Windows 7 ning barcha
"qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
Sizning e’tiboringizga Windows 7 operatsion tizimida qo‘llaniladigan “qaynoq” klavishalar ro‘yxatini keltiramiz (ularning ko‘pchiligi Windows’ning boshqa versiyalarida ham ishlaydi). Albatta barcha kombinatsiyalardan foydalanish qulay deb hisoblab bo‘lmaydi, biroq ularning ba’zilari sizning ishingizni haqiqatda tezlashtirishi mumkin va ushbu oilaga mansub operatsion tizimlar va ularning komponentlaridan foydalanishdagi ma’lum bir jarayonlarni anchagina soddalashtiradi.
Windows 7 operatsion tizimidan boshlab ishlatiladigan “qaynoq” klavishalar
Windows 7 проводник oynasi, ish stoli va boshqa oynalar:
Win + Home – Barcha fondagi oynalarni ekranga chaqirish (развернуть) yoki vazifalar paneliga tushirish (свернуть)
Win + Пробел – Ushbu kombinatsiya aktiv bo‘lib turgan paytda barcha oynalarning tarkibi shaffof (прозрачный) bo‘ladi
Win + ↑ – Aktiv ochiq turgan oynani to‘liq ekranli rejimga o‘tkazadi
Win + ↓ – Aktiv oynaning o‘lchamini kichraytirish yoki vazifalar paneliga tushirish (свернуть)
Shift + Win + ↑ – Aktiv oynani ish stoli (рабочий стол) bo‘yiga mos holda kengaytiradi
Win + Tab – Oynalar o‘rtasida Flip 3D rejimida o‘tish
Win + ← – Aktiv oynani ish stolining chap tomoniga ko‘chirish
Win + → – Aktiv oynani ish stolining o‘ng tomoniga ko‘chirish
Ctrl + Shift + N – Проводник da yangi papka yaratish
Alt + ↑ – Papkalar o‘rtasida 1 pog‘ona ortga qaytish
Alt + P – Fayllarni ko‘rib chiqish panelini aktivlash
Shift + Fayl ustida o‘ng tugmani bosish – Kontekst menyusida yashirin imkoniyatlarni aktivlash (oddiy o‘ng tugmani bosishdagi kontekst menyusi bilan solishtirib ko‘ring)
Shift + Papka ustida o‘ng tugmani bosish – Kontekst menyusida qo‘shimcha punktni aktivlash
Win + P – Ikkinchi monitor yoki qurilma funksiyasini aktivlash
Win + [+ /-] – Windowsning elektron lupa funksiyasini aktivlash
Win + G – Aktiv gadjetlar o‘rtasida o‘tish
Windows 7 vazifalar paneli (панель задач):
Win + (1-9) – Muayyan bir raqam (tartib)dagi ilovani aktivlash yoki ishga tushirish
Shift + Win + (1-9) – Muayyan bir raqam (tartib)dagi ilovaning yangi nusxasini ishga tushirish
Ctrl + Win + (1-9) – Muayyan bir raqam (tartib)dagi oynalar o‘rtasida o‘tish
Alt + Win + (1-9) – Muayyan bir ilova kontekst menyusini aktivlash
Win + T – Vazifalar panelida (Панель задач)gi oynalar o‘rtasida o‘ng tomonga qarab o‘tish
Win + Shift + T – Vazifalar panelida (Панель задач)gi oynalar o‘rtasida teskari (chap) tomonga qarab o‘tish
Win + B – E’tiborni vazifalar panelidagi treyga qaratish (soatlar yonida joylashgan blok)
Ctrl + Shift + Chap tugmani bosish – Belgilangan ilovani administrator huquqi bilan ishga tushirish
Shift + O‘ng tugmani bosish – Oynaning bosh menyusini aktivlash
Windows versiyasidan qat’iy nazar ishlatiladigan “qaynoq” klavishalar
Alt + Tab – Oynalar o‘rtasida chapdan o‘ngga o‘tish
Alt + Shift + Tab – Oynalar o‘rtasida o‘ngdan chapga o‘tish
Win + E – Windowsning проводние oynasini ishga tushirish (Windows Explorer)
Win yoki Ctrl + Esc – "Пуск" menyusini ochadi
Ctrl + Shift + Esc – Windows Vazifalar dispetcheri (Диспетчер задач)ni aktivlashtiradi
Win + R – "Выполнить" oynasini ekranga chaqirish (Run)
Win + D – Barcha oynalarni vazifalar paneliga tushiradi (Свернуть все окна), takroran bosish orqali aktiv oyna ekranga qaytadi
Win + L – Kompyuterni bloklash
Win + F1 – Windows ma’lumotnoma xizmatini chaqiradi
Win + Pause – "Свойства системы" oynasini ochadi
Win + F – Windows qidiruv oynasini chaqiradi
Win + Сtrl + F – Boshqa kompyuterlarni izlash oynasini chaqiradi
PrintScreen – Ekran tarkibini butunlay rasmga (скриншот) oladi
Alt + PrintScreen – Aktiv oynani rasmga oladi
Win + Tab – Vazifalar paneli element (закладка)lari o‘rtasida to‘g‘ri tartibda o‘tish
Win + Shift + Tab – Vazifalar paneli oynalari o‘rtasida teskari tartibda o‘tish
F6 yoki Tab – Fokusni o‘zgartirish (Ish stoli – Tezkor ishga tushirish – Vazifalar paneli – Trey)
Ctrl + A – Oynaning, shu qatorda matnning butun tarkibini belgilash
Ctrl + C (Ctrl + Insert) – Belgilangan tarkibni almashinish buferi (буфер обмена)ga nusxalash
Ctrl + X (Shift + Delete) – Belgilangan tarkibni almashinish buferiga kesib olish
Ctrl + V (Shift + Insert) – Almashinish buferi tarkibidagini muayyan bir joyda qo‘llash (Вставка)
Ctrl + N – Yangi obyekt yaratish
Ctrl + S – Joriy materialni saqlash
Ctrl + O – "Открыть" dialog oynasini chaqiradi
Ctrl + P – Hujjatlarni chop etish dialog oynasini chaqiradi
Ctrl + Z – Oxirgi amalga oshirilgan harakatni ortga qaytarish (Отмена)
Shiftni ushlab turish – Optik disklar avtomatik ishga tushishi (автозапуск)ni bloklash uchun
Alt + Enter – "Пуск" menyusi, vazifalar paneli yoki belgilangan obyekt uchun Свойства’ni chaqirish
Ctrl + ← – Matnda so‘zlar o‘rtasida chapga o‘tish
Ctrl + → – Matnda so‘zlar o‘rtasida o‘ngga o‘tish
Shift + [←, →, ↑, ↓] – Kerakli matnni belgilash
Ctrl + Shift + [←, →, ↑, ↓] – Matndagi so‘zlar va satrlarni belgilash
Home – Matn satrining boshiga o‘tish
End – Matn satrining oxiriga o‘tish
Ctrl + Home – Matnli hujjatning boshiga o‘tish
Ctrl + End - Matnli hujjatning oxiriga o‘tish
Shift + F10 – Belgilangan obyekt uchun kontekst menyusini chaqirish
F2 – Obyektni qayta nomlash (переименовать) uchun qo‘llaniladi
Ctrl ni ushlagan holda obyektni biror joyga o‘tkazish – Belgilangan obyektlarni nusxalash (копирование)
Shift ni ushlagan holda obyektni biror joyga o‘tkazish – Belgilangan obyektlarni to‘liq ko‘chirish (перемещение)
Ctrl + Shift’ni birga yoki Alt’ni ushlagan holda biror joyga o‘tkazish – Belgilangan obyektlar yorliqlari (ярлыки)ni yaratish
Ctrl + Chap tugmani bosish – Kerakli obyektlarni ixtiyoriy tartibda ajratish
Shift + Chap tugmani bosish – Belgilanganlar o‘rtasidagi barcha obyektlarni ajratish
Delete – Belgilangan obyektlarni Корзина’ga o‘chirish
Shift + Delete – Belgilangan obyektlarni Корзина’ga yubormasdan o‘chirish
F3 yoki Ctrl + F – Проводник oynasidagi qidiruv panelini ko‘rsatish yoki berkitish
* (Numpad) – Проводник papkalar daraxtida barcha papka ostidagi papkalar (подпапки)ni ko‘rsatish
F5 – Oyna tarkibini yangilaydi (Проводник, Brauzerlar, Ilovalar)
Backspace – Проводник va boshqa dasturlarda bitta oldingi bosqichga qaytish
F4 – Проводник manzil satriga o‘tish
Alt + Esc – Aktiv oynalar o‘rtasida ishga tushganlik tartibi bo‘yicha to‘g‘ri o‘tish
Alt + Shift + Esc – Aktiv oynalar o‘rtasida teskari tartibda o‘tish
Alt + F6 – Bir ilova oynalari o‘rtasida o‘tish
Alt + F4 – Aktiv ilova (Oyna)ni yopish, yoki Windows’ning ishini yakunlash (Завершение работы)
Ctrl + F4 – Dastur aktiv oynasining ishini yakunlash
Alt – Aktiv oyna yoki ba’zi ilovalar uchun menyuni aktivlashtirish
Esc – Dialog oynalarini yopish yoki menyudan chiqish
Alt + Harf – Menyuning muayyan punktini chariqish
Harf ustiga bosish – Проводник’da ushbu harf ostidagi birinchi elementga tezkor o‘tish
Alt + Space – Aktiv oynaning tizimli menyusini ko‘rsatadi
Ctrl + ↑ – Matnni yuqoriga qarab прокрутка qilish
Ctrl + ↓ – Matnni pastga qarab прокрутка qilish
Ctrl + Tab – Aktiv oynaning bo‘lim (вкладка)lari o‘rtasida chapdan o‘ngga qarab o‘tish
Ctrl + Shift + Tab - Aktiv oynaning bo‘lim (вкладка)lari o‘rtasida o‘ngdan chapga qarab o‘tish
Tab – Dialog oynasi element (опция)lari o‘rtasida to‘g‘ri o‘tish
Shift + Tab - Dialog oynasi element (опция)lari o‘rtasida teskari o‘tish
Keyingi maqolalarimizda Windows 8, 8.1 va 10 operatsion tizimlari uchun ham ushbu kombinatsiyalarni yoritib boramiz.
Windows 10'dagi “Калькулятор” dasturi uchun foydali klavishlar birikmalari 🧮⌨️
O‘ylaymizki, tizimning standart dasturlari orasidagi eng mashhur “Калькулятор” dasturidan hamma foydalangan bo‘lsa kerak. Bir qarashda soddadek tuyulishi mumkin bo‘lgan ushbu dasturni ham boshqarish va unda hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun bir talay klavishlar birikmasidan foydalanish mumkin ekan.
📋 Ushbu postimizda Sizning e’tiboringizga ushbu dastur bilan bog‘liq foydali klavishlar birikmalaridan iborat ro‘yxatni ulashishga qaror qildik.
⚡️Umumiy klavishlar birikmalari:
ALT + 1 – “Обычный” rejimiga o‘tish;
ALT + 2 – “Инженерный” rejimiga o‘tish;
ALT + 3 – “Построение графиков” rejimiga o‘tish;
ALT + 4 – “Программист” rejimiga o‘tish;
ALT + 5, CTRL + E – “Вычисление даты” rejimiga o‘tish;
CTRL + M – Xotirada saqlash;
CTRL + P – Xotiraga qo‘shish;
CTRL + Q – Xotiradan ayirish;
CTRL + R – Xotiradan chaqirish;
CTRL + L – Xotirani tozalash;
F9 – ±'ni tanlash;
R – 1/x'ni tanlash;
@ – kvadrat ildizni hisoblash;
DELETE – CE'ni tanlash;
CTRL + H – Hisoblashlar tarixiga saqlashni faollashtirish yoki o‘chirish;
↑ – Hisoblashlar tarixi ro‘yxatida yuqoriga o‘tish;
↓ – Hisoblashlar tarixi ro‘yxatida pastga o‘tish;
CTRL + SHIFT + D – Hisoblashlar tarixini tozalash.
⚡️“Инженерный” rejimida:
F3 – DEG'ni tanlash;
F4 – RAD'ni tanlash;
F5 – GRAD'ni tanlash;
CTRL + G – 10x'ni tanlash;
CTRL + O – cosh'ni tanlash;
CTRL + S – sinh'ni tanlash;
CTRL + T – tanh'ni tanlash;
SHIFT + S – sin'ni tanlash;
SHIFT + O – cos'ni tanlash;
SHIFT + T – tan'ni tanlash;
CTRL + Y – y√x parametrini tanlash;
D – Mod'ni tanlash;
L – log'ni tanlash;
M – dms'ni tanlash;
N – ln'ni tanlash;
CTRL + N – ex'ni tanlash;
O – cos'ni tanlash;
P – Pi'ni tanlash;
Q – x2'ni tanlash;
S – sin'ni tanlash;
T – tan'ni tanlash;
V – F-E'ni tanlash;
X – Exp'ni tanlash;
Y, ^ – xy'ni tanlash;
# – x3'ni tanlash;
; – Int'ni tanlash;
! – n!'ni tanlash.
⚡️“Программист” rejimida:
F2 – "DWORD" parametrini tanlash;
F3 – "WORD" parametrini tanlash;
F4 – "BYTE"ni tanlash;
F5 – "HEX"ni tanlash;
F6 – "DEC"ni tanlash;
F7 – "OCT"ni tanlash;
F8 – "BIN"ni tanlash;
F12 – "QWORD" parametrini tanlash;
A-F – A, B, C, D, E, F variantlaridan birini tanlash;
J – "RoL"ni tanlash;
K – "RoR"ni tanlash;
< – "Lsh"ni tanlash;
> – "Rsh"ni tanlash;
% – "Mod"ni tanlash;
| – "Or"ni tanlash;
^ – "Xor"ni tanlash;
~ – "Not"ni tanlash;
& – "And"ni tanlash;
Probel – Bit qiymatlarini o‘tkazish/o‘zgartirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |