6
I-bob. QUYOSH ENERGIYASINI ISSIQLIK ENERGIYASIGA
AYLANTIRISH
1.1. Quyosh qayta tiklanuvchi energiya manbai
Quyosh, uning hayotbaxsh nurlari haqida qanchadan-qancha afsonalar
tо‘qilmagan, rivoyatlar bitilmagan.
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon quyoshga sig‘inib kelgan, uni xudo
o‘rnida ko‘rganlar. Chunki u haqiqatdan ham yer yuzida hayot manbaidir.
Qadimgi Misr fira’vinlaridan biri (Nefertitining eri) Exnaton ismini qabul qilgan
(Atonga - quyoshga sajda qiluvchi), ya’ni Exnaton - tabiiy termayadro
reaktoriga sajda qilgan. Quyoshdagi energiyani hosil bo‘lishi - termayadro
reaksiyasi tufaylidir. Quyosh nurlari - bu vodorodning 4 dona va geliyning bir
dona atomining qo‘shilganidir [35,36].
Qanchadan-qancha yillar unga talpinib о‘tmagan. Ha, inson zoti aqlini
tanigandan buyon Quyoshga sig‘inib yashaydi. Qadimda bu sig‘inish odamzot
olamning sirlaridan voqif bо‘lmaganligi-dunyoni bilish ibtidoiy darajada
bо‘lganligi tufayli ilohiy tusda edi. Zamonlar о‘tib, olamni ilmiy bila boshladik.
Quyosh sistemasi — tuzilmasi sirlari bizga kо‘p jihatdan ayon bо‘ldi. Biroq
unga nisbatan qiziqish ortsa ortdiki, kamaymadi. Insonning quyoshga nisbatan
bunchalik qiziqishi bejiz emas. Zero sayyoramizda hayotni quyoshsiz mutlaqo
tasavvur etib bо‘lmaydi. Quyosh, uning tiriklikning quvvati bо‘lgan nurlari
mо‘jizasi tufayligina ona zaminimiz yam-yashil yashnab turibdi. U tufayligina
necha million-million yillardan buyon Yer yuzida hayot xuddi shunday davom
etib kelmoqda. Bugungi kunda bu borada ozmuncha kitoblar yozilmagan.
Quyosh nurining buyuk mо‘jizalaridan biri fotosentez jarayoni, ya’ni quyosh
nuri quvvatining organik (kimyoviy) quvvatga aylanishi hodisasidir. Ma’lumki,
о‘simliklarning yaproqlarida yashil modda — xlorofil mavjud bо‘lib, u
yorug‘lik quvvati ta’sirida karbonat angidrid gazi va suv negizida organik
moddalar hosil qiladi. Bu jarayonda karbonat angidrid havodan yutiladi, suv esa
7
ildizlar orqali tuproqdan sо‘riladi. Natijada о‘simlik tanasida uglevodlar, oqsil,
yog‘ va murakkab moddalar tо‘planadi. Bular kishi organizmi, uning sog‘ligi
uchun zarur moddalar hisoblanadi.
Hozirgi kunda foydalanilayotgan organik yoqilg‘ilar: toshkо‘mir, torf, tabiiy
gaz, neft va boshqalar bir vaqtlar fotosintez jarayonida quyosh quvvati ta’sirida
hosil bо‘lgan. Bu quvvatning 94 %i qattiq yoqilg‘ilarga, qolgan qismi gaz va
suyuq yoqilg‘ilar hissasiga tо‘g‘ri keladi.
Yerda hayot mavjudligining muhim omillaridan biri sayyoramizda suvning
aylanish jarayonidir. Quyosh nuri ta’sirida yer yuzasidan suv bug‘lanib
atmosferaga kо‘tariladi. Natijada bulutlar hosil bо‘lib, osmonda sodir bо‘ladigan
ma’lum jarayonlar ta’sirida yana yomg‘ir, qor shaklida yer yuziga tushadi.
Yog‘in-sochindan daryolar, kо‘llar hosil bо‘ladi. Suvning mazkur aylanish
jarayoni
tufayli sayyoramiz chuchuk suv bilan ta’minlanib turadi. Daryolarning
suv quvvatidan esa elektr quvvati olishda foydalaniladi. Yog‘in-sochin о‘simlik
dunyosining yashashi uchun ham eng zarur omillardan biridir.
Quyosh nurlari yer sathini bir tekisda isitmaydi. Buning natijasida
atmosferada ulkan shamol oqimini hosil bо‘ladi. Shamol quvvatidan ham keng
miqyosda amaliy maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Sayyoramizning
issiqlik muvozanatini shakllantirishda ham quyosh asosiy rol о‘ynaydi. Quyosh
radiatsiyasi evaziga yer yuzida
issiqlik taqsimoti amalga oshadi.
Shunday qilib, inson quyoshning issiqlik quvvatidan tabiiy sharoitda azaldan
foydalanib kelmoqda. Bizning davrimizga kelib esa geliotexnik
1
qurilmalar
yordamida undan turli xil quvvatlar olish uchun foydalanishning katta
imkoniyatlari paydo bо‘ldi.
Quyosh quvvatini tasavvur etish uchun quyidagi taqqoslashni keltirish
mumkin. Uning bir sekundda chiqargan quvvati Yer sharidagi barcha suvni bir
minutda bug‘lantirib yuborishga qodir. Quyoshdan fazoga tarqalayotgan bunday
katta miqdordagi quvvat uning markaziy qismida sodir bо‘layotgan termoyadro
1
Do'stlaringiz bilan baham: