Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Quyosh  isitish tizimlari aktiv va passiv qurilmalari issiqlik yuklamasi



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/61
Sana08.05.2021
Hajmi1,97 Mb.
#63850
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61
Bog'liq
issiqlik taminoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash

3.2. Quyosh  isitish tizimlari aktiv va passiv qurilmalari issiqlik yuklamasi 
 
Sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi  texnologik  jarayonlari,  isitish  va  issiq  suv 
ta’minoti hamda havoni mo’tadillash uchun past va o‘rta temperaturali issiqlik 
ishlab  chiqarish  quyosh  energiyasidan  foydalanishning  asosiy  yo‘nalishlaridan 
biridir.  Respublika  yoqilg‘i-energetik  balansi  hisobidagi  energiya  miqdorining 
25%  isitish  va  issiq  suv  ta’minotida  iste’mol  qilinadi.  Shuningdek, 
respublikaning  radiatsiya-iqlim  sharoitida  isitish  va  issiq  suv  ta’minoti  uchun 
quyosh  energiyasidan  foydalanish  texnikaviy  va  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  eng 
samarali hisoblanadi. 
      Eng  qulay  iqlim  sharoitiga  ega  bo‘lgan  janubiy  mintaqalarda  uy-joy-
kommunal  xo‘jalik  sohasida  iste’mol  qilinadigan  umumiy  issiqlik  miqdorining 
50...70%  issiq  suv  ta’minotida  ishlatiladi.  Lekin  isitish  ta’minotiga  qaraganda 
issiq  suv  ta’minotiga  qo‘yiladigan  talablar  ancha  past.  Bunday  omillarning 
ko‘rsatishicha,  quyosh  energiyasi  tizimlarini  birinchi  navbatda  issiq  suv 
ta’minoti uchun joriy qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
      Individual  xo‘jaliklar  rivojlanishi  bilan  quyosh  qurilmalariga  (avtonom  va 
ekologik toza energiya manbai sifatida) bo‘lgan talab ortib boradi. 
      Quyosh  qurilmalari  kommunal-xo‘jaliklarda,  shaxsiy  uylarda,    madaniy  va 
maishiy xizmat hamda davolash muassasalarida keng qo’llaniladi. Shuning bilan 
birga  issiq  suv  ta’minot  darajasi  turmush  tarzini  belgilaydi  va  insonlarning 


 
77 
yashash  sharoiti  yaxshilangan  sari  issiq  suv  iste’moliga  bo‘lgan  talab  ortib 
boradi.  An’anaviy  energiya  manbalardan  uzoqda  joylashgan  mintaqalarda 
quyosh  qurilmalaridan  keng  foydalanish  energetik,  ekologik  va  sotsial 
axamiyatga ega. 
      Shu  nuqtai  nazardan  "Qashqadaryo  viloyati  sharoitida  binolarni  quyosh 
energiyasi bilan isitish va issiq suv ta’minoti" mavzudagi magistrlik ish dolzarb 
hisoblanadi. 
      Isitish ta’minotida  foydalaniladigan    quyosh   tizimlari   quyosh  energiyasini 
to‘plash,  akkumulyatsiyalash  hamda  to‘plangan  issiqlikni  isitish  va  maishiy-
xizmat  talablari  uchun  zarur  bo‘lgan  rejimda  o‘tkazib  beradi.  Issiqlik 
tashuvchiga qarab quyosh isitish tizimlari ikki xil bo‘ladi: suvli va havoli isitish 
tizimlari. Har qanday quyosh issiqlik ta’minoti tizimi quyidagi qismlarga ega: 
1) quyosh kollektori, suv yoki havoni qizdirish uchun; 
2) akkumulyator, issiqlikni to‘plash va saqlab turish uchun; 
3) qo‘shimcha issiqlik manbai (isitish qozon qurilmasi)  - to‘plangan    quyosh 
issiqligi yetarli darajada bo‘lmagan vaqtda ishlatiladi; 
4) nasos, taqsimlovchi quvurli o‘tkazgichlar hamda boshqarish uchun kompleks 
qurilmalar tizimi. 
      Texnikaviy  nuqtai  nazardan  yillik  issiqlikka  bo‘lgan  talabni  to‘la 
qoplaydigan  quyosh  isitish  tizimini  qurish  mumkin.  Bu  holda  qo‘shimcha 
issiqlik  manbaining  zaruriyati  bo‘lmaydi.  Bunday  isitish  tizimi  sovuq  oylarda 
samarali  ishlaydi,  lekin  yilning  boshqa  oylarida  ancha  ko‘p  ortiqcha  issiqlikni 
chiqarib  turadi.  Iqtisodiy  jihatdan  bunday  isitish  tizimi  nihoyatda  qimmat  va 
unumli bo‘lmaydi. Shunga asosan quyosh isitish tizimlarini shunday loyihalash 
kerakki,  yillik  issiqlik  yuklamasining  faqat  ma’lum  bir  qismini  ta’minlaydigan 
bo‘lsin,  qolgan  qismi  esa  qo‘shimcha  issiqlik  manbai  qurilmasi  yordamida 
qoplansin. 
      Iqtisodiy  jihatdan,  an’anaviy  isitish  tizimlarini  loyihalashga  qaraganda, 
quyosh  issiqlik  ta’minoti  tizimlarini  loyihalash  jarayoni  aniq  meteorologik  va 
radiatsion  ma’lumotlarni  talab  etadi  hamda  murakkab  bo‘ladi.  Chunki  bunday 


 
78 
tizimlarda  "sarf  va  daromad"  degan  kattaliklarning  qarama  qarshiligi  yaqqol 
ko‘rinadi. Masalan, 20 m
2
  quyosh  kollektori  yordamida  issiqlik  yuklamasining 
40%  quyosh  issiqligi  bilan  qoplanadi.  Agar  quyosh  kollektorini  yana  20  m
2
  ga 
kengaytirilsa yana 30% issiqlik yuklamasi ta’minlanadi. Lekin kollektor yanada 
20  m
2
  ga  kengaytirilsa,  faqat  yana  15%  issiqlik  yuklamasi  qoplanadi.  Demak 
kichik yuzali kollektorga ega bo‘lgan quyosh isitish tizimlarida 1 m
2
  kollektor 
yuzasidan issiqlik chiqarish unumdorligi yuqoriroq bo‘ladi. 
        Quyosh  kollektorlari  qimmat  baholi  qurilmalar  hisoblanadi.  Loyihalash 
vaqtida quyosh kollektorlarini va  boshqa qurilmalarni  shunday  tanlash kerakki, 
quyosh  isitish  tizimi  va  qo‘shimcha  isitish  qurilmasi  bilan  birga  issiqlik 
yuklamasini to‘la ta’minlaydigan va iloji boricha arzon bo‘lishi kerak. 
        3.4-  rasmda  eng  keng  tarqalgan  bak-akkumulyatorga  ega  bo‘lgan  suvli 
isitish  tizimi  keltirilgan.  Bunday  tizimlar  bir-biriga  bog‘lik  bo‘lmagan  ikkita 
konturlardan  iborat:  1-kontur  -  quyosh  kollektori  (1)  va  issiqlik  almashtirgich 
(2);    2-kontur  -  bak-akkumulyator  (3)  va  uy-xonasi  (5).  Quyosh  nurlanish 
energiyasi  hisobidan  kollektor  (1)  da  qizdirilgan  suv  issiqlik  almashtirgich  (2) 
orqali issiqlik akkumulyatori (3) da suvni qizdiradi.  
  
                                                         8       10          
                                         
                                                                          4 

                                  1           3             6                   5 
                                                        2 

 
     
     11      8                8   7  8                                     9    8   7   8         

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish