98
mumkin: o‘zgarmas tokning unifikatsiyalangan
signalidan ishlaydigan
(milliampermetrlar) va o‘zgarmas kuchlanish signalidan ishlaydigan asboblar
(voltmetrlar, potensiometrlar, markaziy nazorat va boshqarishning elektr
mashinalari).
SILJISH KOMPENSATSIYALI O‘ZGARTKICHLAR
Siljishni kompensatsiyalash sxemasi bo‘yicha
quriladigan elektr analog
o‘zgartkichlaridan noelektr kattaliklarni elektr chiqish signaliga o‘zgartirish va
ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun differensial-transformatorli, ferrodinamik,
magnitomodulyatsion va selsinli o‘zgartkichlar eng ko‘p tarqalgan.
Differensial-transformatorli o‘zgartkichlardagi birlamchi asbob o‘zagining
siljishi ikkilamchi asbob o‘zagining siljishi bilan muvozanatlashadi. Differensial -
transformatorli o‘zgatkichlar sarf, bosim, sath va boshqa parametrlarni o‘lchashda
ishlatiladi, bunda bu parametrlarning qiymati birlamchi asbob g‘altagi o‘zagini
siljishiga o‘zgartiriladi.
Differensial-transformatorli asbob sxemasi (19.2-rasm) ikkita bir xil
g‘altakdan iborat. Ulardai biri birlamchi asbob 1, ikkinchisi esa ikkilamchi asbob 2
ga joylashtirilgan. G‘altaklarning birlamchi chulg‘amlari
ketma-ket ulanib, elek-
tron kuchaytirgich kuch transformatorining chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok
kuchlanishidan ta’minlanadi. Ikkilamchi chulg‘amlar bir-biriga yo‘nalgan holda
ulanib, chiqishlari elektron kuchaytirgichga qaratilgan. G‘altaklar ichida temir
o‘zaklar (magnit o‘tkazgichlar) mavjud. Agar ikkala g‘altak o‘zaklari o‘rtacha
holatda bo‘lsa, g‘altakdagi
е
1
va
е
2
EYKlar teng bo‘ladi, ya’ni
∆Е
1
,
=
е
1
—
е
2
= 0
va
∆Е
2
=
е
3
—
е
4
= 0, demak
∆Е =∆
Е
1
—
∆
Е
2
kuchaytirgich kirishidagi farq ham
nolga teng bo‘ladi.
Uzaklar holati o‘zgarganda g‘altaklarda kattaligi
va fazasi birlamchi asbob
g‘altagidagi o‘zak siljishining kuchlanishiga bog‘liq bo‘lgan nobalans kuchlanish
vujudga keladi. Nobalans kuchlanish elektron kuchaytirgich orqali reversiv
dvigatelni boshqarish uchun kerak bo‘lgan miqdorgacha kuchayadi. Reversiv
dvigatel profillangan disk yordamida ikkilamchi asbob g‘altagi o‘zagini, birlamchi
asbob g‘altagi o‘zagi bilan muvofiqlashtirilgan
holatga siljitadi, natijada ikkala
g‘altakdagi EYK lar tenglashadi, binobarin, muvozanat holati tiklanadi. Ikkilamchi
chulg‘amlarning EYKi yana nolga teng bo‘ladi va reversiv dvigatel to‘xtaydi.
Reversiv dvigatel ikkilamchi asbobning strelkasi va pero bilan bog‘langan.
Birlamchi asbobning o‘zagi 5 mm ga siljiganda induksnyalangan EYKning
bog‘lanishi chiziqli bo‘lib qoladi. Differensial-transformatorli sistemalarning
ikkilamchi asboblari avtomat potensiometrlar asosida qurilgan.
DAS sistemasida teleuzatishning differensial transformatorli sistemasi uchun
ikkilamchi asboblarga KSD va KSU kiradi. Asboblarning
quyidagi turlari
chiqariladi: juda kichik gabaritli ko‘rsatuvchi KPD1, VMD va ko‘rsatuvchi va
o‘ziyozar KSD1, kichik gabaritli ko‘rsatuvchi aylanadigan silindrik diferblatli
KVD1 va ko‘rsatuvchi va o‘ziyozar KSD2, disksimon diagrammali KSDZ.
Hamma asboblar klassi 1. Ikkilamchi asboblar yo qo‘shimcha chiqish
o‘zgartkichlari yoki boshqariluvchi qo‘rilma bilan ta’minlanishi mumkin. Sarf
99
o‘lchagich asboblarda, ko‘pincha, ichiga qurilgan integrallovchi
qurilmalardan
foydalaniladi.
Ferrodinamik o‘zgartkichlarda burchak
siljishlar o‘zgaruvchan tok EKJning proporsional
qiymatiga o‘zgartiriladi. Ular bosim, sarf, sath va
boshqa kattaliklarni o‘lchashda ishlatiladi. Bunda
bu
kattaliklarning
qiymati
ferrodinamik
o‘zgartkich ramkasining burilish burchagiga
o‘zgartirilishi mumkin. Uzgartkich (19.3-rasm)
uning magnit sistemasini hosil qiluvchi magnit
o‘tkazgich 1, boshmoq 2, o‘zak 3 va harakatchan
plunjer 7 hamda plunjer 7
ning siljishi vaqtida
o‘zgaradigan ikkita halqasimon 4 va rostlanuvchi
6 havo oraliqlaridan iborat. G‘altak 9 da sanoat
chastotali o‘zgaruvchan tokdan ta’minlanuvchi
uyg‘otish chulg‘ami joylashgan. Bu galtak hosil
qilgan magnit oqimi uyg‘otish chulg‘amiga
o‘ralgan siljish chulg‘ami va o‘zgartgichnnng
aylanuvchi ramkachasi 5 da EYK induksiyalaydi.
Ramkacha, siljish va uyg‘otish chulg‘amlarining
uchlari klemmali panel 8 ga chiqarnlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: