Qayta qurishning mag'-lub bo’lishi. Qayta qurish jamiyat ijti-moiy-siyosiy tuzilishida ham o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. KPSSning jamiyat hayotida tutgan o’rni bo’shashdi, uning rahbarlik va rahnamolik roliga putur yetdi. Bunday hol boshqa jamoat tashkilotlari, ayniqsa, yoshlar tashkilotlari, kasaba uyushmalariga ham taalluqli edi.Qayta qurish oxir-oqibatda siyosiy jihatdan puch, natijasiz, besamara safsatabozlikdan boshqa narsa bo’lmay qoldi, tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxirigacha yetkazish mumkin bo’lmadi.Buning sabablari quyidagilardan iborat. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasi yo’q edi. Og’izda demokratiya, oshkoralik kabi shior-lardan foydalanilganiga qaramasdan, amalda partiya, siyosiy rahbariyat eski tasavvurlar girdobida edi, rah-barlikning demokratiyaga qarama-qarshi turuvchi buy-ruqbozlik-ma'muriyatchilik usullaridan foydalanishi davom etardi.
Ikkinchidan, mamlakatdagi partokratik rahbariyat «nomenklatura»ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma'muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi. Har qanday demokratiya, oshkoralik totalitar tuzumning kushandasi ekanligini ular anglar edilar.
Uchinchidan, M.Gorbachev g’oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish murakin emasdi. Sotsializmga xos mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi.
Shunday sharoitda qayta qurish xalqni chalg’itishdan boshqa narsa emasligi ayon bo’ldi. Natijada qayta qurish xalqning tobora siyosiy faollashuvi tufayli mag’lubiyatga uchradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q. – T.: “Sharq”, 1998.
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch. – T.: “Ma'naviyat”, 2008
Karimov I.A. O’zbеkiston mustaqilikka erishish ostonasida. - T.: ''O’zbеkiston'' 2011.
Alimova D . Mustabid tuzimning O'zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari (1965-1990) – T .: «Sharq» 2000
Murtazayеva R va boshqalar. O'zbеkiston tarixi. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2003.
O’zbеkistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbеkiston sovеt mustamlakachiligi davrida. –T.: «Sharq», 2000.
R. Shamsutdinov, Sh. Karimov Vatan tarixi. (Uchinchi, Ikkinchi kitob); – T.: «Sharq», 2010. B-203
Shamsutdinov R., Mo'minov X. O'zbekiston tarixi. – T.: “Sharq” , 2011
Usmonov Q. O’zbekiston tarixi. –T.: Iqtisod - moliya, 2006.
Usmonov Q., Sodiqov M. O’zbеkiston tarixi (1917 – 1991 yillar). –T.: «Sharq», 2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |