MA’RUZA №27
Quduqlarni asoratlashgan sharoitda ishlatish
Ma’ruza rejasi
27.1.Neft konlarini ishlatishni hozirgi kun muammolari va ularni
yechimlari
27.2.Qatlamlarni ishlatish obyektlariga oqilona birlashtirish
27.3.Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan asosiy
muammolar
28.1.Neft konlarini ishlatishni hozirgi kun muammolari va ularni yechimlari
O‗zbekistonda hozirgi kunda sanoat miqiyosida ishlatilayotgan ko‗plab neft
konlari mavjud. Hozirgi kunda ishlatilayotgan obektlar bundan 20-30 yil
oldingilaridan tubdan farq qiladi. Gigant va katta konlar ma‘lum usullar yordamida
ishlatilib bo‗lindi. Zamonaviy yuqori texnologik imkoniyatlarga ega qiduruv
natijalari yordamida olinishi murakkab, ko‗plab kam maxsuldor neft uyumlari
ochildi. U yoki bu sabablarga ko‗ra olinishi qiyin bo‗lgan konlar soni tezda ko‗paydi.
Bunday qazib olinishi murakkab bo‗lgan konlarga quyidagilarni misol qilib olishimiz
mumkin: yoriqli va yoriqli-g‗ovakli qatlamli, musbat haroratlarda qotuvchi kichik
qovushqoqli yuqori parafinli neftli va baland, yuqori va juda yuqori qovushqoqli
neftgaz va neftgazkondensatli konlar.
Neft konlarini ishlatishning deyarli barcha ma‘lum texnologiyalarining
asosini suv bostirish tashkil qiladi, bunga qatlamni nam va yuqori nam yondirish,
uglekislotani, turli polimerlarni, bakteriyalarni, to‗lqinli ta‘sirni va shu kabi bir
qancha texnologiyalarni qo‗shishimiz mumkin.
U yoki bu texnologiyalarni qo‗llanilishi samaradorligi nazariy yoki
ekspremental tekshirishlar orqali aniqlanadi. Neft qazib olish sanoatida ma‘lumki bir
qancha yangi texnologiyalarning nazariy baholanishidagi yutug‗lari amalda
tasdiqlanmagan. Bu holat nazariyaning to‗liq va aniq emasligidan yuz bergan. bo‗lib,
u bir jinsli monolit neft qatlamlaru uchun olingan. O‗tkazuvchanlig va qatlamni
bo‗luvchi o‗tkazmas qatlamchalar borligi bo‗yicha neft qatlamining yupqa
qatlamchalari va hududiy bir xil emasligini hisobga olinmaganda natija yaxshi bo‗lar
edi.
Dunyoda ko‗plab soha mutaxassislari 10-30 yil oldin qidirib topilgan
maxsuldorligi kichik, oddiy ishlatish usullari yordamida ishlatilganda iqtisodiy
tomondan o‗zini oqlamaydigan neft konlarini samarali ishlatish usulari ustida
ishlamoqdalar.
Bunday texnik yechimlar kompleksiga misol qilib, Rossiya iovatsion yoqilg‗i-
energetik kompaniyasi tomonidan maxsuldorligi past, yuqori qovushqoq neftli Tatar
neft koniga tavsiya qilingan ishlatish sistemasi olishimiz mumkin.
Rossiya inovatsion yoqilg‗i-energetik kompaniyasi tomonidan qabul qilingan
konni ishlatish sistemasi quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
1.Har xil neft qatlamlarini (yoki gorizontlarini) bitti umumiy ishlatish
obektiga ratsional birlashtirish.
Bu usul qatlamning neftberaoluvchanligini pasaytirmasdan, tasdiqlangan
neftberaoluvchanlik ko‗rsatkichini oshirishni ta‘minlasa, quduqning sutkalik neft
qazib olish ko‗rsatkichini oshirishni ta‘minlasa bunda birlashtirish ratsional
hisoblanadi.
Qatlamlarni birlashtirishda haydalayotgan suv bilan neftni siqib chiqraishning
bir xil bo‗lmasligi sezilarli darajada bo‗lib, shu bilan birgalikda neft qazib oluvchi
quduqlarda neft debiti ko‗payib, bir muncha ko‗p miqdorda suvlanganlik
ko‗rsatkichida ham qazib olishni davom ettirish imkonini beradi. Maxsuldorligi past
qatlamlarni tez-tez bunday birlashtirish birdan bir yo‗l va rentabelli ishlatish varianti
hisoblanadi.
2.Neft konini adaptiv ishlash sistemasi orqali ishlatish. Bunda kon bir yoki
bir necha ishlatish obektiga ajratiladi. Bu usulda kon kvadrat ko‗rinishida teng
taqsimlangan o‗za aro kelishilgan bir yoki birnecha oluvchi va haydovchi quduqlar
to‗ri zichligi yordamida ishlatiladi.
Adaptiv sistemanin muhim tomonlaridan biri quduqlarni burg‗ilash
markazdan chetga qarab, yaniy ma‘lumdan noma‘lumga, yaxshidan yomonga; qarab
olib bolriladi. Bu qatlamni sanoat miqiyosida ishlatish uchun ma‘lumot olish
imkoniyatini beradi.
3. Haydovchi quduqlarga suvni individual tarzda yuqori bosim bilan haydash.
Bu haydovchi va uni o‗rab turgan oluvchi quduqlar birgalikda ishlashini
optimallashtirad; qatlam bosimini boshlang‗ich darajasidan yuqori bo‗lishini
ta‘minlaydi va debitning yaxshilanishining imkonini beradi; neftning suvli zonaga
oqib ketishini oldini oladi.
4. Neft qatlamini perfaratsion kanalining chuqurligi 50-100 sm bo‗lgan,
chuqur intensiv perfaratsiya qilish.
Quduqni burg‗ilash va neft qatlamini o‗zlashtirish yuqori sifat bilan amalga
oshirilishi kerak bo‗ladi. Burg‗ilash qatlam bosimi va quduq tubi bosimi teng rafishda
amalga oshiriladi.
Kelajakda ―quduq – archa‖ dan foydalanish rejalashtirilmoqda, yani vertikal
quduqqa shoxlar ko‗rinishida birnechata diametri 100 mm va uzunligi 20-60 metr
bo‗lgan gorizontal kanalchalar hosil qilingan quduqlardan foydalaniladi. Bu quduqlar
yuqori muoffaqiyatli va ishonchli bo‗lgan oddiy gorizontal quduqdek maxsuldorligi
2-3 marta yuqori bo‗ladi.
5. 5-dyumli ishlatish tizmalarining o‗rniga 6-dyumligini qo‗llash.
Bu tadqiq qilish, ishlatish, quduqni ta‘mirlash sezilarli osonlashtiradi va uning
xizmat davrini uzaytiradi. Barcha quduqlar sistemasi ishining ishonchliligi hisobiga
joriy va jami neft qazib olish ortadi.
6. Haydovchi quduqqa suv va qazib olingan yuqori qovushqoqli neftning
uncha katta bo‗lmagan qismini navbat bilan haydash.
7. Gaz uyumidan olingan tabiiy yuqori bosimli keng frontal gaz bilan suv
bostirish. Bu usul qovushqoq neftni siqishni yaxshilaydi va neftberaoluvchanlikni
oshiradi.
8. Ishlab bo‗lingan suvlanganligi yuqori qatlamlarni to‗sqichlar va
qo‗shimcha 4-dyumli ishlatuvchi tizmalar bilan to‗sish.
Bu ko‗p qatlamli konlarni ishlatishda obektlarning bir xil emasligida qo‗l
keladi.
9. Yuqori qovushqoq neftli qatlamlarni ishlatishda qazib oluvchi quduqlarni
statsionar elektroqizdirish usulini qo‗llash.
Bunda harorat 100
о
С gacha ko‗tarilib, boshlang‗ich qatlam haroratdan 4
marta yuqori bo‗ladi. Haroratning 4 marta ko‗tarilishi neftning qovushqoqligini 64
marta pasaytiradi va neft qatlamining quduq tubi atrofida sizish qarshiligini
pasaytiradi. Natijada neft qazib oluvchi quduqning maxsuldorligini oshiradi. Bundan
tashqari asfaltosmoloparafinli cho‗kindilarga qarshi kurashish vosita hisoblanadi.
10. Qazib oluvchi va haydovchi quduqlar ustidan doimiy yuqori aniqlikda
nazorat(belgilangan suyuqlik va neft qazib olishni, suvlanganlikni, suvbostirishni,
quduq tubi va qatlam bosimini va boshqa parametrlarni nazorat qilish) olib borish.
Aniq nazorat haydovchi va qazib oluvchi quduqlarni ishni optimallashtirish
uchun muhandislik yechimlarini qabul qilishda asos bo‗lib xizmat qiladi. Shuning
uchun nazorat yuqori aniqlikda bo‗lishi kerak.
Neft konlarining ishlatish obektlari bo‗yicha neft zaxiralarini qazib olish
bo‗yicha doimiy monitoring olib borilishi shart. Buning uchun quduq va barcha
quduqlar jamlamasi bo‗yicha, ishlatish obektlari va uning qismlari bo‗yicha
suyuqlik va neft qazib olish ko‗rsatkichlari va geologik zaxiralar solishtirilib nazorat
qilib boriladi.
Neft konlarini ishlash oxir oqibat iqtisodga taqaladi: ishlash iqtisodiy
tomondan samarali bo‗lishi shart. Loyihalash vaqtida neft bahosini va soliqlarini, neft
qatlamining mahsuldorligini, siziluvchi flyuidlarning xossalarini, qazib oluvchi va
haydovchi quduqni joylashtirish geometriyasini, qo‗llanilayotgan quduq tubi
bosimini, joriy va kapital iqtisodiy xarajatlarni, banklardan to‗lov uchun olinadigan
kreditlarni hisobga olvchi ratsionallik kriteriyasi qo‗llaniladi. Quduqlar to‗rining
rasional zichligini tanlash yuqoridagi keltirilgan faktorlar hisobga olingan holda
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |