Suv osti optik kabellari. Konstruktiv tuzilishi bo’yicha eng murakkab optik kabellardan bo’lib hisoblanadi.(6.6-rasm)
6.6-rasm. Suv osti kabelining ko’ndalang kesim yuzasi: 1-markaziy kuchlantiruvchi element ; 2- optik tola; 3- optik modul; 4-metalli naycha; 5-muhofazalovchi qobiq; 6-ichki zirx qoplami; 7-oraliq qobiq; 8-tashqi zirx; 9-gidrofob kompound; 10-tashqi qobiq.
Bunday turdagi optik kabellarni kattadan-katta uzunlikdagi hamda juda ham chuqur bo’lgan (misol uchun Atlantika okeani) uzatish tizimlarida qo’llanadi.Bundan tashqari suv osti kabellari katta bo’lmagan suv kechuvlaridan (daryolar, kanallar suv havzalari) ham foydalaniladi.
Suv osti optik kabelining konstruktiv tuzilishlari uning yotqizilish joyiga bog’liq. Chuqur bo’lgan suv osti optik kabellari yuqori gidrostatik bosimdan muhofazalanadi, ungacha chuqur bo’lmagan joylarda yotqiziluvchi optik kabellar esa turli shikast beruvchilardan va yakorlardan muhofazalanuvchilari bilan ta’minlanadi. Suv osti optik kabelining tuzilishlari kabel ishlab chiqarishda mexanik yuklamalar bo’yicha mustahkamlanadi va egiluvchan bo’lishi e’tiborga olinadi. Suv osti kabellarining juda ham egiluvchanligi hisobiga ularni lozim bo’lgan chuqurlikda egish va bukish ishlarini olib borishdan tashqari ular juda ham katta mexanik yuklamalarga chidamli bo’lishi hisobiga, lozim bo’lsa ularni suv ostidan chiqarib ta’mirlash ishlarini bajarish mumkin, bundan tashqari kabel o’zining og’irligi ta’sirida uzilib ketmasligi kerak. Optik tolalar dengiz suvlari ta’siriga juda ham ta’sirchan, shuning uchun suv osti optik kabellarining konstruktiv tuzilishida juda ham yaxshi samara beruvchi muhofazalash choralari ko’rilgan. Bundan tashqari bunday kabellarning o’zak bo’shliqlari gidrofob kompaund bilan to’ldirilgan hamda kabel o’zagi mis yoki alyuminiy naycha ichiga joylashtirilgan bo’lib, bunday naychalar bir vaqtning o’zida masofadan elektr ozuqa manbaini uzatish uchun ham qo’llanadi. Elektr ozuqa manbaini uzatish zanjirining ikkinchi sim vazifasini dengiz suvi yoki ichki tok o’tkazgich sim bajaradi.
Ikki qatlamli po’lat simlardan tayyorlangan zirx qoplami optik kabelga tushuvchi statik va dinamik yuklamalar ta’siriga ancha mustaxkamligini oshiradi. Zirx qoplamining o’ram qatlamlaridagi simlar qarama-qarshi tomon yo’nalishi bo’yicha o’ralgani uchun kabelni aylanib ketish xususiyatini yo’qotadi va kabelni o’ram-o’ram ko’rinishdagi tugunli bo’lib qolish oldini oladi. Suv osti optik kabelining tashqi qobiq vazifasini qora rangdagi yuqori chidamlikga ega bo’lgan polietilen qo’llanadi va bunday polietilen ultra binafsha nurlar ta’siri chidamligini oshirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |