Qaysi sharoitlarda huquqqa qarshi xarakatlar hisblanadi


UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA



Download 19,28 Kb.
bet2/4
Sana28.09.2021
Hajmi19,28 Kb.
#187674
1   2   3   4
Bog'liq
QAYSI SHAROITLARDA HUQUQQA QARSHI XARAKATLAR HISBLANADI

UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi.

“O‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qabul qilingan Qonun bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosining kiritilishi bu huquq himoyasining real kafolati bo‘ldi.

Mazkur Qonunning to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:

1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo o‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan kiritilgan favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni muddat belgilanmagan holda jamiyatdan ajratishni nazarda tutadi.

Qonunda umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi ikkinchi qismi) va odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan terrorizm (JK 155-moddasi uchinchi qismi) sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.

2. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 50-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan yigirma yildan ortiq, biroq yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadigan uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosining bir ko‘rinishi bo‘lib, u faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish va odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan terrorizm sodir etgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.

Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi sud tomonidan ushbu jinoyatlarga nisbatan qonunda umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi istisno etilgan (masalan, tugallanmagan jinoyat uchun), shuningdek ish holatlariga ko‘ra sud aybdorga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi yoki o‘n besh yildan yigirma yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi maqsadga muvofiq emasligi haqidagi xulosaga kelgan hollarda tayinlanishi mumkin.

3. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llash masalasini hal etishda sud mazkur jazo, faqat ish bo‘yicha aybdor tomonidan g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilganligidan, shuningdek jinoyatni sodir etgan shaxs jamiyat uchun mutloq xavfli ekanligidan dalolat beruvchi va unga nisbatan boshqa jazo tayinlanishi imkoniyatini istisno etuvchi alohida holatlar bo‘lganda, tayinlanishi mumkinligini inobatga olishi kerak.

Shuning uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanayotganda sud hukmning tavsif qismida bunday qaror qabul qilinishi sabablarini ko‘rsatib o‘tishi lozim.

4. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tugallanmagan jinoyat uchun tayinlanishi mumkin emas.

Qonunga ko‘ra, umrbod ozodlikdan mahrum qilish va uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazolari ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan ham tayinlanishi mumkin emas. Bunda oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan bunday jazolar tayinlanishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi qoida birinchi instansiya sudi tomonidan aybdorning hukm chiqarish kuniga qadar, apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan holda — ish apellatsiya instansiyasida ko‘rilgan kunga qadar bo‘lgan yoshidan kelib chiqib qo‘llaniladi.

5. Jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlashda:

jinoyatlardan hech bo‘lmaganda bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 59-moddasi to‘rtinchi qismi qoidasiga muvofiq yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali tayinlanadi;



jinoyatlardan hech bo‘lmaganda bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 59-moddasi beshinchi qismi qoidasiga muvofiq jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash orqali, biroq yigirma besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.


Download 19,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish