Qattiq qotishmalar
Qattiq qotishmalar
— yuqori (1000° dan yuqori) tragacha qizdirilganda oʻz qattiqligi,
mustahkamligi, kesish va boshqalar xossalarini saqlab qoladigan materiallar. Nihoyatda qattiq,
issiqbardosh, otashbardosh, yeyilishga chidamli xillarga boʻlinadi. Qattiq qotishmalarning
metallokeramik, mineralokeramik va quyma guruhlari bor.
Metallokeramik Qattiq qotishmalar, asosan, bir yoki bir necha karbiddan — volfram, titan, tantal
karbidlari va boshqalardan iborat; bogʻlovchi komponent sifatida, odatda, kobaltdan,
kamdankam hollarda nikel, uning molibden, poʻlat bilan qotishmasidan foydalaniladi.
Metallokeramik Qattiq qotishmalar presslab va qizdirib qovushtirib, turli shaklli va har xil
oʻlchamli plastinkalar tarzida tayyorlanadi. Ulardan metall va qotishmalarni kesib ishlash, bosim
bilan ishlash (sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalar), burgʻilash ishlari va
boshqalarda foydalaniladi.
Mineralokeramik Qattiq qotishmalar alyuminiy oksidli minerallarni presslash va. chamasi 1750°,
trada qovushtirish yoʻli bilan tayyorlanadi va turli oʻlcham hamda shakldagi plastinalar tarzida
boʻladi. Mineralokeramik Qattiq qotishmalarning qattiqligi Rokvell boʻyicha 93 ga yetadi (qarang
Rokvell usuli
), 1200° gacha qizdirilganda ham mexanik xossalarini yoʻqotmaydi; kesuvchi
asboblar tayyorlashda ishlatiladi.
Quyma Q.Q., asosan, xrom, nikel, uglerod, volfram, temir va boshqalar elementlarni qoʻshib
suyuqlantirish yoʻli bilan olinadi. Quyma Qattiq qotishmalarning sellit (VK2, VKZ), sormayt №1,
sormayt №2 va boshqalar markazlari mavjud boʻlib, ular detal va asboblarning yeyilgan
yuzalariga suyuqlantirib qoplash uchun ishlatiladi. Quyma Qattiq qotishmalar suyuqlantirib
qoplangan yuzaning yeyilishga chidamliligi 2—4 baravar ortadi, qattiqligi esa Rokvell boʻyicha
40—50 birlikka yetadi.
Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qatti
q_qotishmalar&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Qattiq_qotishmalar&oldid=28
54964
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |