Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti


Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma‘naviyatini ko`tarishdagi o’rni



Download 79,5 Kb.
bet2/4
Sana31.10.2020
Hajmi79,5 Kb.
#50702
1   2   3   4
Bog'liq
jadidchilarning marifatparvarlik harakatlari va ularning xalq manaviyatini yuksaltirishdagi orni

1. Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma‘naviyatini ko`tarishdagi o’rni.

Insoniyat jamiyati taraqqiyotida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tish ma‘rifatparvarlikdan boshlanib, zamonaning yetuk, ongli, bilimli kishilari ma‘naviyat va ma‘rifat tarqatadilar. Natijada ma‘rifatli kishilar ma‘naviy qaramlik, qo’rquv va xadiksirashni bartaraf etib, beqiyos kuch-qudrat, saloxiyat egasi bo’ladilar.

Ma‘rifatli kishilar millat va Vatan ozodligi, Xalqning ma‘rifiy o’yg’oqligi va ma‘rifati uchun ko’rashadilar. Aynan shu nuqtai nazardan bizning Xalqimiz hamisha ma‘rifatga intilib kelgan. Shu boisdan dunyoviy va diniy ilmlarni uyg’unlashtirib, jaxon sivilizatsiyasiga buyuk xissa qo’shib kelganlar. Ular Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Buxoriy, Moturudiy, Mirzo Ulug’bek va boshqa ko’plab allomalardir.

Shu nuqtai nazardan Turkiston ma‘rifatchilik maktabi boy o’tmish va ulkan merosga egadir. Masalan: Maxmudxuja Bexbudiy, Munavvar kori Abdurashidxon o’g’li, Abdukodir Shakuriy, Ashurali Zoxiriy, Saidrasul Said Aziziy, Axmad Donish, Chulpon, Avloniy, Tavallo, Ayniy kabilar XIX asrning ikkinchi yarmida, mamlakatni milliy zulm va qoloklikdan yagona qo’tqarishning yo’li Xalqni ma‘rifatga erishishtirish deb tushunib, shu yul orqali ozodlik uchun ko’rash olib bordilar. Ular dunyo mamkatlarini ko’rib kelib, mustamlaka zulmidan ilm-ma‘rifat chirogini yoqish bilangina ozod bo’lish mumkinligini tushunib yetdilar. Shuning uchun ham yangi maktablarda nazariy va amaliy ishlarni qildilar. Bularni jadidlar deb atadilar. Demak, jadidchilik millatni ma‘rifat va ma‘naviyatga erishtirishga qaratilgan o’z zamonasidagi harakatdir.



Jadidchilik - yangilanish, yangi zamonaviy maktab-maorifni targib kiluvchi g’oya bo’lib, u Turkistonni feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, millat va Vatanni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqib, milliy davlat barpo etish, Konstitutsiya, parlament va Prezident boshqaruvi asosida ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat maqomini berish, milliy armiya to’zish kabi maqsadlardan iborat edi. Demak, Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik harakati sifatida tarixga kirgan bo’lib, ular dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma‘rifat va taraqqiyotga erishish g’oyalari mavjud edi. Ular erkinlikka erishish yo’lida milliy ong va o’zlikni bilishni o’stirish zarur, deb ta‘kidlaganlar.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston jamiyatida ma‘naviy inqiroz chuqurlashgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umumsoni qadriyatlardan baxramand bo’lmay, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ymay, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga erishib bo’lmas edi. Shu sababli jadidlar millatning ma‘naviy kamoloti ma‘rifatga erishuvida deb to’shundilar. Buning uchun maktablarda dunyoviy bilimlar berish bilan isloh qilish zaruriyatini ta‘kidlab, milliy uyg’onish va milliy ong shaklanishida muhim rol uynaganlar.

Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishidir. Shuning uchun biz bu o‘rinda masala bayonini ma’rifat va ma’rifatparvarlik tushunchalari va uning ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik.

Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma’rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’rifat so‘zining ko‘pchilikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifat atama sifatida – tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani – bilimli, muayyan sohada ma’lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya’ni ma’rifatning ma’lum sohasinigina egallashga erisha oladi. Masalan, kimyoning ma’lum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya, medisina va boshqalarning ham ma’lum yo‘nalishlarini egallaydilar.

Ma’rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak ma’rifat - bilim va madaniyatning qo‘shma mazmuni bo’lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir.

Ma’rifat asosan umumiy va o‘rta maxsus bilim beruvchi maktab va o‘quv yurtlarida tarqatiladi. Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo‘lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o‘z ichiga oladi.

Jamiyatda ma’rifat, ya’ni bilim ma’rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma’rifatparvar – ma’rifat uchun ko’rashuvchi; ilm, bilim chirog‘ini yoquvchi; ma’rifat homiysi va tarafdori demakdir.

Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o‘tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng yetuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadilar. Ma’rifatparvarlar odatda davr uchun, jamiyatninng, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim g‘oyalarni ilgari suradilar, shu g‘oyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar.

Ma’rifat ma’naviy qaramlik, qo‘rquv va hadisni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat bahsh etadi. Shuning uchun ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma’rifiy uyg‘oqligida deb biladilar va ma’rifat uchun kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma’rifatga intilib yashagan. Bu o‘lkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar yetishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, ham diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini hayratga solganlar. Bunga 1998 yilda Ahmad al Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi va hadis ilmi sultoni Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi keng nishonlanganligini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.

O‘tmishda ijod etgan allomalarimiz al Farobiy, al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va boshqalar nafaqat ilm cho‘qqilarini egallab qolmay, uni - ya’ni ma’rifatni keng targ‘ib etganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar.

Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tizim va jaholatga, ma’naviy qullik va zulm-zo‘ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma’rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilm fan madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o‘lkani, uning kishanlarini ilm chirog‘i bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin ekanini chuqur his etdilar. Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishda ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini ko‘rsatdilar.

Ko‘rinadiki, jadidchilik, ma’rifatchilik ham millatni ma’rifatli qilish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yo’zaga kelgan buyuk tarixiy harakatdir.

Jadidchilik - yangilanish, yangi usul ma’nosini anglatadi. U yangi zamonaviy maktab, matboa, milliy taraqqiyot usullari, yo‘llari tarafdorlarining umumiy nomi.

Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari: Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitusion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo‘shin to’zish va boshqalardan iborat.

Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yo’zaga kelgan, o‘zbek xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar yetakchilik qilgan. O‘lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo‘ydilar. Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o‘stirish zarurligini payqadilar. Shu orqali milliy uyg‘onish yasamoqchi bo‘ldilar. Buni esa ta’lim va tarbiyada - ma’rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta’lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo‘lida hormay-tolmay ishladilar.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Bu davrlarda jamiyatning ma’naviy inqirozi chuqurlashgan bo‘lib, milliy madaniyatni ko‘tarmay, umumsoni qadriyatlardan bahramand bo‘lmay ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo‘lga qo‘ygan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo‘lmas edi. Jadidlar, ya’ni ma’rifatchilar millatning ma’naviy kamoloti yo‘lida o‘zining butun kuchi va iste’dodini safarbar etishga tayyor bo‘lgan fidoyilar edi.

Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqog‘idan olib chiqish uchun harakat qilar ekanlar, bunda shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish g‘oyasini ilgari surganlar va bu borada o‘zlari amaliy harakat namunasini ko‘rsatganlar.

Xullas, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida milliy uyg‘onish va milliy ong yuksalishida katta rol o‘ynagan.

 Jadidchilik g‘oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo‘jayev, So‘fizoda, Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar g‘oyat og‘ir sharoitlarda targ‘ib etishga harakat qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini yerga urishga yo‘l qo‘ymaslik borasida katta ishlar qilganlar. Ma’rifatchi jadidchilar og‘ir moddiy qiyinchiliklar, g‘oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab, mas’uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor to‘yg‘usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o‘z zimmalariga oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o‘zlari dars berar, o‘quv qo‘llanmalari yozar, nashr etar va bu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatar edilar. Bu yo‘lda hatto o‘z mablag‘larini ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Biz erkin fuqarolik jamiyatini qurishni, barpo etishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz. Bu ulug‘vor vazifalarni hal etish, Prezidentimiz Islom Karimov «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblari, ya’ni «O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz»da: «Bugun jamiyatimiz oldida turgan bu ulug‘vor va murakkab vazifalarni hal qilish, eng avvalo, ta’lim tarbiya, ma’rifat masalasiga borib taqaladi. Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb etish kerak. Matbuot orqali, televideniye orqali odamlarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarbiyalash, maktab-maorif tarmoqlariga homiylik, saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish zarur»[ -deb ta’kidlaganlarida yuqorida biz qalamga olgan fidoyi, saxiy, millatparvar insonlar kabi bo‘lishga bizni chorlayotgan bo‘lsalar, ne ajab!

Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyandasi, uning nazariy asoschilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiydir (1879-1919).

Behbudiy Samarqand shahrida ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqadi, hisob, xuquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboq oladi.

U haj ziyoratini ado etib, Makka va Madinaga boradi. Misr va Turkiya shaharlarida bo‘ladi. Peterburg, Minsk, Qozon, Ufa va Orenburg kabi Rossiya shaharlarida bo‘lib yangi davr madaniyati bilan yaqindan tanishadi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy, bolalarga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olish uchun taraqqiy topgan mamlakatlardagi o‘quv yurtlariga yuborish kerak, degan masalani o‘rtaga tashladi. U quyidagi uch qoidani olg‘a surdi: 1) zamon talablaridan kelib chiqib ish ko‘rish; 2) millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish; 3) milliy boqiylikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy munosabatlarda jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish. Asrimiz boshlarida ilgari surilgan bu qarashlar hozirgi davrimiz uchun mosligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning bunday ilg‘or fikrlari mustaqil Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida olib borayotgan siyosati bilan hamohangdir. Bunga Behbudiy orzu-umidlarining ruyobga chiqishi, deb qaramoq lozim. Behbudiy ma’rifatning ozodlikka olib borishdagi rolini yaxshi tushundi. U shunday yozadi: «Maorif bo‘limida ishlayturg‘on musulmonlarning boshini silangiz... o‘rtadan niqobni ko‘taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar. Hammaga ozodlik yo‘lini ko‘rsatingizlar...»[2] Mahmudxo‘ja Behbudiy erksevarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari uchun ta’qib ostiga olindi va o‘ldirildi.

Jadidchilik harakatining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan yana biri Munavvarqori Abdurashid o‘g‘li (1878-1931). U Toshkentda tug‘ilgan. Munavvarqori ham boshqa jadidchilar kabi Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotining asosiy omili deb xalqni savodli va ma’rifatli qilishni tushunadi. U ana shu fikrdan kelib chiqib, Toshkentda 1901 yilda yangi uslubdagi maktabni ochadi, unga rahbarlik qilib, musulmon bolalarni o‘qitadi. O‘z zamonasi uchun maqbul bo‘lgan «Adibi avval», «Adibi Soniy», «Yer yo’zi» kabi darsliklar yozadi. U ko‘proq yetimlarni, beva-bechoralarning bolalarini o‘qitishga ahamiyat beradi.

Munavvarqori ta’lim-tarbiya ishlarini isloh qilmay, xalqning ongini oshirmay, madaniy saviyasini ko‘tarmay jamiyatda katta o‘zgarishlar qilish aslo mumkin emasligini tushunib yetadi.

Munavvarqorining millat taraqqiyoti uchun olib borgan g‘oyalari tufayli sobiq zo‘ravon Sho‘rolar hukumati uni ta’qib ostiga oldi. 1931 yil 25 aprelda esa otib tashlandi.

Milliy uyg‘onishga chorlovchi g‘oyalarni ilgari surgan jadid harakatining yana bir yirik vakili Abdulla Avloniydir. U millatning ma’naviy inqirozda bo‘lishini tanqid qildi, barchani savodli bo‘lish, zamonaviy fan, madaniy yutuqlarni egallashga chaqirdi. Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir» degan g‘oyasi ma’rifatparvarlik, jadidchilik harakatining dasturini tashkil etadi. U ma’rifatparvar safdoshlari singari mazlum Turkiston ahlini ilm-ma’rifat ziyosidan bahramand qilishda unitilmas xizmatlar ko‘rsatdi. «Turkiy Guliston yoxud axloq» kitobida ma’rifat, ilm-fanning jamiyat taraqqyotida tutgan o‘rni haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Allomaning qarashlarini o‘rganish – bugun o‘zligimizga qaytish jarayoni kechayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz shu o‘rinda allomaning asaridan quyidagilarni qayd etishni lozim topdik. «Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To‘g‘ri yo‘lga rahnamolik qilib, dunyo va oxiratda mas’ul bo‘lishimizga sabab bo‘lur. Bizlarni ilm jaholat qorong‘uligidan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur. Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttirur...

Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur».

Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq Sho‘rolar to’zumi davrida nihoyatda fojiali bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun millatchi, «panturkist» degan tamg‘a bosilib, qatag‘on qilindi, jadidlar g‘oyalari va harakatiga qora chiziq tortildi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini yana bir asrga orqaga surdi. Jadidchilik bir asr davomida avval kommunistik g‘oyaning tazyiqida, keyinchalik esa iskanjasida bo‘lib, to‘la ravishda namoyon bo‘la olmadi. Uning zaminlari shakllanishi tarzini o‘rganishga intilganlar ham tazyiq ostiga olindi. Uni o‘rganishga intilganlar ham ta’qib qilindi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik g‘oyalari, ma’rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Jadidlarning g‘oyalari o‘lmas g‘oyalar bo‘lgani uchun ham mustaqillik bilan birga hayotimizga qayta kirib keldi.


Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish