2.17-rasm. Yassi quyosh kollektori chizmasi. 1.shaffof yopqich, 2.
yig‘uvchi yuza, 3. qaytargich ekran, 4. issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam, 5.
korpus
61
Suv isitishga mo‘ljallangan yassi quyosh kollektori har xil materiallardan
(po‘lat, gips, alyuminiy, plastmassa va boshqalar) tayyorlanishi mumkin. Lekin,
ularning ishlashi bir xil prinsipga asoslangan.
Bu - «Parnik effekti» deb atalib, quyosh energiyasini singdirish va uni
minimal yo‘qotishlar bilan issiqlik energiyasiga aylantirishdan iborat.
Quyosh kollektorlari konstruktiv jihatdan bajarilishiga ko‘ra turlicha bo‘lishi
mumkin. Lekin, shunga qaramasdan konstruksiyalar quyidagi sanab o‘tiladigan
bir qator o‘xshash unsurlarga ega.
Yig‘uvchi yuza - quyosh kollektorlarining asosiy unsuri hisoblanadi. Odatda
u misdan tayyorlanadi. Lekin, ba’zi hollarda, alyuminiy va plastmassaning
maxsus turlari qo‘llanilishi mumkin. Yig‘uvchi yuza g‘ovak quvurlar qatoridan
tashkil topadi. U quvur ichida aylanayotgan suvga quyosh issiqligini beradi.
quyosh nurlari tushayotgan yuza shunday xususiyatga ega bo‘lishi kerakki,
energiya yo‘qolishining minimal darajasida nur oqimining singishi maksimal
bo‘lishi kerak. Bunday sifatga ega bo‘lgan yuzalar hosil qilish texnologiyasi
bizga ma’lumki, selektiv qoplama bilan qoplashdan iborat. Har bir ishlab
chiqaruvchi ko‘p xollarda, o‘z «nou-xau»sini qo‘llaydi. Ba’zi xollarda selektiv
qoplamalar bilan qoplash o‘rniga kollektorning ishlash davri davomida quyosh
nuri ta’siri va haroratning sikllik ravishda o‘zgarishiga chidamli bo‘lgan maxsus
bo‘yoqlar bilan yuzani qoplashda foydalaniladi. Yig‘uvchi yuzalarning ko‘plab
shakllari mavjud. Lekin, ularning ko‘pchiligi po‘lat konstruksiyali
«Payvandlangan yuzalar» prinsipi asosida (2.17-rasm) yoki misdan tayyorlangan
buyum uchun to‘siqli quvurlar panjarasi ko‘rinishida bo‘ladi.
Quyosh kollektorlarining o‘lchamlari turlicha 0,5 dan 4 m
2
gacha bo‘lishi
mumkin, lekin, ko‘p xollarda u 2 m
2
atrofida bo‘ladi.
Shaffof qoplama 3 ta asosiy funksiyani bajaradi: «Parnik effekti»ni yuzaga
keltirish, tashqi muxit ta’siridan kollektorni himoya qilish, energiya yo‘qolishini
kamaytirish.
62
Plastmassadan tayyorlanadigan shaffof qoplamali kollektorlarning
qo‘llanishi mavjud konstruksiyaning og‘irlik va tannarxini kamaytiradi.
Konstruksiya mustahkamroq bo‘ladi va shunga mos ravishda mexanik ta’sirga
chidamli bo‘ladi. Ammo, plastmassa tez eskiradi, ya’ni atmosfera ta’siriga u tez
kirishadi va uning o‘tkazish qobiliyati tushib ketadi. Shular bilan bog‘liq holda
qoplama sifatida maxsus sifatga va yuqori o‘tkazish qobiliyatga ega bo‘lgan
shishadan ko‘proq foydalaniladi. Shishaning qalinligi 4 mm dan kam
bo‘lmasligi kerak.
Issiqlik izolyatsiyasi - energiyaning tashqi muxitga sochilishi xisobiga
yo‘qolishini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Kollektorning yon tomonlari va
pastki yuzasi issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplanadi. Odatda, izolyatsiyalovchi
ashyo sifatida shisha tola, mineral paxta, penoplas va boshqa issiqlik
o‘tkazuvchanligi kam bo‘lgan materiallardan foydalaniladi. Bundan tashqari,
izolyatsiyalovchi va yig‘uvchi yuzalar o‘rtasida qaytaruvchi ekran
joylashtiriladi. U bu yuzalar orasidagi kontaktni oldini oladi va yig‘uvchi
yuzadan ajralib chiqayotgan energiyaning bir qismini orqaga ishchi hajmga
qaytaradi.
Korpus - bu konstruksiyaning tutib turuvchi unsuri hisoblanadi. Unda
kollektorning komponentlari joylashgan. U po‘latdan, alyuminiy qotishmasidan
va ba’zi hollarda plastmassadan tayyorlanishi mumkin. Korpus konstruksiyasini
tashqi ta’sirdan himoya qiladigan, ya’ni u ob-havo sharoitlari o‘zgarishidan
himoyalangan bo‘lishi va mexanik jixatdan mustahkam bo‘lishi kerak. Bundan
tashqari, uning konstruksiyasi kollektorni mahkamlash imkoniyatini berishi va
quvurlarni tutashtirish uchun bo‘laklarga bo‘linadigan birikmalarga ega bo‘lishi
kerak.
Kollektor ishi samaradorligi uni tavsiflovchi egri chiziq yordamida
aniqlanadi (2.18-rasm). U kollektor foydali ish koeffitsenti (FIK) bilan
o‘lchamsiz parametr T
ni bog‘laydi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
T =U
0
T
u
-Т
ur
(2.9)
bu yerda:
63
I -tushayotgan quyosh radiatsiyasi zichligi Vt/m
2
T
u
-kollektorga kirishdagi xarorat
0
С
Т
ur
-tashqi muxit xarorati
0
С
U
0
-10 Vt/m
2
(miqyosiy koeffitsenti) .
2.18-rasmda ko‘rinib turibdiki, tashqi muxit va kollektorga tushayotgan
suyuqlik haroratini o‘zaro teng bo‘lganda kollektor maksimal samara bilan
ishlaydi. Kollektorga kirishdagi suyuqlik haroratining ko‘tarilish bilan uning
FIKi tushadi va shunday fursat keladiki, kollektor orqali o‘tayotgan suyuqlik
harorati ko‘tarilmaydi, ya’ni kollektor FIKi nolga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |