darajali boshlang’ich ma’lumotlar baholash sanasida tadbirkorlik sub’ekti foydalanishi mumkin bo’lgan bir xil aktivlar yoki majburiyatlar bo’yicha faol bozorlardagi belgilangan narxlardir (to’g’rilanmagan).
2-darajali boshlang’ich ma’lumotlar
darajali boshlang’ich ma’lumotlar 1-darajaga kiritilgan belgilangan narxlardan tashqari boshlang’ich ma’lumotlar bo’lib, ular bevosita yoki bilvosita aktiv yoki majburiyat bo’yicha kuzatiladi.
darajali boshlang’ich ma’lumotlar
3-darajali boshlang’ich ma’lumotlar aktiv yoki majburiyat bo’yicha kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlardir.
Baholash sanasida, agarda mavjud bo’lsa, aktiv yoki majburiyat bo’yicha juda kichik bozor mavjud bo’lish holatlariga qaramasdan, o’rinli kuzatiladigan boshlang’ich ma’lumotlar mavjud bo’lmagan darajada haqqoniy qiymatni baholash uchun kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlardan foydalanish lozim. Biroq, haqqoniy qiymatni baholash maqsadi, , ya’ni aktiv yoki majburiyatga ega bozor ishtirokchisi nuqtai nazaridan baholash sanasidagi chiqish narxi, bir xil bo’lib qoladi. Shu tufayli, kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlar bozor ishtirokchilari aktiv yoki majburiyatni narxlashda foydalanishi mumkin bo’lgan farazlarni, jumladan risk bo’yicha farazlarni aks ettirishi lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti uning moliyaviy hisobotlaridan foydalanuvchilarga quyidagilarning ikkalasini ham baholashga ko’mak beradigan ma’lumotlarni ochib berishi lozim:
dastlab tan olishdan keyin qaytalanadigan yoki qaytalanmaydigan asosda haqqoniy qiymatda baholanadigan aktivlar va majburiyatlar uchun, baholash usullari va ushbu baholashlarni ishlab chiqishda foydalaniladigan boshlang’ich ma’lumotlar.
yirik kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlar (3-darajali) orqali qaytalanadigan haqqoniy qiymatni baholashlar uchun, baholashlarning davr bo’yicha foyda yoki zararga yoki boshqa umumlashgan daromadga ta’siri.
Tadbirkorlik sub’ekti barcha quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim:
ochib berish talablarini qanoatlantirish uchun zarur tafsilotlar darajasi;
turli talablarning har biriga qanchalik e’tibor ajratilishi;
(v) qanchalik umumlashtirishni yoki bo’laklashni amalga oshirish; va
(g) moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar ochib berilgan miqdoriy ma’lumotlarni baholash uchun qo’shimcha ma’lumotlarga muhtojligi.
Tayanch so’zlar.
Balans qiymati - bu aktivning u bo’yicha har qanday jamg’arilgan eskirish (amortizatsiya) summasini va keyingi yig’ilgan qadrsizlanish zararlarini chegirgandan so’ng tan olinadigan qiymatidir.
Pul mablag’larini yuzaga keltiradigan birlik - bu aktivlarning kichik aniqlanadigan guruhi bo’lib, u boshqa aktivlar yoki aktivlar guruhidan kelib tushadigan pul oqimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan kelib tushadigan pul oqimlarini yuzaga keltiradi.
Korporativ aktivlar - bu gudvilldan tashqari aktivlar bo’lib, ular pul mablag’larini hosil qiladigan o’rganilayotgan birlik va boshqa pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar bo’yicha kelgusi pul oqimlari hosil bo’lishiga o’z hissasini qo’shadi.
Chiqib ketish xarajatlari - bu aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketishiga tegishli bevosita qo’shimcha xarajatlar bo’lib, bunda moliyalashtirish xarajatlari va foyda solig’i xarajati inobatga olinmaydi.
Eskirish hisoblanadigan summa - bu aktivning tannarxidan, yoki moliyaviy hisobotlarda uning qiymatini aks ettiradigan boshqa summadan, uning qoldiq qiymatining chegirilganidir.
Eskirish (Amortizatsiya) - bu aktivning eskirish hisoblanadigan summasini uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.
Haqqoniy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo’lgan yoki majburiyatni o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” ga qarang).
Qadrsizlanish zarari - bu aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymatining uning qoplanadigan qiymatidan oshgan qismidir.
Aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymati - bu uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati bilan uning foydanalishdagi qiymati o’rtasidagi yuqorirog’i hisoblanadi.
Foydali xizmat muddati - bu:
aktiv tadbirkorlik sub’ekti tomonidan foydalanilishi kutilgan muddat; yoki
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab chiqarish yoki o’xshash birliklar miqdori.
Foydalanishdagi qiymat - bu aktivdan yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikdan olinishi kutilgan kelgusi pul oqimlarining keltirilgankeltirilgan qiymatidir.
faol bozor - Aktiv yoki majburiyat bo’yicha operatsiyalar ukluksiz ravishda narxlash ma’lumotlarini ta’minlash uchun yetarli davriylik va hajmda sodir bo’ladigan bozordir.
tannarx usuli- Aktivning xizmat ko’rsatish quvvatini almashtirish uchun joriy paytda talab etilishi mumkin bo’lgan summani aks ettiradigan baholash usulidir (ko’p hollarda joriy almashtirish qiymati deb yuritiladi).
kirish narxi- Ayirboshlash operatsiyasida aktivni sotib olishda to’langan yoki majburiyatni zimmaga olishda olingan narxdir.
chiqish narxi- Aktivni sotish uchun olinishi yoki majburiyatni o’tkazish uchun to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir
kutilgan pul oqimi- Ehtimoliy kelugsi pul oqimlarining ehtimolga-tortilgan o’rtachasi (ya’ni taqsimotning o’rtachasi).