Metallar (o’tkazgichlar). Metallarda valent zonadagi energetik sathlarning bir qismigina elektronlar tomonidan ishg’ol etilgan bo’ladi. Yuqori sathlarda turgan elektronlarga ularni yana ham yuqoriroq sathlarga o’tkazish uchun uncha katta bo’lmagan (10-23-10-22eV) energiya berish yetarlidir.Metallarning solishtirma elektr qarshiligi =10-610-5 om∙m
Yarimo’tkazgichlar. Yarimo’tkazgichlarda valent zonadagi barcha energetik sathlarni elektronlar egallagan bo’ladi. Taqiqlangan zonaning energetik kengligi W uncha katta bo’lmay (W3 eV) kristall haroratiy yetarlicha yuqori bo’lganda (masalan uy haroratida) issiqlik harakati energiyasi tufayli valent zonadagi elektronlarning bir qismi bo’sh zonadagi energetik sathlarga ko’tarilishga qodir bo’ladi. Yarim o’tkazgichlarning solishtirma elektr arshiligi =10-510-8 omm