Qashqadaryo viloyat
Koson tuman 13-maktab
ona tiili va adabiyot fan o’qituvchisi
Jo’rayeva Saboda
2019-2020 o'quv yilidagi
ish faoliyatim yuzasidan bir yilik
Hisoboti
Men Jo'rayeva Saboda Eshquvvatona Koson tumandagi 13-maktabda ona tili va adabiyot fanidan X-VII-V-sinnflarga dars berib kelaman. Ish faoliyatim davomida o'quvchilarimga ona tili va adabiyot faniga qiziqishlarini orttirib, bilimlarini yanada boyitishga harakat qilmoqdaman 2019 -2020 o'quv yilida o'quvchilarim ko'rik tanlovlarda va fan olimpiadalarda faol ishtiroq etib, faxrli o'rinlarni egalladi. Jumladan men rahbarlik qilayotgan 5-A sinf o’quvchilarimdan 10 nafari online olimpiadalarda va sport musobaqalarida faol qatnashdi
Eshpolvonov Abdulaziz : ingiliz, ona tili ,matematika
Eshquvvatova E'zozaxon : ona tili, tasviriy sanat .
Jo’rayev Ozodbek : matematika, ona tili.
Nuraliyev Ozodbek : matematika, ona tili, ingiliz tili va sportda
Mahmadiyorva Pokizaxon: ona tili, matematika, ingiliz tili
Safarof Sayfullo :ona tili, matematika.
Hakimov Shohjahon :ona tili, matematika
Shermatov Dilisher: ingiliz tili , onatili ,matematika va sportda.
Ramilov Asadbek: futbol klubi diplomi bilan taqdirlandi.
Toshmurodov Quvonchbek sport sohasida fahrli o'rinlarni egallab,diploma va sertifikatlar sohibi bulishdi.
O'quvchilarim bilan birga darslarni masofaviy tarzda olib borib, ota -onalar yordamida “Qiziqarli ona tili va adabiyot” to'garak kanalni tashkil etib, o’quvchilarimni jalb etdim. O’quvchilarim va o'zimning maqolalarim bilan vaqtli matbuot va masofaviy Xalqaro ilmiy -amaliy masofaviy konferensiya jurnalida “Tarxiy qissalarda voqeylik va badiy tasvir uyg'unligi “mavzusidagi maqolam bilan qatnashib, konferensiya sertifikatiga ega bo’ldim. Viloyat:”Voha “ gazetasida “Siz o'quvchingizni bilasizmi “ dolzarb mavzuli maqolam bilan qatnashdim
O'quvchilarim bilan fevral oyida Alisher Navoiy, Z,M, Boburning tavallud kuniga bag'ishlab “ Buyuk siymolar merosi “ tadbiri bilan viloyat televidiniyasida nomoyish etildi.
Pandimiya munosabati bilan karantin davrida ota-onalar ko'magida o'quvchilarim bilan muntazam online mashg'ulotlar olib bordim. Ularga masofadan turib dars, topshiriqlar berib bordim. Shu bilarn birga dars ishlanmalar yaratib : “ Undosh tovushlar tasnifi” va “Olima so'zlar “ mavzusida dars ishlanmalar yaratim. Dars ishlanmalarim bilan “O'z fanini fidoyisi “ tanlovida ishtirok etib, “ Ledir ustoz” va “O’qtuvchi “ ijtimoiy kanallarining tashakkur nomalariga ega bo’ldim
Bundan tashqari ona tili va adabiyot fani yuzasidan “Qiziqarli topshiriqlar va rebuslar “ , “ PISA test savollari “kabi jamlanmalar tuzib o'quvchilarim bilan shug'unllanib bordim. Bu bilan yaxshi natijalarga erishdik
Mustaqilligimizning 29 yilligiga bag’ishlab va “Besh tashabbus “ hamda “Biz online o'qiymiz “, “ Xotira mangu va muqaddas “ mavzularida videoroliklar yaratib tanlovlarda qatnashdim.
Barcha bajargan ishlarim DTS talablariga mos ravishda o’quvchilarimning sifatli bilim olishiga qaratilgan
Hozirgi kunda rahbarlik qilayotgan 5-A sinf o’quvchilarimning ota – onalari bilan muntazam muloqatda bo'lib online va davra suhbat olib bormoqdaman. Ularning har bir bildirdan fikr munosabati bilan qiziqaman. Doimo ular bilan birga muloqatda bo’lib turaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |