi, o‗z gavdasini
tengdoshlari bilan taqqoslashi, o‗zini-o‗zi boshqarishni tashkil etish, sevgi
hissiyotlari kuchayishi va o‗zining fik- rini uqtirishga harakat qilishi.
17,18 yosh – maqsad sari intilish, kelajak uchun qayg‗urish, mablag‗ topishga
harakat qila boshlash, o‗zini katta yoshdagilardek his qilish, mustaqil bo‗lishga
intilish.
Ayrim hollarda balog‗at yoshidagi o‗quvchilar o‗zlarini qo‗rqmas, jasur qilib
ko‗rsatishga urinib, noo‗rin xatti-harakatlar sodir etib qo‗yishi ham mumkin. Bu
kabi xatti-harakatlarning asosiy sababi o‗smirda atrofdagilar ol- dida obro‗-
e‘tiborli bo‗lishga intilish hissining kuchayib bora- yotgani bilan ham izohlanadi.
Bunday vaziyatda o‗qituvchilar ularga sun‘iy yo‗llar bilan qiyinchi- liklarni engib
bo‗lmasligini tushuntirishlari lozim.
Balog‗at yoshidagi o‗quvchilar bi- lan ishlashda asosan 3 xil yonda- shuv
mavjud. Bular jamoada, ota-ona bilan hamkorlikda va yakka tartibda tushuntirish
ishlarini olib borishdir.
147
Do'stlaringiz bilan baham: |