Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


- rasm. Quyosh kollektori ishini tavsiflovchi egri chiziq



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/61
Sana08.05.2021
Hajmi1,97 Mb.
#63850
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Bog'liq
issiqlik taminoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash

2.18- rasm. Quyosh kollektori ishini tavsiflovchi egri chiziq 
 
Ba’zan  kollektor  quyosh  tizimining  mo‘tadil  harorat  tartibida  ishlashini 
ta’minlash  maqsadida  bir  necha  kollektorlarni  parallel  yoki  ketma-ket  ulashni 
amalga oshirish foydalidir. 
Kollektor  ishi  sifati  uning  joylashishi  bilan  ham  bog‘liq.  Kollektorning 
joylashtirishda  qiyalik  burchagini  to‘g‘ri  ta’minlash  lozim.  Uning  kattaligi 
joylashtirish  o‘rnining  geografik  kengligiga  bog‘liq.  Kollektorga  tushayotgan 
quyosh  nurlari  iloji  boricha  to‘g‘ri  burchak  hosil  qilib  tushishi  kerak.  Bundan 
tashqari, kollektor ekvatorga tomonga yo‘nalishda oriyentirilgan bo‘lishi kerak. 
Noto‘g‘ri  oriyentirlash  uning  samaradorligini  sezilarli  darajada  (25%)  gacha 
pasayishga olib keladi. 


 
64 
Isroilda  quyosh  energiyasidan  foydalanishning  eng  ma’lum  misollaridan 
biri  mamlakatning istalgan  joyidagi uylar  tomlarida  o‘rnatilgan  suv isitgichlari 
(boylerlar)dir.  Maishiy  extiyojdagi  ko‘p  uchraydigan  qurilma  150  l  sig‘imli 
issiqlik  o‘tkazmaydigan  suv  rezervuarlari  va  2  m
2
  maydondagi  quyosh 
batareyasi  yassi  paneldan  iborat.  Batareya  quyosh  issiqlik  energiyasini 
akkumulyatsiyalaydi  va  suvni  isitadi,  u  esa  nasossiz  o‘zi  oqib  rezervuarga 
tushadi.  Bunday  tizimlarning  o‘rtacha  yillik  samaradorligi  taxminan  50%  ni 
tashkil  qiladi.  Shu  tariqa,  bunday  qurilma  uning  egasi  yiliga  taxminan  2000 
kVt/soat  (ya’ni  elektr  energiyasi  qiymatini  hisobga  olganda  tegishli  summani) 
tejash imkonini beradi. Oddiy kunda qurilma boylerlar  suv haroratini taxminan 
30  ºC  ga  ko‘tara  oladi,  ya’ni  suvni  50  ºC  haroratiga  qadar  isitadi.  Amalda  bu 
qurilma  egasi  yilning  asosiy  qismi  davomida  zaxiradagi  elektr  isitgichdan 
(barcha  boylerlarda  u  mavjud)  foydalanmasligini  anglatadi,  chunki    u  yuvinish 
uchun  issiq  suvni  «tekin»  ga  oladi.  Katta  sig‘imli  tizimlar  (odatda  nasoslar 
qo‘llaniladi) ko‘p qavatli binolar, ba’zi kibutsiyalar, shuningdek mamlakatning 
ko‘plab sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlashda qo‘llaniladi. 
Quyosh  energiyasidan  foydalanishga  mo‘ljallangan  aralash  isitish 
tizimlari,  qishloq  turar  joy  binolarini  va  qishloq  xo‘jaligida  ishlab  chiqilgan. 
Obyektlarni  issiqlik  bilan  ta’minlashga  mo‘ljallangan.  Bunday  tizimlarda 
asosan,  quyosh  energiyasidan  issiqlik  tashuvchi  sifatida  esa  suvdan 
foydalaniladi.  Bunday  qurilmalarda  yillik  energiya  sarfi  10%  gacha  kamayishi 
mumkin. 
Isitish  va  issiq  suv  bilan  ta’minlash  quyosh  issiqlik  tizimi  ham  taklif 
qilinadi,  unda  egiluvchan  materialdan  yasalgan  isitilgan  suvni  yig‘adigan  asosi 
yoki bosh to‘plovchi to‘ldirgich qattiq vannaga joylashtirilib, quyosh energiyasi 
kollektori  quyosh  qurilmasining  birinchi  konturiga  ulangan  qurilmada  bosh 
to‘plovchining  ustida  sistemadagi  suvni  to‘ldirib  turish  uchun  idish,  birinchi 
kontur  bilan  va  isitish  qanday  issiq  suv  bilan  ta’minlovchi  tizim  binodan 
almashtirgich joylashtirilgan. Birinchi konturdagi suv sarfi bosh to‘plovchidagi 
suv xarorati bo‘yicha boshqariladi. 


 
65 
Issiqlik  uzatishning  geliotizimlardan  Farg‘ona  vodiysida  tegishli  texnika 
iqtisodiy  asoslarga  muvofiq  quyidagi  holatlarda,  qo‘llanilishini  tavsiya 
qilishimiz mumkin: 
-mavsumiy issiqlik bilan  ta’minlash yoki yozgi vaqtda issiqlik is’temolidan 
foydalanishning  maksimal rejimida; 
-an’anaviy  issiqlik  manbalari  chiqariladigan  energiyasi  tannarxi  yuqori 
bo‘lganda; 
-kelib  tushadigan  quyosh  radiatsiyasi  o‘rtacha  yillik  miqdori  yuqori 
bo‘lganda va quyoshli kunlar miqdori katta bo‘lganda; 
-QEK  qurilmasini  joylashtirish  uchun  maydonchalar  bo‘lganda  va  bino 
konstruksiyasida QEK soya berib turadigan to‘siqlar bo‘lmaganda; 
-atrofdagi  havo  muhitining  o‘ta  toza  bo‘lishiga  talablar  yuqori  bo‘lganda;  -
yoqilg‘i-energetika resuslarini tejash maqsadida. 
Quyoshli  issiq  suv  ta’minoti  tizimi  (QIST)  ning  asosan  ikki  xili  bor 
issiqlikni tabiiy uzatish (2.19 a-rasm) va issiqlikni tashuvchini majburan haydab 
sirkulyatsiya  qilish  (2.19  b-rasm)  xillari.  Agar  quyosh  energiyasi  kollektor 
konturida  va  issiqlik  bak-akkumulyatorda  suv  bo‘lsa,  QISTT  bir  konturli 
sxemada bajariladi.  
 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish