A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti yo’nalishi 3-bosqich 820-19, 821-19,822-19-guruh talabalariga Umumiy psixologiya fanidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusi bo’yicha o’tkazilgan ochiq dars
B A YO N N O M A S I
Jizzax shahri 04.12.2021 y.
Qatnashdilar: Qatnashdilar: Umumiy psixologiya kafedrasi a’zolari N.Po’latova, N. Jumanova, Sh. ShakarboyevM.Qodirova, J.Majidov,N.Toshpo’latova. K U N T A R T I B I: 1. Umumiy psixologiya kafedrasi o’qituvchisi D.Qarshiboyavaning 2021 yil 4- dekabr Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti yo’nalishi 3-bosqich 820-19, 821-19,822-19-guruh talabalariga Umumiy psixologiya fanidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusi bo’yicha o’tkazilgan ochiq dars muhokamasi.
Eshitildi: Umumiy psixologiya kafedrasi mudiri Sh.Kamolova so’zga chiqib, Umumiy psixologiya kafedrasi o’qituvchisi D.Qarshiboyavaning 2021 yil 04- dekabr kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti yo’nalishi 3-bosqich 820-19, 821-19,822-19-guruh talabalariga Umumiy psixologiya fanidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusi bo’yicha o’tkazilgan ochiq dars mavzusi bo’yicha ochiq darsi o’rganildi va bu darsda o’z oldiga qo’yilgan maqsadga imkon qadar erishganligini aytib o’tdi.
Eshitildi: Kafedra o’qituvchisi Sh. Shakarboyeva o’z so’zida mavzuning dolzarbligini, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni muxum jihatlarini takidlab o’tdi
Hozirgi kunda yoshlar uchun muxum bo’lgan hayotiy tajribalar namuna sifatida ko’rsatib o’tildi.
Bundan tashqari o’qituvchining darsni innovatsion texnologiyalardan foydalana olish qobiliyati to’g’risida ham to’xtalib o’tdi.
Eshitildi: Ushbu masala yuzasidan Umumiy psixologiya kafedrasi o`qituvchisi Jumanova Nasiva so’zga chiqib, darsga yaxshi tayyorgarlik ko’rganligi, talabga javob berishini, axborot ko’lamini ko’p qirraliligi, darsga ijodiy yondoshishni, mavzuning maqsadi va vazifalarini tinglovchilar ongiga izchillik bilan uzviy bog’liqlikda bayon qilganini ta’kidlab o’tdi. Bundan tashqari o’qituvchi . darsni uslubiy-texnik jihatdan yaxshi tashkillashtirgan va darsda barcha tinglovchilarni mashg’ulotga jalb qila oldi.
Eshitildi:Umumiy psixologiya kafedrasi o`qituvchisi D.Qarshiboyavaning ochiq darsidagi talabalarga oilada yoshlarni oilaviy hayotga psiologik tayyorgarligini testlar, ijtimoiy so’rovnomalar ham muhim ahamyat kasb etishini takidlab o’tdi. maktabga bolalarning psixologi tayyorgarligi psixologik xususiyatlari haqida to’liq gapirib o’tdi. Dars talabalarda katta ta’assurot qoldirdi. Talabalar mavzu asosida kerakli ma’lumotga ega bolishganini aytib o’tdi.
Eshitildi:Kafedra o’qituvchisi J.Majidov so’zga chiqib, mavzuning dolzarbligi haqida gapirib o’tdi. Mashg’ulot rejasidagi masalalar tinglovchilar bilan birgalikda muhokama etildi va barcha savollarga javob berildi.
Qisqacha muhokamadan so’ng yig’ilish quyidagicha.
QAROR QILADI
1. Kafedra o’qituvchisi D.Qarshiboyavaning 2021 yil 04- dekabr kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti yo’nalishi 3-bosqich 820-19, 821-19,822-19-guruh talabalariga Umumiy psixologiya fanidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusi bo’yicha o’tkazilgan ochiq dars mashg’uloti yaxshi o’tildi deb topilsin.
2. Yuqorida keltirilgan fikrlar inobatga olingan holda darsni yanada samarali tashkillashtirish va olib borish chora tadbirlari ko’rilsin.
Yig’ilish raisi: Sh.Kamolova Kotibi: To’rayeva Sh