Qaysi gapdagi barcha so’zlar imloviy jihatdan to’g’ri



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#269681
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Ona tili 1901895 6ta

G‘azapdan o‘zingni asra, chunki u tufayli inson 

ishlarini, ezgu maqsatlarini unutadi. 

A) 4ta B) 3ta C) 2ta D) 1ta 



62. "O‘tkan kunlar" romanida qipchoqlarga qarshi 

bo‘lgan qora choponlar tarafdori sifatida ko‘rsatilib 

tuhmat bilan qamalgan qahramonlar nomi qaysi javobda 

keltirilgan? 

A)Yusufbek hoji, Otabek, Hasanali 

B)Otabek, Mirzakarim qutidor, Ziyo Shohichi, Rahmat 

C)Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Hasanali 

D)Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Ziyo 

Shohichi, Rahmat 

63. Quyidagi qaysi gap(lar)da yotmoq fe’li ko‘makchi 

fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibida yetakchi fe’l bo‘lib 

kelgan? 

1. Yorug‘, keng xonadagi karavotlarning birida 

qirq yoshlar chamasidagi ayol yotardi. 

2. Atrof ko‘m-ko‘k bo‘lib, yo‘l chetida qoqigullar, 

lolalar, chuchmomalar qiyg‘os ochilib yotar edi. 

3. Bola chalqancha yota olmay qiynaldi. 

A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2 D) 3 

64. “Podsho buyurib, bir tuv biyani tulup qilib so‘yib, 

ikkovini zich qilib, xom teriga tiqib, darvozadan 

chiqarib, bir asovning dumiga taqib, bir cho‘l-jaziraga 

qaratib, ko‘p odam chuvlab hurkitib, haydab yubordi”. 

Ushbu parchada qaysi doston qahramonlarining 

jazolanishi ifoda etilgan? 

A) “Kuntug‘mish” B) “Oygul bilan Baxtiyor” 

C) “Ravshan” D) “Alpomish” 

65 Qaysi javobda Nizomiy Ganjaviyning Shoh 

Iskandar haqida yozilgan dostoni nomi berilgan? 

A) “Xiradnomayi Iskandariy” B) “Iskandarnoma”  

C) “Oyinayi Iskandariy” D) “Saddi Iskandariy” 



66. Millatlarni elatlarni deydi ijodkor buyuk do‘stlik 

birlashtiradi 

Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib 

qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib 

bilan to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 

A)  «   ─   »   , ─ .

 

B)  :   «  »   , ─. 



C)  « ,   , ─   , ─ ». 

D)  «   , ─   , ─ ». 



67. O‘smirlarimiz xalqaro turnirlarda g‘alaba 

qozonmoqdalar. O‘zbekning dovrug‘ini olamga 

yoymoqdalar. 

Ushbu gapda yoymoq so‘zi qaysi ma’noda 

qo‘llangan? 

A)Taxlangan, o‘ralgan narsalarni ochmoq. 

B)Kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketmoq. 

C)Mashhur qilmoq, ovoza qilmoq. 

D)Tevarak-atrofga anqimoq. 

68. Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir 

xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan? 

A)Do‘stimdan juda minnatdorman: undan irodali 

bo‘lishni o‘rgandim. 

B)Kitoblar – insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. 

Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin. 

C)Yigitning lablari pir-pir uchar edi, u qo‘rquvdan 

atrofga alanglar edi. 

D)Vatan sajdagoh kabi muqaddas sanaladi. Uni hamisha 

asrab-avaylaymiz. 



69. . . . XVIII asr oxiri – XIX asr 20-yillarida Qo‘qonda 

yashab ijod qilgan mashhur masalnavis adib va hassos 

shoirdir. U she’rlarida Jur’at taxallusini ham qo‘llagan. 

Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? 

A) Avaz O‘tar B) Zavqiy C) Turdi Farog‘iy D) Gulxaniy 

70. Bu asarda Turg‘un, Nurxon, Haydar soqov va Shokir 

mishiqi kabi tengdosh bolalar obrazlari orqali bola 

tabiatiga xos bo‘lgan xarakter xususiyatlari ham ochib 

berilgan. 

Ushbu parchada qaysi asar haqida fikr yuritilgan? 

A)"Bolaning ko‘ngli poshsho" hikoyasi 

B)"Fanorchi ota" hikoyasi 

C)"Uloqda" hikoyasi 

D)"Mening o‘g‘rigina bolam" hikoyasi 



71. Qaysi javobda “Qutadg‘u bilig” asari haqida to‘g‘ri 

ma’lumot berilgan? 

A)Ushbu asar ramali musaddasi mahzuf vaznida 

yozilgan. 

B)Ushbu asar nasriy didaktikaning noyob namunasi 

sanaladi. 

C)Ushbu asar doston janriga mansub bo‘lib, u masnaviy 

yo‘lida yozilgan. 

D)Ushbu asar Nosiruddun To‘qbug‘aning iltimosiga 

binoan yozilgan. 



72. Bosh gapi egasi yashiringan gap bo‘lgan to‘ldiruvchi 

ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang. 

A)Agar onang aytmasa, bu yerga qadam bosmasding. 

B)O‘zingiz nimani xohlasangiz, boshqalarga ham shuni 

ravo ko‘ring. 

C)Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. 

D)Shuni siz ham bilib qo‘yingki, onaxonning hurmatini 

joyiga qo‘yish kerak. 



73. "Mirzo Ulug‘bek" fojiasida qatnashmaydigan obraz 

berilgan javobni aniqlang. 

A) Buqalamun B) Ota Murod C) Berdiyor

 

D) Sakkokiy 



74. Navoiyning qaysi g‘azalida “ko‘hkan”, ya’ni tosh 

yo‘nuvchi timsoli orqali Farhodga ishora qilinadi? 

A)“Qilg‘il” radifli g‘azali 

B)“Kelmadi” radifli g‘azali 

C)“Bo‘l” radifli g‘azali 

D)“Yo‘q” radifli g‘azali 



75. Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan? 

A)tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq 

B)ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq 

C)do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq 

D)tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig‘iday asramoq 


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish