Quyosh energiyasi. Quyosh radiatsiyasining energiyasini doimiy elektrga aylantirish mumkin. Buning uchun yupqa kremniy plyonkalari yoki boshqa biror yarim o‘tkazgich materialdan foydalaniladi. Fotoelektrik energiyaga aylantirshining potensial qulayliklari:
harakat qiluvchi qisimlarning yo‘qligi;
ishlash muddati 100 yildan ortiqligi;
ekspluatatsiya qilishning soddaligi, quyosh radiatsiyasidan samarali
foydalanish mumkinligi. Ammo bu usulda energiya ishlab chiqarish an’anaviy energiya ishlab chiqarishdan 75 martadan ko‘proq qimmatroqdir. Shuning uchun hozirgi vaqtda arzonroq elektr energiya ishlab chiqaruvchi qurilmalar ustida ish olib borilmoqda. Masalan, kremniy o‘rniga arsenir geliy qo‘llanilmoqda. Hozirgi kunda energiya iste’mol qiluvchi barcha sohalarning organik yoqilg‘ilardan foydalanishi tufayli atrof muhit ifloslanmoqda. Natijada tabiatning flora va faunasida salbiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Odamlar va hayvonot dunyosida har xil yangi turdagi kasalliklar paydo bo‘lmoqda. Shuning uchun insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri, barcha turdagi energiya iste’mol qiluvchilarni toza ekologik energiya bilan ta’minlashdir. Ekologik toza energiyani faqatgina tabiatda mavjud bo‘lgan energiya manbalaridan olish mumkin. Shuning uchun bunday manbalarni noana’naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari deyiladi. Hozirgi kunda dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda energiyaning bunday turlaridan foydalanib har xil energiya turlarini ishlab chiqarishga kirishilgan. Dunyodagi rivojlangan malakatlar foydalanayotgan noana’naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
quyosh energiyasi;
shamol energiyasi;
gidroenergetika(o‘rta-, kichik- va mikrogidroenergetika);
to‘lqinlar energiyasi;
suv sathlarinig ko‘tarilib-tushish energiyasi;
okean va dengizlardagi har xil oqimlar energiyasi;
geotermal suvlar va geyzerlar energiyasi;
biomassa energiyasi;
shahar chiqindilari energiyasi;
chorvachilik va parrandachilik fermalari chiqindilari energiyasi;
yer ostidan issiqlik nasoslari orqali olinadigan energiya.
Hozirgi kunda jamiyatning rivojlanishini uning energiya bilan ta’minlanganligi belgilaydi. Ammo energiya iste’molining kundan-kunga oshib borishi hamda uni ishlab chiqarish uchun organik yoqilg‘ilardan foydalanish, atrof-muhitni global ifloslanishiga olib kelmoqda va natijada insoniyat hayotiga jiddiy xavf solmoqda. Shuning uchun hozirgi kun energetikasining dolzarb masalalaridan biri, ekologik toza, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishdir. Bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan elektroenergiya-ning 84,7 % organik yoqilg‘ilardan foydalanadigan issiqlik elektrostan-siyalarida ishlab chiqariladi. Umumiy ishlab chiqariladigan energiyaga nisbatan atigi 14,5 % elektroenergiya GESlar yordamida ishlab chiqariladi (8-rasm). Kelajakda O‘zbekiston Respublikasida qaytalanuvchi energiya manbalaridan quyidagi miqdorda foydalaniladi.
• quyosh energiyasidan 98,8 % ;
• gidroenergetikadan 1,0 % ;
• shamol energiyasidan 0,2 % .
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi eng muhim qaytalanuvchi energiya manbalarining turlari va miqdorlari keltirilgan.
Laboratoriya о‘z yо‘nalishi bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda belgilangan maqsad va vazifaladan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar uchun yangi texnologiyalar, loyiha-konstruktorlik ishlarini, jihozlar, asbob-uskunalar, mahsulotlar, materiallar va texnologik jarayonlarni hamda mashinalarning yangi namunasini yaratish, takomillashtirish, modernizatsiyalash va tekshirish uchun о‘tkaziladigan tajriba-sinov ishlarini hamda natijalarni amaliyotga joriy etish ishlarini olib boradi. Laboratoriya xodimlari tarkibi va shtat birliklari soni amaldagi me’yorlar asosida belgilanadi (О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-yanvarda 2182 sonli rо‘yxatdan о‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassalari boshqaruv, texnik, xizmat kо‘rsatuvchi va о‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2010-yil 15-dekabrdagi 485/1, 200-KK, 107-son qarori). Laboratoriyaning asosiy vazifasi:
- ilmiy, tadqiqot, konstruktorlik, texnologik, loyihaviy, tadbiq etish faoliyatida va ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishda talabalarni keng jalb etgan holda kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi;
- innovatsiya faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq muhim ilmiy – texnik muamolarni yechishda ilmiy - tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini olib borishdan iborat.
Laboratoriyaning ilmiy – tadqiqot faoliyatini asosiy yо‘nalishlari quydagilardan iborat :
- Mahalliy meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish va ular asosida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish istiqbollarnini analiz qilish va loyihalarni ishlab chiqish.
- Fotoelektrik qurilmalarning mahalliy sharoitda samarali ishlashini ta’minlash uchun ulurni takomillashtirish va yangi turlarini yaratish.
- Quyosh kollektorlarining mahalliy sharoitda samarali ishlashini ta’minlash uchun ulurni takomillashtirish va yangi turlarini yaratish.
- Shamol generatorlarining mahalliy sharoitda samarali ishlashini ta’minlash uchun ulurni takomillashtirish va yangi turlarini yaratish.
- Mahalliy biomassa resurslariga asoslangan energiya ta’minoti qurilmalarini yaratish va takomillashtirish.
Laboratoriyaning о‘quv jarayonini ta’minlashdagi faoliyati quyidagi fanlardan amaliy va о‘quv - laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazishdan iborat:
Energetika fakulteti “Muqobil energiya manbalari” 5312400 – ta’lim yо‘nalishi.
Laboratoriyaning yillik ilmiy – tadqiqot ishlari va joriy etish yuzasidan tuzilgan ish rejalari oliy ta’lim muassasasi va shu ishni bajarilishidan manfaatdor bо‘lgan, tegishli idoralar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Laboratoriya kelgusidagi yangi ilmiy – tadqiqotlar yо‘nalishlari va mavzularini aniqlash maqsadida olib boriladigan ilmiy ishlarning istiqbolli rejasini tayyorlaydi hamda uni tegishli vazirliklar tomonidan taqdiqlanishini ta’minlaydi.
Laboratoriya nazariy asoslangan texnik yangililiklar , takliflar va ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishni jadallashtirish maqsadida xо‘jalik shartnomalarini tuzadi va muassasa rahbariga imzoga taqdim etadi. Laboratoriyada ilmiy- tadqiqot ishlarni quyidagilar olib boradilar:
- professor – о‘qituvchilar jamoasi va kafedra topshirig‘i asosida о‘quv yordamchi xodimlar;
- Laboratoriyaning davlat byudjeti xisobidan moliyalashtiriladigan hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlanadigan shtatlar rо‘yxatiga muvofiq ilmiy, muhandis- texnik va yordamchi xodimlar;
- Laboratoriyaning yо‘nalishiga mos bо‘lgan ilmiy – amaliy muamolar bо‘yicha dissertatsiya ustida ishlaydigan katta ilmiy xodim – izlanuvchi , mustaqil izlanuvchi hamda magistratura talabalari va о‘zaro kelishuv asosida shunga mos boshqa oliy ta’lim mussasasi vakillari ;
- Ta’lim fan va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashririshda hamda kadirlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, texnologik, loyihaviy, tadbiq etish faoliyatida ishtirok etuvchi talabalar.
Oliy ta’lim muassasasi laboratoriya faoliyati bо‘yicha yillik xisobotni belgilangan tartibda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshiradi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbariyati va Kengashi laboratoriyada rejadagi ilmiy ishlarni borishi bilan tanishishi va amalga oshirilgan ishlar bо‘yicha ma’lumot talab qilishga haqlidir.
14.06.2021 kuni Amaliyotga borish buyrug`i, amaliyotni o`tkazish tartiblari xavfsizlikka rioya etish qoidalari haqida ko`rsatmalar oldim.”Muqobil energiya manbalari” o`quv ilmiy poligoni bilan tanishdim.
15-19.06.2021 kunlari Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “ENERGETIKA” fakulteti ”Muqobil energiya manbalari” o`quv ilmiy poligonidagi mavjud zamonaviy o`lchov asboblari bilan tanishdim. Qashqadaryo viloyati quyosh energiyasi potensialini aniqlash, kun davomida quyosh radiatsiyasini va atrof-muhit haroratini o`lchash, ilmiy-laboratoriya tarkibidagi fotoelektrik qurilmalarning mahalliy sharoitda samarali ishlashini tajriba asosida sinab o`rgandim, tahlil qildim va xulosa chiqardim.