Qaysi gapda to’ldiruvchi ajratilgan? A men, G’ulomova Shohida, hozir 8-sinfda o’qiyman



Download 16,25 Kb.
Sana30.08.2021
Hajmi16,25 Kb.
#159693
Bog'liq
ajratilgan bo'lak test


  1. Qaysi gapda to’ldiruvchi ajratilgan? A) Men, G’ulomova Shohida, hozir 8-sinfda o’qiyman.

B) Bugundan, ya’ni 6-maydan 13-maygacha biz final musobaqalariga tayyorlanamiz.

C) Onasi ham bolasining, baxtiqaro jigargo’shasining ko’zlariga zor-u mushtoqlik olovini ko’rdi.

D) Ularni, qo’l to’pi sportchilarini boshqa ishlarga jalb qilmaslikka qaror qilindi.


  1. Qaysi gapda ajratilgan payt holi mavjud? A) Men, G’ulomova Shohida, hozir 8-sinfda o’qiyman. B) Bugundan, ya’ni 6-maydan

  2. 13-maygacha biz final musobaqalariga tayyorlanamiz. C) Onasi ham bolasining, baxtiqaro jigargo’shasining ko’zlariga zor-u mushtoqlik olovini ko’rdi. D) Ularni, qo’l to’pi sportchilarini boshqa ishlarga jalb qilmaslikka qaror qilindi.

  3. Qaysi gapda ajratilgan izohlovchi mavjud? A) Men, G’ulomova Shohida, hozir 8-sinfda o’qiyman. B) Bugundan, ya’ni 6-maydan

  4. 13-maygacha biz final musobaqalariga tayyorlanamiz. C) Onasi ham bolasining, baxtiqaro jigargo’shasining ko’zlariga zor-u mushtoqlik olovini ko’rdi. D) Ularni, qo’l to’pi sportchilarini boshqa ishlarga jalb qilmaslikka qaror qilindi.

  5. Qaratqichli aniqlovchi ajratilgan bo’lakni aniqlang. A) Men, G’ulomova Shohida, hozir 8-sinfda o’qiyman.

B) Bugundan, ya’ni 6-maydan 13-maygacha biz final musobaqalariga tayyorlanamiz. C) Onasi ham bolasining, baxtiqaro jigargo’shasining, ko’zlariga zor-u mushtoqlik olovini ko’rdi. D) Ularni, qo’l to’pi sportchilarini, boshqa ishlarga jalb qilmaslikka qaror qilindi.

  1. Qaysi gap bo’laklari o’zlari aloqada bo’lgan bo’laklarning ma’nosini izohlab, bo’rttirib, aniqlashtirib yoki ta’kidlab keladi va ular boshqa bo’laklardan maxsus to’xtam bilan ajratilib, gap urg’usini oladi?

A) ajratilgan bo’laklar B) uyushiq bo’laklar C) ikkinchi darajali bo’laklar D) murakkab bo’laklar

  1. Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga – Roziyani avvalgiday go’zal, shod ko’rish niyatiga Sattor bir lahzada yetdi.

Mazkur gapda qaysi gap bo’lagi ajratilgan? A) bu gapda ajratilgan bo’lak mavjud emas B) to’ldiruvchi uyushgan ajratilgan bo’lak mavjud

C) murakkab to’ldiruvchi ifodalangan, ajratilgan bo’lak mavjud emas D) to’ldiruvchi



  1. Sizga, o’rta bo’yli qizga, atlas juda yarashibdi. Tagiga chizilgan bo’lakka to’g’ri izoh berilgan javobni aniqlang.

A) murakkab to’ldiruvchi B) ajratilgan to’ldiruvchi C) uyushgan bo’lakning birinchi qismi D) to’ldiruvchi

  1. Ajratilgan bo’laklar haqidagi izohlarning qaysi biri xato? A)ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan bo’lakdan doimo keyin keladi B) yozuvda vergul, tire va ba’zan qavs bilan ajraladi C) ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan bo’lakdan oldin ham, keyin ham kelaveradi D) gap urg’usini oladi

  2. Ajratilgan bo’lak haqidagi qaysi izoh to’g’ri?

A) o’zi aloqada bo’lgan bo’lakning ma’nosini izohlab, bo’rttirib, aniqlashtirib yoki ta’kidlab keladi B) boshqa bo’laklardan maxsus to’xtam bilan ajratilib, gap urg’usini oladi C) bir bo’lak holida ham, birikmali bo’lak holida ham keladi D) A,B,C

  1. Ajratilgan bo’lak yozuvda qanday tinish belgilari yordamida ajratiladi? A) vergul, tire, ba’zan qavs B) vergul, tire C) vergul D)tire,qavs

  2. Qaysi gapda ajratilgan bo’lak bir bo’lak holida kelgan? A) Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo’lib qoldi.

B) Boyagi yigitning,Avazning, qo’li gul ekan. C) Biz,sizning do’stlaringiz,yo’l qo’yilgan xato halokatga olib borguncha indamay turarmidik. D) A,C

  1. Birikmali bo’lak holida ifodalangan ajratilgan bo’lakni aniqlang.

A)Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo’lib qoldi. B) Boyagi yigitning, Avazning, qo’li gul ekan.

C) Biz, sizning do’stlaringiz, yo’l qo’yilgan xato halokatga olib borguncha indamay turarmidik. D) A, C



  1. Ajratilgan payt holini aniqlang. A) Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo’lib qoldi. B) Boyagi yigitning, Avazning, qo’li gul ekan. C) Biz, sizning do’stlaringiz, yo’l qo’yilgan xato halokatga olib borguncha indamay turarmidik. D) A, C

  2. Ajratilgan izohlovchini toping. A) Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo’lib qoldi. B) Boyagi yigitning, Avazning, qo’li gul ekan. C) Biz, sizning do’stlaringiz, yo’l qo’yilgan xato halokatga olib borguncha indamay turarmidik. D) A, C

  3. Quyidagi gaplardan qay birida ajratilgan aniqlovchi mavjud? A) Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo’lib qoldi.

B) Boyagi yigitning,Avazning, qo’li gul ekan. C)Biz,sizning do’stlaringiz,yo’l qo’yilgan xato halokatga olib borguncha indamay turarmidik. D)A,C

  1. Ajratilgan to’ldiruvchini aniqlang. A) Bu xabar ko’plarni, shu jumladan, Mahkamni ham, juda quvontirdi. B) Biz mana shu xo’jalik hayotidan nafis film, ya’ni kartina yaratmoqchimiz. C) Biz, ota-o’g’il, uydan chiqib bobomning hovlisiga bordik. D) A, B

  2. Ajratilgan izohlovchini toping. A) Bu xabar ko’plarni, shu jumladan, Mahkamni ham, juda quvontirdi. B) Biz mana shu xo’jalik hayotidan nafis film, ya’ni kartina yaratmoqchimiz. C) Biz, ota-o’g’il, uydan chiqib bobomning hovlisiga bordik. D) A, B

  3. Bektemirga, sobiq cho’ponga, komandirning fikri g’oyat yoqdi. Mazkur gapda ajratilgan bo’lakni aniqlang.

A) to’ldiruvchi B) hol C) aniqlovchi D) ajratilgan bo’lak mavjud emas

  1. Qaysi gapda ajratilgan aniqlovchi mavjud? A) Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag’-dag’ titraydi. B) Bizning, o’quvchi yoshlarning, o’zimizga yarasha or-nomusimiz bor. C) Nasihatimni, otangning so’zini, esingda tut. D) A, B

  2. Ajratilgan to’ldiruvchini aniqlang. A) Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag’-dag’ titraydi. B) Bizning, o’quvchi yoshlarning, o’zimizga yarasha or-nomusimiz bor. C) Nasihatimni, otangning so’zini, esingda tut. D) A, B

  3. Ajratilgan izohlovchi qaysi gap bo’lagiga tegishli? A) aniqlovchiga B) ko’pincha egaga C) holga D) A, B, C

  4. O’g’lim, qo’zichog’im, orom olib uxlayapti, – dedi ona. Tagiga chizilgan so’z...

A) ajratilgan izohlovchi B) ajratilgan aniqlovchi C) ajratilgan hol D) ajratilgan to’ldiruvchi

  1. Qaysi gapda ajratilgan to’ldiruvchi mavjud?

A) Birozdan so’ng Hasan aka, fizika o’qituvchisi, kirib keldi. B) Cho’pon otadan bir chaqirimcha pastda, Bo’zsuvning naq bo’yida, uch-to’rt tup jiyda o’sgan. C) Bizning, o’quvchi yoshlarning, o’zimizga yarasha or-nomusimiz bor D) Xatni uning o’ziga, Muqaddasga, bering.

  1. Ajratilgan holni toping.

A) Birozdan so’ng Hasan aka, fizika o’qituvchisi, kirib keldi. B) Cho’pon otadan bir chaqirimcha pastda, Bo’zsuvning naq bo’yida, uch-to’rt tup jiyda o’sgan. C) Bizning, o’quvchi yoshlarning, o’zimizga yarasha or-nomusimiz bor D) Xatni uning o’ziga, Muqaddasga, bering.

  1. Ajratilgan izohlovchini toping. A) Birozdan so’ng Hasan aka, fizika o’qituvchisi, kirib keldi. B) Cho’pon otadan bir chaqirimcha pastda, Bo’zsuvning naq bo’yida, uch-to’rt tup jiyda o’sgan. C) Bizning, o’quvchi yoshlarning, o’zimizga yarasha or-nomusimiz bor

D) Xatni uning o’ziga, Muqaddasga, bering.

  1. Ajratilgan hollardan ajratilgan bo’lak vazifasida ko’pincha holning qaysi turi ajratiladi? A) tarz holi B) o’rin holi C) payt holi D) B,C

  2. Ajratilgan to’ldiruvchi haqidagi izohlarning qay biri to’g’ri? A) o’zidan oldin kelgan to’ldiruvchining ma’nosini izohlaydi B) o’zidan oldin kelgan to’ldiruvchiga aniqlik kiritadi C) vositali to’ldiruvchi ham, vositasiz to’ldiruvchi ham ajratilgan bo’lak sifatida qo’llanadi D) A, B, C

  3. Ajratilgan aniqlovchi haqidagi izohlarning qay biri xato? A) shaxs yoki narsaning belgisini kimga yoki nimaga qarashliligini ta’kidlab, ayirib ko’rsatish uchun qo’llanadi. B) izohlovchilar ajratiladi C) qaratqich aniqlovchi ajratiladi D) sifatlovchi aniqlovchi ajratiladi

  4. Ajratilgan izohlovchi haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) asosan, izohlanmishlardan keyin keladi va o’ziga xos ohang bilan aytiladi

B) ko’pincha egaga taalluqli bo’ladi C) A, B D) barcha izohlar noto’g’ri

  1. Ajratilgan bo’laklarning qay birida har ikki tomondan tire qo’yilishi kerak? A) Dadam shu atrofda qishloqning chiqaverishidan do’kon qidirdi. B) Orqada tikka turgan yoshgina yigit Mamadali o’zini odamlarning orasiga oldi. C) Unsin uchun bechora qiz uchun bu qanday motam! D) Bir vaqtlar siz ham Temir Akbarovich xato qilishdan qo’rqmasdik, deb dadil gapirar edingiz.

  2. Quyida tinish belgilari tushirilgan gaplardan qay birida ajratilgan to’ldiruvchi mavjud? A) Dadam shu atrofda qishloqning chiqaverishidan do’kon qidirdi. B) Orqada tikka turgan yoshgina yigit Mamadali o’zini odamlarning orasiga oldi. C) Unsin uchun bechora qiz uchun bu qanday motam! D) Bir vaqtlar siz ham Temir Akbarovich xato qilishdan qo’rqmasdik, deb dadil gapirar edingiz.

  3. Quyida tinish belgilari tushirilgan gaplardan qay birida ajratilgan hol mavjud? A) Dadam shu atrofda qishloqning chiqaverishidan do’kon qidirdi. B) Orqada tikka turgan yoshgina yigit Mamadali o’zini odamlarning orasiga oldi. C) Unsin uchun bechora qiz uchun bu qanday motam! D) Bir vaqtlar siz ham Temir Akbarovich xato qilishdan qo’rqmasdik, deb dadil gapirar edingiz.

  4. Mazkur tinish belgilari tushirilgan gaplarning qay birida ajratilgan izohlovchi mavjud? A) Dadam shu atrofda qishloqning chiqaverishidan do’kon qidirdi. B) Orqada tikka turgan yoshgina yigit Mamadali o’zini odamlarning orasiga oldi. C) Unsin uchun bechora qiz uchun bu qanday motam! D) Bir vaqtlar siz ham Temir Akbarovich xato qilishdan qo’rqmasdik, deb dadil gapirar edingiz.

  5. Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o’g’linikida bir oy turib, yana qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan ekan.

  6. Mazkur gapda qaysi gap bo’lagi ajratilgan? A) to’ldiruvchi B) hol C) aniqlovchi D) ega

  7. Axir uning, Vohidning, o’ziga yarasha obro’si, yigitlik g’ururi, izzat-nafsi bor-ku! Mazkur gapda qaysi gap bo’lagi ajratilgan?

A) to’ldiruvchi B) hol C) aniqlovchi D) ega

  1. Axir uning, Vohidning, o’ziga yarasha obro’si, yigitlik g’ururi, izzat-nafsi bor-ku! Mazkur gapda uyushgan bo’lak qaysi so’z turkumiga mansub? A) mavhum ot B) turdosh ot C) sifat D) olmosh

  2. Axir uning, Vohidning, o’ziga yarasha obro’si, yigitlik g’ururi, izzat-nafsi bor-ku! Qaysi gap bo’lagi uyushgan?

A) ega B) aniqlovchi C) kesim D) ega uyushmagan, ajratilgan

  1. Mana hozir ham Akromning yolg’iz unga, Sayyoraga tanish bo’lgan bo’lakcha bir samimiyat to’la xatini o’qirkan, ... tomog’iga bir nima kelib tiqildi. Mazkur gapda qaysi gap bo’lagi ajratilgan? A) aniqlovchi B) to’ldiruvchi C) kesim D) ega

  2. Seryoja // oddiy, navqiron, mard yigit // o’rtoqlari uchun jonini fido qildi. Mazkur gapdagi tushirilgan tinish belgisini aniqlang va ajratilgan bo’lakni toping. A) tire, tire; sifatlovchi aniqlovchi B) tire, vergul; hol C) tire, vergul; sifatlovchi aniqlovchi D) tire, tire; izohlovchi

  3. Otam – Rustam Jo’rayev – maktabda biologiyadan dars beradi. Ajratilgan bo’lak turini aniqlang.

A) ajratilgan aniqlovchi B) ajratilgan to’ldiruvchi C) ajratilgan izohlovchi D) ajratilgan kesim

  1. Endi ular faqat birgina sayilni – dushman ustidan g’alaba qilingan kun tantanasini – umid qiladilar. Ajratilgan bo’lak turini aniqlang.

A) ajratilgan aniqlovchi B) ajratilgan to’ldiruvchi C) ajratilgan izohlovchi D) ajratilgan kesim

  1. Ajratilgan bo’laklardan qay birining har ikki tomoniga tire qo’yish kerak?

A) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning ayol va erkaklarning qorasi ko’rindi. B) Ulardan biri ko’zoynakli keksa hammadan keyin qolib uzoq suhbatlashdi. C) O’zim injenerman; O’zbekistonning Sizning yurtingizning ta’rifini eshitganman. D) A, C

  1. Tinish belgilari tushirilgan gaplarning qay birida ajratilgan izohlovchi mavjud?

A) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning ayol va erkaklarning qorasi ko’rindi. B) Ulardan biri ko’zoynakli keksa hammadan keyin qolib uzoq suhbatlashdi. C) O’zim injenerman; O’zbekistonning Sizning yurtingizning ta’rifini eshitganman. D) A, C

  1. Tinish belgilari tushirilgan gaplarning qay birida ajratilgan aniqlovchi mavjud?

A) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning ayol va erkaklarning qorasi ko’rindi. B) Ulardan biri ko’zoynakli keksa hammadan keyin qolib uzoq suhbatlashdi. C) O’zim injenerman; O’zbekistonning Sizning yurtingizning ta’rifini eshitganman. D) A, C

  1. Otam Rustam Jo’rayev maktabda biologiyadan dars beradi. Ajratilgan bo’lakka doir qaysi tinish belgisi tushirilgan?

A) ajratilgan bo’lakdan oldin tire, ajratilgan bo’lakdan keyin vergul B) ajratilgan bo’lakdan oldin ham, keyin ham vergul

C) ajratilgan bo’lakdan oldin ham, keyin ham tire D) ajratilgan bo’lakdan oldin vergul



  1. Endi ular faqat birgina sayilni dushman ustidan g’alaba qilingan kun tantanasini umid qiladilar. Ajratilgan bo’lakka doir qaysi tinish belgisi tushirilgan? A) ajratilgan bo’lakdan oldin tire, ajratilgan bo’lakdan keyin vergul B) ajratilgan bo’lakdan oldin ham, keyin ham vergul

C) ajratilgan bo’lakdan oldin ham, keyin ham tire D) ajratilgan bo’lakdan oldin vergul


Download 16,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish