6.1-rasm.Oshqozon-ichak yolining tuzilishi
So’lak ajralishining ko’payishi (gipersalivatsi-ya) uzunchoq miyadagi so’lak ajralish markazlari yoki so’lak bezlari secreto rnervlarining bevosita yoki reflector ravishdagi kuchayishi natijasida ro’y berishI mumkin. Shu tarzdagi rag’batlanish markaziy nerv sistemasining shikastlanishlarida (bulbarfalajlar), og’iz bo’shlig’I va oshqozondagi yallig’lanish jarayonlarida, tofsikozlarida, ayrim vegetative zaharlar (pilokarpin, fizostigmin) ta’sirida kuzatilishi mumkin. Eksperimentdagi persalivatsiya horda tympani shoxchasini kesib qo’yish yo ’li amalga oshirilishi mumkin (paralitik yoki paradoksal gipersalivatsiya). U so’lak bezlari denervatsiyasidan so’ng bir kun o’tgach boshlanadi. 6-7 kundan so’ng esa, yuqori darajaga chiqadi. 15-kundan boshlab so’lak ajratish sur’ati susaya boradi va 35-40 kun o’tgacha, to’xtaydi. Paradoksal gipersalivatsiyani yuzaga chiqishi denervatsiya qilingan a’zoning gumoral ta’sirlar (asetilxolin, gistamin)ga bo’lgan sezgirligining oshishi bilan izohlanadi, bu esa umuman denervatsiya qilingan hamma to’qimalarga xos bo’lgan xususiyatdir.Gipersalivatsiyada bir kun davomida 5-14 l so’lak ajralishi mumkin. Agar so’lak to’la so’ril masa, u tashqariga ajralib chiqishi natijasida lab sohasidagi teri da materatsiya va yallig’lanish kabi o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. So’lakning nafas yo ’llariga tushishi va u orqali og’iz bo’shlig’ idagi mikroorganizmlarni kirishi tufayli kasallikka chalinish ham mumkin. Zaharlanishning ayrim turlarida gipersalivatsiyani himoya refleksi sifatida ham qabul qilish mumkin, chunki bunda so’lak bilan birgalikda moddalar almashinuvining toksik mahsulotlari, zaharlar va boshqa moddalar chiqib ketadi.
64So’lak ajralishining susayishi (giposalivatsiya) so’lak bezlaridagi patologik jarayonlar (parotitlar, o’smalar) tufayli ular to’qimasining yemirilishi oqibatida ro’y berishi mumkin. So’lak oqishiga mexanik qarshilik esa so’lak yo’llarida tosh hosil bo’lganida paydo bo’ladi. So’lak bezlarining markaziy tormozlanish ies akuchli his-hayajonlar (qo’rqish, hayajonlanish) paytida, og’riq ro’y berganida kuzatiladi. So’lak bezlarining sekretor nerv apparatiga ayrim vegetativ zaharlar (atropine, skopolamin) susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
3.Ovqat yutishning buzilishlari.
Ovqatni yutish - bu murakkab reflektor jarayon bo’lib, u o’z-o’zidan sodir bo’lib reflektor fazalardan iborat bo’ladi. Ovqatni yutishning reflektor, bevosita yoki o’z-o’zida sodir bo’luvchi fazasi til parezlarida, ruhiy buzilishlarda (masalan, katatoniyada) izdan chiqishi mumkin. Reflektor bosqichning buzilishi og’iz bo’shlig’i va halqum shilliq qavati retseptorlarining shikastlanishi (masalan, anginalarda), ovqat chaynashda qatnashuvchi mushaklar spazmi (masalan, qoqshol, quturish, isteriyada) bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu faza uzunchoq miyada joylashgan ovqat yutish markazi yoki ovqat yutishda qatnashuvchi mushaklarni harakatlantiruvchi nervlarning funksiyalarining izdan chiqishida buziladi. Ovqat yutishning qiyinlashuviga mexanik to’siqlar (o’sma, chandiq) ham sabab bo’lishi mumkin.
Qizilo’ngach funksiyalarining buzilishi.
Qizilo’ngachning patologiyasi eksperimentda ham, klinik sharoitda ham yetarli darajada ishlab chiqilmagan, bu qizilo’ngachni tekshirishning texnik jihatdan qiyinligi bilan izohlanadi. Qizilo’ngachning harakat funksyasi susaygan (gipokinez yoki atoniya) yoki oshgan (giperkinez) bo’lishi mumkin. Tajribada adashgan nervlarni yuqoridan kesib qo’yish yo’li bilan qizilo’ngach atoniyasini hosil qilish mumkin. Atoniyada qizilo’ngach peristaltikasi to’xtaydi, buning natijasida esa u orqali ovqat luqmasining o’tishi qiyinlashadi. Qizilo’ngach orqali ovqat o’tishining qiyinlashishi uning spastik qisqarishi oqibatida ham ro’y berishi mumkin. Tajribada qizilo’ngach kardial qismining spazmini simpatik nervni ta’sirlash bilan hosil qilish mumkin. Odamlarda qizilo’ngach kardial qismi bo’shalishining buzilishi yoki spazmi kardial axalaziyasida kuzatiladi. Bu kasallik asosida qizilo’ngach va uning kardial segmenti innervatsiyasining buzilishi yotadi. Ovqat massasining qizilo’ngach orqali o’tishining eng keskin darajada qiyinlashishi - uning torayishida ro’y beradi. Qizilo’ngachning torayishi unda ro’y bergan kimyoviy yoki termik kuyishlarning chandiqqa aylanishi, unda o’smalar hosil bo’lishi, uning tashqaridan ezilishi (aorta anevrizmi, ko’krak qafasi o’rta qismining abstsesslari va boshqalar) tufayli kuzatilishi mumkin. Qizilo’ngachning torayishi ovqat yutishning qiyinlashishiga, organizmning holdan toyishiga olib keladi va odatda jarrohlik davolash usulini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |