Qatnashuvchilar: Maryam ona 60-65 yosh



Download 25,83 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi25,83 Kb.
#742580
Bog'liq
Ona-nortoy khalimov


Ona
Qatnashuvchilar:
Maryam ona – 60-65 yosh;
Asadbek – 18-20 yosh;
Asadbekning do’stlari – 18-25 yosh;
Odil aka – 28-30 yosh;

(Tushlik vaqti. Asadbek o’qishga kirgan kirmaganligini bilish uchun ketgan)


Maryam ona: Ish qilib o’g’lim o’qishga kirgan bo’lsinda. Bola tushmagur shuncha tayyorgarlik ko’rdi. Tinmay uqidi. Yo’q u aniq kirgan men bilaman. Ko’nglim sezyapti. Hozir “Ona…Onajon…! Suyunchi bering, suyunchi bering” deb kirib keladi. Ha aniq shunaqa buladi. Men unga ishonaman. Nega kelmayapti ekan. Buncha hayilladi. Yo’lda u bu narsa bubtimikan-a? E, o’zimga o’zim buncha vahima qilaman. Kap-katta bola bo’lsa. Ha mayli kelsinchi.

(Asadbek mayus kirib kelib, sumkasini yerga tashladi. Va onasini sekin chaqiradi)

Asadbek: Ona. Ona.
Maryam ona: Ha bolam hozir, chiqyapman. Keldingmi. Buncha hayallap ketting.
Asadbek: Assalomu alaykum.
Maryam ona: Ha bolam tinchlikmi. Nma bo’ldi.
Asadbek: O’qishga kiribman. Tabriklang…!
Maryam ona: Jonim bolam o’zimni… (Yig’lab) Men ishongandim…
Bitta-yu bitta umidim sensan. Ko’ryapsan, senga ota o’rnida ota,ona o’rnida ona bo’lyapman. Akalaringdan ham najot bo’lsaydi. Mana qara otang bizni mana shu kichkina hovliga yolg’iz tashlab, o’zi chin hayotga tashlab ketdi. Meni seni akalaringni o’ylamay yiroqlarga, juda juda uzoqlarga ketdi. Akalaringni ko’ryapsan, onam bor meni deb ham bir kelgisi kelmaydi. Shu moskovga ketishni kim o’ylab topgan ekan-a. shu moskov meni bolalarimdan ayirdi. Jigarlarimdan ayirdi. Mana 7 yil bo’ldi na xat bor, na daragi bor. Xolati ne kechyapti. Farzandlarimni oxirgi so’zlari hali ham qulog’imda jaranglab turibdi. “Onajon havotir olmang, 3 4 yilda qaytamiz…” deb hali ham kelishgani yo’q. men ularni qanchalik kutishimni, qanchalik hidlarini sog’inganimni darvoza ostonasi biladi holos. Eh bolam. Meni yagona umidim sendan. Otangni ruhini shod qilishing kerak. Meni ham yoshim bir joyga borib qoldi. Endi sen ham yosh emassan. Ertaga Alloh meni jonimni olsa, sen mensiz ham yashashni o’rganishing kerak. Ha mayli bolam, o’ylama. Bor kiyimlaringni almashtir senga yoqadigan ovqat qilib qo’yganman. Hozir suzib kiraman. Bor boraqol.

(Oradan kunlar o’tdi. Erta tong. Asadbek o’qishga ketyapti. Maryam ona uni kuzatmoqda)

Asadbek: (Ko’chadan signal ovozi) Ha hozir, hozir chiqyapman. Ona men ketyapman.
Maryam ona: Hamma narsalaringni oldingmi. Esdan chiqarmadingmi hech narsani. Mana buni olvol. ( Bankada yopilgan nimadir)
Asadbek: E, ona buni nima qilaman. Sumkam shundog’am og’ir. Maryam ona: O’zim yopganman. Magazinnikidan yaxshida. Yana u yerga borib magazinni har xil narsalaridan yeb o’tirmagin. Bilasan-ku sotuvchilarni qaygo’rdagi narsalarni sotishadi. Menga aytsang, o’zim yuboraman. Yana u yerga borib, chiroyli qizlarni ko’rib sevib qomagin tag’in. Biror yarimtasini ilashtirib olma yana, meni ko’nglimni hijil qilib, tushundingmi. Yomon bolalarga qo’shilmagin. O’zingga o’xshagan o’rtoqlardan top. Hamma bilan jo’ra bo’lib ketaverma. Yaxshi bor, yomon bor. Bilib do’st bo’lgin. Ichmagin, chakmagin. Bilasana yuragim og’ir bunaqa narsalani ko’tarolmayman. Yaxshi o’qigin. Hamma umidim sendan bolam…!
Asadbek: E, ona yig’lamang. Mendan havotir olmang. Menam yosh bolamasman. O’zimni tuta olaman. Bilaman uzoq, begona shahar, ko’nikib ketaman. Siz hech havotir olmang. Ko’nglizni to’q qiling. Har kuni telefon qib turaman. (signal ovozi) Hozir, hozir chiqyapman. Mayli onajon men ketdim. Sizni yaxshi ko’raman.
Maryam ona: mayli bolam. To’xta, biroz shoshmay tur.

( Asadbek narsalarini ko’tarib, mashinaga yuklaydi. Maryam ona ichkaridan qo’lida do’ppi olib chiqadi)


Asadbek: Ona. Nima qilyapsiz men shoshyapman.
Maryam ona: Mana, mana boldim. Mana bu otangni do’ppisi. Kiyib olgin. Yechmagin. Otangni arvohi seni qo’llaydi. Mayli bolam yaxshi bor.
Asadbek: Mayli ona xayr. Men kettim. Yaxshi qoling.
Maryam ona: Oq yo’l. Yetib olganingdan keyin telefon qilgin…

(Institutda. Dars boshlanmoqda. 3 4 ta bola. Asadbek hayron bo’lib sahnaga chiqadi. Bolalarning oldiga borib, ular bilan tanishadi va darsga kirishadi)

Asadbek: Alo, ona Assalomu alaykum. Men keldim, institutdaman.
Maryam ona: (telefondan) Vaalaykum assalom. Yaxshi yetib oldingmi bolam.
Asadbek: Ha, ona keldim.
Maryam ona: Qiynalmadingmi, bolam.
Asadbek: Yo’q ona qiynalmadim. Ona o’zim sizga bemalol bo’lib telefon qilaman. Hozir dars boshlanishi kerak. Kursdoshlarim bilan ham tanishib olay, ona.
Maryam ona. Mayli bolam yaxshi o’qigin.
Asadbek: Hop ona xayr.

( chekkada turgan bolalarni yoniga boradi)

AsadbekQalaysizlar, yaxshimisizlar. 101- guruh qaysi xonada bilmaysizlarmi.
Sardor: Yaxshimisz, siz ham 101- guruhdanmi. Kursdosh ekanmizku. Meni ismim Sardor.
Avaz: Meni ismim Avaz.
Shahzod: Shahzod
Asadbek: Meni ismim Asadbek.
Sardor. Hozir dars boshlanadi. Keyin bemalol tanishib olamiz.
Hamma: Ha ketdik unda. Ketdik…

(Maryam ona sahnaga chiqadi.)

Maryam ona: (Xursand) Ha, mening bolam hali olim bo’ladi. Men unga ishonaman. Kechagina yosh bola edi. Birpasda kap-katta bola bo’lib qoldi. Ey, Xudo yetkazganingga shukur. Shu kunlarni ko’rish mening ham taqdirimda yozilgan ekan-a.

(sahnada 4 5 talabalar va Asadbekning do’stlari ko’rinadi.)

Avaz: E, darslar ham jonga tegdi. Uhlab qolay deyapman.
Shahzod: ha to’g’ri.
Avaz: Sardor chekishdan olchi.
Sardor: Mana ol.
Shahzod: ey shu Asadbekka qoyilmanda ichmaydi, chakmaydi, faqat o’qiydi.
Sardor: Asadbek ham chekadi.
Shahzod: U chekmaydi. Majbur qilolmisan.
Sardor: Men majbur qilaman. Ko’rasanda.

(sahnada Asadbek ko’rinadi)

Asadbek: (Sahna ortidan gapiradi) Hop bo’ladi domla, raxmat.
Ha bolalar qalaysizlar.
Sardor: Asadbek o’qib-o’qib charchamadingmi. Qanday tushunasan shu darslarni. Mani uyqim kelib qoladi shu darslarga. Yo’q o’zi tarix fani arxitektorlarga nimaga kerak, umuman keraksz fan.
Avaz: Masalan menga umuman kerakmas. Kelajakda umuman foydalanmayman.
Asadbek: Nimaga keraksiz fan. Tarix fani kerak. Axir o’zlaringizni tarixinglarni bilmasangiz chet elga borganda, tarixlaringizni so’rashsa nima deb javob berasizlar. Ota-bobongiz kim, ajdodlaringizni aytib o’ting deyishsa, nima deysizlar…?
Sardor: Ha hop bo’ldi qil aqlli. Aqillilikni darsda qilasan. Yaxshisi mana bundan tortib ko’r. bilaman sen ham charchagansan.
Asadbek: Yo’q, men bunaqa narsalardan yiroqman.
Avaz: onasi qo’ymaydi, Sardor.
Sardor: Iye hali yosh bolaman degin. Onangni erkatoyimisan.
Asadbek: Ey, og’zingga qarab gapir. Kursdoshimsan haddingdan oshma.
Sardor: Nima qilasan haddimdan oshsam.

(Asadbek Sardorni uradi. Sardor yerga egilib qoladi. Avaz va Shahzod ularni ajratadi. Asadbek saxnani tark etadi.)

(kvartira. Sahnada stol, 4 ta stul, stol ustida alla-nimalar. Sahnada Asadbek paydo bo’ladi. Asadbekdan so’ng Sardor va Avaz ko’rinadi.)

Sardor: Asadbek uzr, boyagi gaplarimni ko’nglingga olma. Shunchaki tilimdan chiqib ketdi-da. Bilasan-ku darsdan asabim buzilib chiqdim. Yur, bugun bir ko’ngil yozamiz. Har kuni dars qilasan. Sen ham charchagansan.


Asadbek: Yo’q. Bugun darslarim ko’proq. Ertaga fizikadan tayyorlanishim kerak.
Sardor: Hop degin. Sen ham bir kun dam ol. Boshqa safar yur demayman. Yarashganimiz xurmati yur. Hech bizga qo’shilmaysan. Erta-yu kech dars qilasan. Bir sen ham g’uborlardan chiqqinda axir. Maza qilib qaytamiz. Boshqa payt yur demayman.
Avaz: Hop noz qimagin. Yur boshqa payt bormaysan.
Asadbek: Hop mayli bir marta faqat.

(Sahnani tark etadilar. Stol ustida ikkita shishi idish, stakanlar. Sahnada 2 ta raqqosa. Asadbekka aroq ichiradilar. Asadbek mast bo’lib, qizlar bilan qoladi va sahnani tark etadi. Sahnada ona ko’rinadi. Asadbekga telefon qiladi. Asadbek qo’ng’iroqlarga javob bermaydi. Kunlar shu tariqa o’tadi.)
Download 25,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish