Qashqadaryo viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi Kitob tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi



Download 30,53 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi30,53 Kb.
#18825
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi

Qashqadaryo viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi

Kitob tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini

metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi

Kitob davlat 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining

I toifali tarix fani o‘qituvchisi Saidova Gulnora Sobirjonovnaning

8-sinflar uchun O’zbekiston tarixi fanidan “Zahiriddin Muhammad Bobur” mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi

DARS ISHLANMASI

Manzil:

Kitob davlat 1-ixtisoslashtirilgan maktab-nternati

Ishtirokchi:

Saidova Gulnora Sobirjonovna

Lavozimi:

1-toifali tarix o‘qituvchi

Fan nomi:

O’zbekiston tarixi

Sinf:

8-sinf

Dars ishlanma nomi:

Zahiriddin Muhammad Bobur

O‘quvchi soni:

28-30

Pochta manzili:





2015-2016 o`quv yili

Dars ishlanmasi uchun annotatsiya
“Zahiriddin Muhammad Bobur” mavzuidagi mazkur dars xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya shaklida o‘tkaziladi va o‘quvchilar Bobur hayoti va ijodini ilmiy va badiiy tadqiq etgan olimlar, yozuvchilar, tadqiqotchilar va muxbir siymosida darsda ishtirok etadilar.

O‘qituvchi darsni qiziqarli, manbalarga boy tarzda o‘tishga alohida e'tibor beradi. Bo‘rivoy Axmedov, Lyusin Kern, Pokiza Sultonxonim tomonidan turli mavzularda o‘qilgan ma'ruzalar bir-birini to‘ldiradi va Bobur shaxsini to‘laqonli ochib berishga xizmat qiladi. Bundan tashqari savollar va ularga berilgan javoblar ham Bobur siymosini yoritishga yordam beradi.

Darsda o‘quvchilardan biri kitoblik tadqiqotchi-tarixchi Ahad Berdiev siymosida namoyon bo‘ladi. Bu orqali hali ko‘pchilik uchun ma'lum bo‘lmagan yurtmizda Bobur avlodlari bor-yo‘qligiga urg‘u beriladi va kutilmagan qiziqarli taxmin ilgari suriladi.

Darsda sinfdagi 28-30 nafar o‘quvchi ham ishtirok etadi. Ular Bobur g‘azallari va ruboiylarini ifodali o‘qish bilan birga uning hayotiga oid muhim voqyealardan birini sahna ko‘rinishi orqali jonlantiradilar.

Ilmiy-amaliy konferensiyani o‘qituvchining o‘zi boshqarib boradi.

Darsning texnologik xaritasi


Mavzu:

Zahiriddin Muhammad Bobur

Maqsad:

Ta'limiy maqsad: Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, faoliyati hozirgi kunda Bobur hayotini o‘rganish maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida o‘quvchilarga ma'lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: Boburning bosib o‘tgan hayot yo‘lidan xulosa qilib o‘quvchilarni vatanparvarlik va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, ular ongida milliy g‘urur tuyg‘usini oshirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni ilmiy-nazariy bilimlarni mustaqil egallashga, bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirishga va shu asosda ilmiy dunyoqarashlarini tarkib toptirishga, erkin fikr yuritishga o‘rgatish.

O‘quv jarayonining mazmuni:

Zahriddin Muhammad Bobur va u yashagan davr, uning faoliyati, asarlari. Jahon tarixida tutgan o‘rni, mustaqillik yillarida Bobur xotirasini ulug‘lash borasida yurtimizda amalga oshirilgan ishlar, yozuvchi, olim va muxbirlar o‘rtasidagi ma'ruza va savol javoblar orqali yoritiladi.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Noan'anaviy konferensiya darsi.

Shakl: Ma'ruzalar va savol-javoblar.

Vosita: 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligi, badiiy va ilmiy adabiyotlar.

Baholash: Darsda ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.



Kutilayotgan natijalar:

O‘qituvchi: Mavzuni o‘quvchilarga to‘laqonli tushuntirishga erishadi. O‘quvchilar faolligini oshiradi. O‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.

O‘quvchi: Bobur haqida yangi bilimlarni egallaydi. Qo‘shimcha manbalar bilan tanishib, ular bilan ishlashga o‘rganadi, nutqi rivojlanadi.



Kelgusi rejalar:

O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni darsda qo‘llash, o‘z tajribasini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash. Darsda qo‘shimcha manbalardan keng foydalanish.

O‘quvchi: darslik va qo‘shimcha manbalar bilan mustaqil ishlaydi. O‘z fikrini mustaqil bayon eta oladi. O‘tilgan mavzu bo‘yicha qo‘shimcha manbalar bilan ishlashni o‘rganadi.




DARSNING REJASI


1

Tashkiliy qism

2

2

Darsning kirish qismi

3

3

Ma'ruzalar

10

4

Savol-javob

15

5

O‘quvchilar dasturi

10

6

Darsning xulosasi va baholash

3

7

Uyga vazifa

2


1. Darsning tashkiliy qismi:

Salomlashish

Davomatni aniqlash

Sinf xonasi va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.

2. Darsning borishi

Konferensiya darsida o‘quvchilar bir dars oldin yozuvchilar, olimlar, muxbirlar, o‘quvchilar rolini o‘ynaydigan guruhlarga bo‘linadi.

Konferensiya darsining borish tartibi o‘qituvchi tomonidan tushuntirib o‘tiladi.

Darsda o’qituvchi konferensiyani boshlovchisi sifatida ishtirok etadi.


Muallim so‘zi:

Aziz o‘quvchilar!

Tarix darsida bugun “Zahiriddin Muhammad Bobur” mavzuiga to‘xtalamiz. Bobur shaxsining dunyoviy ahamiyatini hisobga olib, bugungi dars noan'anaviy, ya'ni konferensiya tarzida o‘tadi. Dars davomida siz Bobur haqidagi bilimlaringizni boyitish bilan birga yangi ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.(1,2 slayd)

Boshlovchi: Muhtaram xonimlar va janoblar!

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 633 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “ Zahiriddin Muhammad Bobur” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyamizga xush kelibsiz!

Bugungi konferensiyada o‘zbekistonlik taniqli tarixchi olim Bo‘rivoy Axmedov, fransuz olimi Lusien Keren, hindistonlik boburshunos olima Pokiza Sultonbegim, Boburning hozirgi kundagi avlodlaridan biri Laylo Ummaxonim, sevimli yozuvchilarimiz Pirimqul Qodirov, Xayriddin Sultonov, kitoblik tarixchi Ahad Berdiev hamda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf o‘quvchilari qatnashyaptilar.

Kun tartibidagi 1-masala bo‘yicha ma'ruzalarni eshitamiz.



a) Bo‘rivoy Axmedov: “Zahiriddin Muhammad Bobur”.(3,4 SLAYD)

b) Lyusin Kern: “ Bobur va Hindistoni”.

v) Pokiza Sultonxonim: “Boburiylar davrida Hindiston madaniyati”.

(5 slayd)

Boshlovchi: Muhtaram qatnashuvchilar!

Asosiy ma'ruzalar tugadi. Endi savol-javoblarga o‘tsak bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tganimdek, konferensiyamizda muhtaram yozuvchilarimiz va boshqa boburshunoslar ishtirok etishyapti. Marhamat, savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin.



Muxbir: Yoshlar radiokanali muhbiriman. Mening savolim tarixchi Bo‘rivoy Axmedovga. Bobur Mirzo Amir Temur avlodiga mansub bo‘lsa-da manbalarda Bobur Hindistonda barpo etgan davlat “Buyuk Mug‘ullar imperiyasi” deb atalgan. Nega?

B.Axmedov: Ayrim manbalarda aytilishicha, XV asrda shimoldan kelgan barcha istilochilarni hindlar “mugxal” deb atashgan. yevropaliklarning buzib talaffuz etishlari natijasida Boburiylar davlati “Buyuk mug‘ullar imperiyasi”, deb noto‘g‘ri nom olgan. Boshqa manbada esa yevropaliklar Boburni mug‘ullar avlodidan, deb o‘ylagani uchun ularning davlatini “Buyuk mug‘ullar imperiyasi”, deb atagan deyilgan.

Muxbir: O‘zbekiston televideniesi muxbiriman. Hurmatli Xayriddin Sultonov, siz Biobur yurgan yo‘llar bo‘ylab tashkil etilgan ekspeditsiyada ishtirok etgansiz. Aytingchi, bu ekspeditsiya sizga nima berdi?

X.Sultonov: Rahmat. Men bir guruh Bobur hayoti bilan qiziquvchi olimlar bilan Boburning 510 yilligi yubileyi arafasida Bobur yurgan yo‘llar bo‘ylab ekspeditsiyaga chiqdim. 1996 yil 22 iyuldan 3 sentyabrgacha Turkmaniston orqali Eronga, so‘ng Turkiya orqali Suriya, Iordaniya Hoshimiylar Qirolligiga, Arabiston orqali 20 ming km masofani “Toyota”da bosib o‘tdik. Afg‘oniston, Eron, Pokiston va Hindiston hududlaridagi Bobur Mirzo va Boburiylar barpo etgan obidalar ziyorat qilindi, o‘rganildi. Safardan olgan taassurotlarimni “Boburiynoma” deb nomlangan kitobimda mujassam etdim.(6,7,8,9 slaydlar)

Muxbir: Mening savolim kitoblik tarixchi Ahad Berdievga. Hurmatli Ahad Berdiev, siz “Avlodlar ko‘prigi” kitobingizda Boburning Turonzamindagi avlodlari haqida yozgansiz. Aytingchi, siz bunda nimaga asoslangansiz.

Ahad Berdiyev: Men bobom va bobokalonlarim xotiralarini tinglab, “Boburnoma”ni qayta-qayta o‘qib shu fikrga kelganman. 1501 yil Bobur Mirzo Samarqand uchun kurashib yurgan paytda Chag‘aniyonning Kamrud darasidan o‘tar chog‘i kanizak xotinlaridan biri o‘g‘il farzand ko‘rib olamdan o‘tadi. Yosh bolani dovondan olib o‘tish xatarli bo‘lgani uchun beshigi bilan Kamrud darasiga tashlab ketishadi. Beshik yonida oltin kamar, shohona qilich va bir tuyada talay meros bo‘ladi. Bolani o‘sha yerlik cho‘pon topib olib, qo‘rqqanidan hozirgi Kitob tumanidagi Matmon qishlog‘iga ko‘chib keladi. Bolaning ismi Mahmudbek bo‘ladi. Mahmudbekdan hozirgacha 9-10 chog‘li avlod o‘tgan va oltin kamar ota meros bo‘lib kelavergan. Dastlabki 2-3 avlodlar haqida bir nima deyish qiyin, undan keyingisi Gadoymurodbek bo‘lib, u Matmon qishlog‘idan Palandaragacha bo‘lgan Arabsoy yaylovlarini sotib oladi. Gadoymurodbekdan Tog‘aymurodbek, undan Xo‘jamurodbek, undan Berdibek va undan Sattorboylar o‘sha bolaning avlodidir.

Muxbir: Siz kitobingizga bobom Sattorboyning hikoyalarini diqqat bilan tingladim degansiz. Agar Sattorboy Boburning avlodi bo‘lsa siz ham Bobur avlodidan ekansizda?

A.Berdiyev: Bu haqda men kitobimda yozmaganman, biroq ota-bobolarimiz xotiralari asosida shunday taxmin qilishga to‘g‘ri kelyapti. Bunga aniqlik kiritish tarixchi mutaxassislar hukmiga havola.

Boshlovchi: Marhamat yana savollar bormi? Marhamat.

Muxbir: “Ozodlik” radiosi muxbiriman. Mening savolim Laylo Ummaxonimga. Hurmatli Layloxonim, biz inglizlar Hindistonni bosib olgach Boburning avlodlarini qirib tashlagan, deb eshitgandik. Boshlovchi, sizni Boburning avlodi deb tanishtirdilar...

Laylo Ummaxonim: 1858 yil inglizlar Hindistonni bosib olgach Bahodirshoh Zafar toju-taxtdan mosuvo etilib, butun Hindistonda Boburiylar xonadoniga nisbatan qirg‘in boshlanadi. Podshoning ayollari, qizlari, qarindosh-urug‘lari va hatto xizmatkorlari qilichdan o‘tkaziladi. Bir vaqtlar olamni zir titratgan Boburiylar sulolasi shu tarzda fojiali xotima topdi. Ammo Bahodirshoh Zafarning Mirzo Quyosh ismli go‘dak o‘g‘li tasodifan omon qoladi. Bola esini tanigach, unga halok bo‘lmay desang kimligingni unut, o‘zligingni oshkor etma, deb uqtiradilar. Mirzo Quyoshdan Mirzo Abdulloh, Mirzo Abdullohdan Mirzo Abdug‘ofur, Mirzo Abdug‘ofurdan ikki qiz va bir o‘g‘il dunyoga keladi. Mirzo Yusuf ismli o‘g‘li 18 yoshida vafot etadi. Boburiylardan yodgor bo‘lib ikki qiz qoladi. Qizlarning kattasi Husnijahonarobegim, ikkinchisi men Laylo Ummaxonimdir.(10 slayd)

Boshlovchi: Yana savol bo‘lsa marhamat.

Muxbir: “Oltin meros” ko‘rsatuvi muxbiriman. Mening savolim Pirimqul Qodirovga. Hurmatli Pirimqul Qodirov, siz Bobur haqida ko‘plab asarlar yozgansiz. Bobur Mirzo o‘z yurtida erisha olmagan zafarlarga Hindistonga borib erishdi. Aytingchi, bu Boburning baxtimi yoki baxtsizligi?

Pirimqul Qodirov: To‘g‘ri, Bobur Hindistoda buyuk davlat barpo etadi, lekin umrining oxiriga qadar tug‘ilib o‘sgan yurtidan, diyoridan ko‘ngil uzolmaydi. Ruboiylaridan birida bejizga “O‘z yerin qo‘yib hind sori yuzlandim, Yo, rab netay, bu yuz qarolig‘ bo‘ldi”, deb yozmagan. Boburning Hindistonda qilgan ishlari, uning yutug‘i va shu bilan birga ulkan armonidir.

Boshlovchi: -Boshqa savollar bo‘lmasa o‘quvchilar dasturini tomosha qilamiz.

(Bunda o‘quvchilar Bobur g‘azallaridan aytishadi va Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan Shayboniyxon tomonidan yuborilgan noma bo‘yicha Eson davlatbegim, Qutlug‘ Nigorxonim, Xonzodabegim va Bobur o‘rtasidagi dialogni namoyish etishadi).

Boshlovchi:

-Guvoh bo‘lganingizdek, o‘zida shohlik, shoirlik, sarkardalik, adiblik, tarixchilik va boshqa fazilatlarni mujassamlashtirgan shaxs kamdan-kam topiladi. Bobur va uning avlodlari tomonidan ulkan ishlar qilindi. O‘g‘illari Humoyun va Akbarning Hindistonda qilgan ishlari, Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”si, Shohjahonning Tojmahali, Zebunisoning dilbar g‘azallari Bobur nomi bilan bog‘liqdir.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng Boburning hayoti, faoliyatini o‘rganishga katta e'tibor beriladi. Andijonda Bobur bog‘i va muzeyi tashkil etildi. Bobur hayoti va ijodi chuqur o‘rganildi. (11-13 slaydlar)

Muallim: -Aziz o’quvchilar , har bir tarix fani darsimiz ezgulikka qo’yilgan qadamdir. Siz yoshlar kelajakda ezgu ishlar davomchisisiz. O’ylaymanki, hali Bobur haqidagi xulosalar poyoniga yetgani yo’q.

Uyga vazifa : Buxoro xonligi mavzusi bilan tanishib kelish
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.O’zbekiston tarixi.8-sinf darslik Q.Usmonov,U.Jo’rayev,N.Norqulov.Toshkent 2014y

2.Yangi pedagogik texnologiya asoslari.B.Mengliyev,S.Toshev,F.Boynazarov.Toshkent 2007y.

3.Boburiynoma.H.Sultonov.Toshkent 1997y.

4.Boburnoma.Z.M.Bobur.Toshkent 2015y.

5.Amir Temur saltanati.L.Kern.Toshkent 1998y.

6.Humoyunnoma.Gulbadanbegim.Toshkent 1959y.

7.Avlodlar ko’prigi.A.Berdiyev.Toshkent 2000y.

8.Yulduzli tunlar.P.Qodirov.Toshkent 2014y.



9.O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.I.A.Karimov.Toshkent 20



i

Download 30,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish