Jarliklarni kesib o’tish joyida to’g’onlar qurish
Avtomobil yo’llari uncha katta bo’lmagan jarlarni kesib
O’tganda, bunda ko’tarmaning balandligi 10. .. 12 m dan oshmaganida, cho’l
va o’rmon-cho’l xududlarida yo’l yonida hovuzlar va suv omborlari
qurish maqsadga muvofiqdir. Yo’l yonida suv omborlari qurish
gidrologik hisoblashlar bilan asoslangan bo’lishi, bu hisoblashlar
suv omborida yoz davomida iste’mol qilish uchun bahorgi toshqin
vaqtida yetarli miqdorda suv to’plash mumkinligini isbotlashi
kerak. Suv omboriga jarlikdan oqizib kelingan jinslar va oqova
suvlar tushmasligi zarur. Yo’l yonida suv ombori qurilganida jarlikni yo’l bilan eng tor joyida, iloji boricha uning umumiy yo’nalishiga perpendikulyar
ravishda kesipggirib o’tkaziladi.Qidiruv vaqtida o’tish o’qi bo’yicha
20... 25 m oralatib 10 m chuqurlikda burg’ quduqari va sho’rflar
qaziladi, bular gruntning yuqori qatlamlarini tadqiq qilish uchun
zarurdir. Bitta-ikkita burg’quduqlari to’ldirish zonasi
chegaralarida qazilishi kerak. Suv o’tkazuvchanligi kuchli bo’lgan
lesli yoki qumli gruntlar bo’lganida suvsiz vodiylarda suv ombori
ko’rib bo’lmaydi. Suv omboridagi suvning ko’tarilish balandligi joyni suv
ombori suvining yuzasi bilan maqsadga muvofiq ravishda bostirish
nuqtai nazaridan belgilanadi. To’g’onning qirg’oqlari ulardan
0,75... 1,0 m baland turishi kerak. To’g’on tepasi kenligini yo’l
poyining kengligiga teng qilib qabul qilinadi.
To’g’onga to’kish uchun maxalliy gruntlar — chillar, qumloq va
qumloq tuproqlardan foydalanish mumkin. Yuqorigi yonbag’ir xovuz
tomonidan bir marta yoki ikki marta chaqiq tosh to’shab yoki shag’al
qatlamiga to’qilgan kataklarga solingan toshlar tashlab ekib
mustaqkamlanadi. Pastki yonbag’ir chim bostirib o’tlar ekib, kamdan kam tosh tushab maxkamlanadi.
Grunt to’kib qurilgan to’g’onning ko’ndalang profili yo’l ko’tarmasidan faqat yonbag’irlari qiyalama bo’lishi bilan farq
qiladi, ularning tikligi ko’tarmaning balandligi va grunt turiga
qarab 29.1.-jadvalda ko’rsatilgan.
To’g’on asosi orqali filtrasiya xavfi bo’lganida filtrasiyaga qarili tish qurilishi kerak, agar to’g’on qum to’kib qurilgan bo’lsa,
loydan, qumoq tuproqdan yoki chirish darajasi 50% va undan ortiq
bo’lgan torfdan ekran qurilishi zarur. Agar asosidagi gruntlarning
ustki qatlamlari suv o’tkazadigan bo’lsa, filtrasiya xavfini
bartaraf etish uchun to’g’on tanasiga filtrasiya koeffitsienti ko’pi
bilan 10,4 sm/s bo’lgan loyli gruntlardan suv o’tqazmaydigan o’zak
(yadro) yotqiziladi, u to’shama gruntga kirib turishi kerak. O’zakning
o’lchami uning chegaralarida oqim gradienti 4<Ж< 10 ni tashkil etishi
kerakligi shartiga asosan belgilanadi.
Agar to’g’on tanasida depressiya egri chizig’i pastki yonbag’irga
yoki mavsumiy muzlash zonasiga chiqsa, gruntning yuvilishining
oldini olish uchun gorizontal tosh prizma ko’rinishida bo’lgan, suvni
ushlab qoluvchi va chetlatuvchi drenaj qilinadi, u pastki
yonbag’irning etagida joylashtirilib, to’g’on tanasidan yirikligi
bora-bora kamayib boradigan filtrlovchi materialdan iborat
qatlamlar bilan ajratib quyiladi.
Toshish suvlarini tashlab yuborish uchun suvi ko’tarilgan
satxida to’g’on chetida zich gruntda (materik gruntda) toshqin
sarflarini o’tkazib yuborishga mo’ljallangan ko’prik
joylashtiriladi.
Loyixada ko’tarma-to’g’onni ko’zda tutganda, uning qurilishi
ishlarning sinchiklab bajarilishini talab etishini hisobga olish
zarur. Shunday hollar ham ma’lumki, to’g’on bir-ikki yil o’tgandan
keyin buzilgan (yemirilgan) va uni tiklab bo’lmagan. Kutarmalar
ko’rishga gidrotexniklarni jalb etish zarur. Cho’kindi gruntni jar
tubidagi zarrang gruntgacha olib tashlash kerak, jarning to’g’on bilan
tutashgan joylarida jar yonbag’irlarini pog’ona-pog’ona qilib
tozalash, to’g’on tanasida gruntni yaxshilab shibbalash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |