Qarshi muhandislik iqtisodiyot


To‘liq nurlanish (radiatsion) pirometrlari



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/168
Sana16.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#557414
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168
Bog'liq
27.08.2021-2022 STO\'A Ma\'ruza matni

To‘liq nurlanish (radiatsion) pirometrlari 
Radiatsion pirometrlar (to‘liq nurlanish pirometrlari) qizdirilgan jismning 
temperaturasini o‘lchashga mo‘ljallangan. Pirometr optik sistema (linza, oyna) 
bilan ta’minlangan. Bu sistema jismdan chiqqan nurlarni mitti termobatareya, 
qarshilik termometri va yarim o‘tkazgichli termoqarshiliklardan iborat 
o‘zgartirgichga to‘playdi. O‘lchash asboblari sifatida millivoltmetr, avtomatik 
potensiometr va muvozanatlashtirilgan ko‘priklardan foydalaniladi. 
10.4- rasmda termobatareyali radiatsion pirometrning prinsipial sxemasi 
ko‘rsatilgan. Pirometr obyektiv linza 1 va okulyarli teleskop 2 dan iborat. 
Nurlanish manbaidan chiqqan nurlarning yo‘lida cheklovchi diafragma 3 
o‘rnatilgan, obyektiv linza fokusida esa termobatareya 4 joylashgan. Okulyar linza 
oldiga ko‘zni muhofaza qiluvchi rangli shisha 5 qo‘yilgan. Termobatareyada 
to‘plangan nurlar uni qizdira boshlaydi va nurlanishning to‘liq energiyasiga 
proporsional bo‘lgan EYK paydo bo‘ladi. Bu EYK millivoltmetr bilan o‘lchanadi. 
100°С 
dan 
4000°С 
gacha 
temperaturani 
o‘lchaydigan 
radiatsion 
pirometrlarning turli konstruksiyalari mavjud bo‘lib, ular o‘zlarining optik 
sistemasi, termoparalarni ulash sxemasi va boshqa elementlari bilan farq qiladi. 
Uzgartkichlari qarshilik termometridan iborat bo‘lgan ba’zi radiatsion pirometrlar 
nisbatan kichik, masalan, 20°S dan 100°S gacha temperaturalarni o‘lchay oladi. 
O‘zgartgich qabul qiladigan nurlar energiyasini aniq hisobga olish juda qiyin.
10.4- rasm. Termobatereyali radiatsion pirometrini prinsipial sxemasi. 


63 
Chunki o‘zgartkich va atrof muhit o‘rtasida o‘zaro issiqlik almashuvi 
mavjud. Shuning uchun asbob hisobga olib bo‘lmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yishi 
tabiiy. 
Lekin shu kamchiliklarga qaramay, radiatsion pirometrlar sanoatda juda keng 
qo‘llaniladi. Pirometrlarning ko‘rsatishlarini masofaga uzatish yoki avtomatik 
ravishda yozib olish va ular yordamida temperaturani rostlash mumkin. 2500°С 
gacha temperaturani o‘lchashda pirometr ko‘rsatishlarining xatosi ±1,5% dan, 
2500°С dan ortiq temperaturani o‘lchaganda esa ±2,5% dan oshmaydi. 
Seriyalab chiqarilayotgan APIR-S turidagi to‘liq nurlanish pirometrlari 
temperaturani 30 dan 2500°С gacha bo‘lgan oraliqda o‘lchashga mo‘ljallangan. 
Maxsus tayyorlangan pirometrlar — 100° dan +3500°С gacha oraliqda 
qo‘llaniladi. 
TEMPERATURANI MAXSUS O‘LCHASH UCHUN TEPMOMETPLAP 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish