Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


-rasm.  Havoni  isituvchi  quyosh  qurlimasi  tizimining  prinsipial



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/61
Sana08.05.2021
Hajmi1,97 Mb.
#63850
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Bog'liq
issiqlik taminoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash

2.12-rasm.  Havoni  isituvchi  quyosh  qurlimasi  tizimining  prinsipial 
sxemasi. 1. quyosh energiyasi kollektori , 2. shag‘alli issiqlik akkumulyatori, 3. 
ventilyator,  4. Sozlovchi klapan, 5.qo‘shimcha issiqlik manbai. 
 
2.13-rasm.  Isitish  va  issiq  suv  ta’minoti  suyuqlik  quyosh  tizimining 
sxemasi.  1.  quyosh  energiyasi  kollektori,  2.  quyosh  energiyasi  kollektori 
konturidagi issiqlik almashtirgich, 3. Issiqlik akkumulyatori,  4. qo‘shimcha 


 
56 
energiya manbai, 5. Bino,  6. Nasos, 7.  Aralashtiruvchi jo‘mrak, 8. Issiq suv 
ta’minoti konturidagi issiqlik almashtirgich. 
 
Binoni isitish va issiq suv bilan ta’minlash quyosh qurilmalari issiqlik uzatish 
kombinatsiyalashgan  gelioyoqilg‘i  tizimi  tarkibiga kirib,  is’temolchini    quyosh 
energiyasi  hisobiga  yillik  issiqlik  extiyojini  to‘la  qoplashga  xizmat  qiladi. 
Issiqlikni  rezerv  manbai  mo‘ljaldagi  issiqlik  extiyojni  to‘la  qoplashga  xizmat 
qilishi  kerak.  Ayrim  xollarda  esa,  gelioqurilmalar  unumdorligidan  to‘la 
bo‘lmagan  miqdorda  foydalanib,  qolgan  qismini  zaxirada  saqlash  imkoniyati 
ham  yaratilishi  mumkin.  Buning  uchun  binolar  hozirgi  zamon  issiqlikni  tejash 
va energiyani saqlashning  zamonaviy talablariga to‘la javob beradigan bo‘lishi, 
uning  barcha  elementlari  va  gelioqurilmasi    jixozlari  ayniqsa  puxta 
loyihalashtirilgan  bo‘lishi  kerak.  Sanab  o‘tilgan  barcha  shartlarga  to‘la  rioya 
qilingan  taqdirda  quyosh  energiyasidan  foydalanish  samaradorligining  eng 
yuksak darajasiga erishish mumkin. 
Issiq  suv  is’temoli  sutkasiga  40  litr  bo‘lganda,  O‘rta  Osiyo  iqlim  sharoiti 
uchun  yig‘ish  yuzasi  1  m
2
  bo‘lgan  kollektor  va  sig‘imi  50  litr  bo‘lgan  bak-
akkumlyator yetarli. Bunday tizim, suvni 10 ºC  dan 50 ºC gacha isitish uchun 
yetarli va yiliga 0,15 t organik yoqilg‘ini iqtisod qilish imkonini beradi. 
Mavsumiy  muzlash  ochiq  konturda  issiqlik  tashuvchi  sifatida  suv 
ishlatiladi.  Agar  yetarli  antifriz  qo‘shish  imkoniyati  bo‘lmasa,  yilning  sovuq 
vaqtlari qurilma bo‘shatilishi lozim. Chunki, suv muzlaganda kengayib trubani 
yorib  yuborishi  mumkin.  Yuqoridagilarga  ko‘ra  bunday  tizimlar  yil  davomida 
issiq bo‘ladigan regionlarda yoki mavsumiy qo‘llanilishi mumkin. 
Yopiq  konturli  qurilmalar  bu  qurilmalarning  eng  ko‘p  tarqalgan 
ko‘rinishi.  Ular  ochiq  konturli  qurilmalarga  qaraganda  murakkabroq.  Chunki, 
ularga  o‘ziga  xos  unsurlar  (issiqlik  almashtirish  nasos  va  boshqa)  mavjud. 
qurilmalarning  unumdorligi  har  doim  issiqlik  almashtirgich  unumdorligiga 
bog‘liq.  Shuning  katta  qurilmalarda  yassi  issiqlik  almashtirgichlarni  qo‘llash 
maqsadga  muvofiq.  Yopiq  konturli  qurilmalarda  birlamchi  kontur  suyuq 


 
57 
antifriz-suv  eritmasi  bilan  to‘ldirilgan.  Ko‘proq  konsentiratsiyasi  20-30% 
bo‘lgan gilikol hodisasi hisoblangan antifriz ishlatiladi. 
Qurilmalarning  boshqa  turlari  xam  mavjud  bo‘ladi,  ular  orasida 
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
Kompakt  bloklar  axolini  issiq  suv  bilan  ta’minlash  uchun  ishlatiladi.  U 
(konstruktor) tipdagi oddiy qurilma bo‘lib, barcha kerakli unsurlarni o‘z ichiga 
oladi. Ular yig‘uvchi yuza (2 dan 8 m
2
 gacha), akkumulyator-bak (sig‘imini 150 
dan  300  litrgacha)  va  zaxira  tizimi  (akkumulyator  ichiga  joylashgan  elektrik 
isitgich)larni o‘z ichiga oluvchi yagona blokdan tashkil topgan. Ularni o‘rnatish 
uchun  kerak  bo‘lgan  uskuna  va  jixozlarga  nasoslar,  elektr  energiya  manbai, 
vodoprovod bilan bog‘lovchi quvurlar va is’temolchidagi issiq suv krani kiradi. 
Ularning  afzalligi  montajning  soddaligi  va  boshqa  qurilmalarga  nisbatan  past 
qiymatga  ega  ekaligidadir. Bu  ularning ommaviy  ravishda  ishlab  chiqarishning 
asosiy sababidir. 
Quyosh  issiqlik  energiyasi  binolarni  isitish  uchun  muvoffaqiyatli 
qo‘llanilmoqda. Quyosh energiyasidan foydalanib isitilgan suyuqlikning harorati 
(500  ºC  atrofida)  pol  ichidan  isituvchi  yoki  «ventilyator-zmeyevik»  turli 
tizimlarda  foydalanish  uchun  yetarlidir.  Oddiy  issiq  suv  radiatorlarni  qo‘llash 
maqsadga muvofiq emas, chunki kollektordan chiqishdagi ishchi xarorat yetarli 
darajada  past  (80  ºC  atrofida).  Quyosh  isitgichning  asosiy  afzalligi  shubhasiz 
uning   past qiymatidir.  Shunga qaramasdan  agar qo‘shimcha  (rezerv)  energiya 
manbasinini  o‘z  vaqtda  ishga  solinmasa,  binodagi  issiqlik  zaxirasi  yo‘qolishi 
mumkin.  Chunki,  yilning  sovuq  vaqtida  issiqlikka  bo‘lgan  talab  eng  yuqori 
bo‘ladi.  Boshqa  kamchiligi  «ventilyator-zmeyevik»  tizimining  samaradorligini 
kamaytiradi. Lekin, shunga qaramasdan, tizimning avtonom ravishda ishlashi va 
uning atrof muxitga zarar keltirmasligi tufayli uni ba’zi bir binolarda ishlatilishi 
istiqbolli hisoblanadi. 
Odatda,  isitish  qurilmasi  issiq  suv  ta’minoti  tizimi  bilan  boshqaruvchi 
moslama  orqali  birlashtiriladi.  Boshqaruvchi  moslama  issiq  suvga  talab 


 
58 
bo‘lganda  qurilmani  ishga  tushiradi  yoki  harorat  past  bo‘lgan  paytlarda  isitish 
tizimini foydalanilgan issiq suv bilan ta’minlaydi. 
   Quyosh  energiyasining  qo‘llanishi  ko‘rib  chiqilgan  hollarida  issiqlik 
ta’minoti  faol  tizimidan  foydalaniladi.  Bundan  tashqari,  passiv  tizimlar  ham 
mavjud. 
Quyosh  issiqlik  ta’minoti  passiv  tizimlari  umumiy  aniqlanishi  bo‘yicha, 
binolar  qurilish  elementlari  tarkibini,  hamda  issiqlik  qabul  qilish,  yig‘ish  va 
ko‘chirish  vazifalarini  bajaradi.  Isitilayotgan  binolarga  issiqlik  berishning 
tanlangan sxemasiga ko‘ra quyosh issiqlik ta’minoti passiv tizimning ikki asosiy 
ko‘rinishga  ajratish  mumkin:  Issiqlikni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  uzatuvchi  tizimlar, 
massiv  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  orqali  ishlatilayotgan  binolarga  issiqlikni 
uzatishga asoslangan tizimlar. 
Massiv  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  orqali  isitilayotgan    binolarga  issiqlikni 
uzatishga asoslangan tizimlarda quyosh nuri bevosita ichiga kirmaydi va tashqi 
to‘siq  konstruksiyalar  bilan  birga  joylashtirilgan  issiqlik  qabul  qiluvchilar 
tomonidan singdiriladi. Ular issiqlik yig‘uvchilar hisoblanadi. 
Shuningdek,  mamlakatimizda  turli  maqsadlarida  (issiq  suv  ta’minoti, 
isitish,  quritish  va  hokazo)  past  potensialli  quyosh  energiyasidan  samarali  va 
amaliy foydalanishning qator misollari bor. 
 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish