Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


-rasm.  Yassi  quyosh  kollektori  chizmasi



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/61
Sana08.05.2021
Hajmi1,97 Mb.
#63850
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Bog'liq
issiqlik taminoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash

2.17-rasm.  Yassi  quyosh  kollektori  chizmasi.  1.shaffof  yopqich,  2. 
yig‘uvchi yuza, 3. qaytargich ekran, 4. issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam, 5. 
korpus 


 
61 
 
Suv isitishga mo‘ljallangan yassi quyosh kollektori har xil materiallardan 
(po‘lat, gips, alyuminiy, plastmassa va boshqalar)  tayyorlanishi mumkin. Lekin, 
ularning ishlashi bir xil prinsipga asoslangan. 
 Bu  -  «Parnik  effekti»  deb  atalib,  quyosh  energiyasini  singdirish  va  uni 
minimal yo‘qotishlar bilan issiqlik energiyasiga aylantirishdan iborat. 
 Quyosh kollektorlari konstruktiv jihatdan bajarilishiga ko‘ra turlicha bo‘lishi 
mumkin. Lekin, shunga qaramasdan konstruksiyalar quyidagi sanab o‘tiladigan 
bir qator o‘xshash unsurlarga ega. 
 Yig‘uvchi yuza - quyosh kollektorlarining asosiy unsuri hisoblanadi. Odatda 
u  misdan  tayyorlanadi.  Lekin,  ba’zi  hollarda,  alyuminiy  va  plastmassaning 
maxsus turlari qo‘llanilishi mumkin. Yig‘uvchi yuza g‘ovak quvurlar qatoridan 
tashkil  topadi.  U  quvur  ichida  aylanayotgan  suvga  quyosh  issiqligini  beradi. 
quyosh  nurlari  tushayotgan  yuza  shunday  xususiyatga  ega  bo‘lishi  kerakki, 
energiya  yo‘qolishining  minimal  darajasida  nur  oqimining  singishi  maksimal 
bo‘lishi  kerak.  Bunday  sifatga  ega  bo‘lgan  yuzalar  hosil  qilish  texnologiyasi 
bizga  ma’lumki,  selektiv  qoplama  bilan  qoplashdan  iborat.  Har  bir  ishlab 
chiqaruvchi ko‘p xollarda, o‘z «nou-xau»sini qo‘llaydi. Ba’zi xollarda selektiv 
qoplamalar bilan qoplash o‘rniga kollektorning ishlash davri davomida quyosh 
nuri ta’siri va haroratning sikllik ravishda o‘zgarishiga chidamli bo‘lgan maxsus 
bo‘yoqlar bilan yuzani qoplashda foydalaniladi. Yig‘uvchi yuzalarning ko‘plab 
shakllari  mavjud.  Lekin,  ularning  ko‘pchiligi  po‘lat  konstruksiyali 
«Payvandlangan yuzalar» prinsipi asosida (2.17-rasm) yoki misdan tayyorlangan 
buyum uchun to‘siqli quvurlar panjarasi ko‘rinishida  bo‘ladi. 
Quyosh kollektorlarining o‘lchamlari turlicha 0,5 dan 4 m
2
 gacha bo‘lishi 
mumkin, lekin, ko‘p xollarda u 2 m
2
 atrofida bo‘ladi. 
Shaffof  qoplama  3  ta  asosiy  funksiyani  bajaradi:  «Parnik  effekti»ni  yuzaga 
keltirish, tashqi muxit ta’siridan kollektorni himoya qilish, energiya yo‘qolishini 
kamaytirish. 


 
62 
Plastmassadan  tayyorlanadigan  shaffof  qoplamali  kollektorlarning 
qo‘llanishi  mavjud  konstruksiyaning  og‘irlik  va  tannarxini  kamaytiradi. 
Konstruksiya  mustahkamroq  bo‘ladi  va  shunga  mos  ravishda  mexanik  ta’sirga 
chidamli bo‘ladi. Ammo, plastmassa tez eskiradi, ya’ni atmosfera ta’siriga u tez 
kirishadi va uning o‘tkazish qobiliyati tushib ketadi. Shular bilan bog‘liq holda 
qoplama  sifatida  maxsus  sifatga  va  yuqori  o‘tkazish  qobiliyatga  ega  bo‘lgan 
shishadan  ko‘proq  foydalaniladi.  Shishaning  qalinligi  4  mm  dan  kam 
bo‘lmasligi kerak. 
 Issiqlik  izolyatsiyasi  -  energiyaning  tashqi  muxitga  sochilishi  xisobiga 
yo‘qolishini  kamaytirish  uchun  xizmat  qiladi.  Kollektorning  yon  tomonlari  va 
pastki  yuzasi  issiqlik  izolyatsiyasi  bilan  qoplanadi.  Odatda,  izolyatsiyalovchi 
ashyo  sifatida  shisha  tola,  mineral  paxta,  penoplas  va  boshqa  issiqlik 
o‘tkazuvchanligi  kam  bo‘lgan  materiallardan  foydalaniladi.  Bundan  tashqari, 
izolyatsiyalovchi  va  yig‘uvchi  yuzalar  o‘rtasida  qaytaruvchi  ekran 
joylashtiriladi.  U  bu  yuzalar  orasidagi  kontaktni  oldini  oladi  va  yig‘uvchi 
yuzadan  ajralib  chiqayotgan  energiyaning  bir  qismini  orqaga  ishchi  hajmga 
qaytaradi. 
 Korpus  -  bu  konstruksiyaning  tutib  turuvchi  unsuri  hisoblanadi.  Unda 
kollektorning komponentlari joylashgan. U po‘latdan, alyuminiy qotishmasidan 
va ba’zi hollarda plastmassadan tayyorlanishi mumkin. Korpus konstruksiyasini 
tashqi  ta’sirdan  himoya  qiladigan,  ya’ni  u  ob-havo  sharoitlari  o‘zgarishidan 
himoyalangan  bo‘lishi  va  mexanik  jixatdan  mustahkam  bo‘lishi  kerak.  Bundan 
tashqari,  uning  konstruksiyasi  kollektorni  mahkamlash  imkoniyatini  berishi  va 
quvurlarni tutashtirish uchun bo‘laklarga bo‘linadigan birikmalarga ega bo‘lishi 
kerak. 
Kollektor  ishi  samaradorligi  uni  tavsiflovchi  egri  chiziq  yordamida 
aniqlanadi  (2.18-rasm).  U  kollektor  foydali  ish  koeffitsenti  (FIK)  bilan 
o‘lchamsiz parametr T
 
 ni  bog‘laydi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
                                     T =U
0
 T
u
 -Т
ur
                                              (2.9) 
bu yerda: 


 
63 
-tushayotgan quyosh radiatsiyasi zichligi Vt/m
2
 
T
u
 -kollektorga kirishdagi xarorat 
0
С 
Т
ur
 -tashqi muxit xarorati 
0
С 
U

-10 Vt/m
2
 (miqyosiy koeffitsenti) . 
2.18-rasmda  ko‘rinib  turibdiki,  tashqi  muxit  va  kollektorga  tushayotgan 
suyuqlik  haroratini  o‘zaro  teng  bo‘lganda  kollektor  maksimal  samara  bilan 
ishlaydi.  Kollektorga  kirishdagi  suyuqlik  haroratining  ko‘tarilish  bilan  uning 
FIKi  tushadi  va  shunday  fursat  keladiki,  kollektor  orqali  o‘tayotgan  suyuqlik 
harorati ko‘tarilmaydi, ya’ni kollektor FIKi nolga teng bo‘ladi. 
 
 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish