Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»


Neftni unda aralashuvchi eritmalar bilan siqish



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

7.1. Neftni unda aralashuvchi eritmalar bilan siqish. 
 
Sirt-molekulyar kuchlarni neft beraolishlikka salbiy ta‘sirini qisman yoki to‗la 
yo‗qotishga  qatlamda  siqiluvchi  faza  (neft)  siquvchi  faza  (gaz,  erituvchi)  bilan  bir-
birini ajratuvchi chegara hosil qilmasdan aralashib (qo‗shilib) ketadigan sharoit hosil 
qilish  yo‗li  bilan  erishsa  bo‗ladi.  Ikki  suyuqlik  orasida  ajratuvchi  chegaraning 
bo‗lmasligi  faqatgina,  qachonki  ular  o‗zaro  eruvchan  va  bir  fazali  tizimni  tashkil 
qiladigan  sharoitda  mumkin.  Neft  qatlamida  siqiluvchi  va  siquvchi  fazalarning 
aralashishi deganda ma‘lum harorat va bosimda har qanday miqdoriy nisbatda o‗zaro 
bir-birida  to‗la  erishi  tushuniladi.  Bu  sharoyitga  asoslanib  so‗nggi  vaqtlarda  g‗ovak 
muhitdan neftni siqib chiqarishning quyidagi yangi usullari ishlab chiqilgan. 
1. Neftni suyultirilgan gaz bilan 8 MPa (80 Kgs/sm
2
)dan yuqori bosim ostida 
siqib  chiqarish.  Bu  usulning  mohiyati  shundan  iborat-ki,  unda  neft  hududi  ortidan 
hoshiya  hosil  qiluvchi,  qandaydir  miqdordagi  suyuq  propan  (yoki  boshqa 
suyultirilgan  gaz)ni  neft  qatlamiga  haydaladi  undan  keyin  esa  propanni  harakatga 
keltiruvchi  quruq  gaz  (asosan  metan)  haydaladi,  propan  esa  neftni  ishlatuvchi 
quduqlar  tomonga  suradi.  Propan-metan  va  gaz-propan  hududlarida  fazalarning 
aralashishi oqibatida bu fazalarning tutashish chegaralari bo‗lmaydi. Natijada, oddiy 
birlamchi  va  ikkilamchi  usullarda  neftni  to‗laroq  qazib  chiqarishga  qarshilik 
qilayotgan  kapilyar  kuchlar  ham  bo‗lmaydi,  neftni  siqish  darajasi  ancha  ortadi.  Bu 
jarayonni amalga oshirish uchun yuqori bosim talab qilinmaydi. Faqat bosim darajasi 
shuni  ta‘minlashi  kerak-ki  suyuq  propan  qatlam  nefti  bilan  va  propan  hoshiyasini 
siljituvchi gaz bilan to‗la aralashsin. 
Propan  suyuq  holatda  bo‗lishi  uchun  neftni  hoshiya  bilan  siqish  hududida 
bosim  erituvchini  qatlam  haroratida  bug‗lanish  (gazga  aylanish)  bosimidan  yuqori 
bo‗lishi lozim. 
2.  Neftni  14  MPa  (140  kgs/sm
2
)dan  yuqori  bo‗lgan  bosimda  yog‗li  (moyli) 
yuldosh  yoki  to‘yintirilgan  gaz  bilan  siqish.  Usulning  mohiyati  shundan  iborat-ki, 
unda  neft  qatlamiga  bir  qancha  darajada  oraliq  uglevodorodlari  (С
2
  -  С
6
)  bilan 
to‗yintirilgan  -  ko‗pincha  propan  haydaladi.  Bu  uglevodorodlarning  neftdagi 
konsentratsiyasi  gazdagiga  nisbatan  past  bo‗lgani  uchun  ularni  neftda  erishi  sodir 
bo‗ladi. Natijada neft «bo‗kadi» va hajmi oshadi, bundan kelib chiqib esa qatlamning 
neftga to‗yinganligi ortadi. Shu davrda neftni ishlatuvchi quduqlar tomonga oqimini 
yengillatuvchi, g‗ovak muhitni neft uchun nisbiy o‗tkazuvchanligi ko‗payadi. Bundan 
tashqari, qoldiq neftninng qovushqoqligi unda oraliq uglevodorodlari (С
2
 – С
6
) erishi 


natijasida  kamayadi,  bu  ham  o‗z  navbatida  neftni  samarali  qazib  chiqarishga  olib 
keladi. 
3. Neftni yuqori bosimli quruq gaz bilan siqish (21 MPa dan yuqori bo‗lgan 
bosimda). Bu jarayonda siquvchi agent asosan metandan iborat bo‗lgan gaz bo‗ladi. 
Bu  uglevodorodlar  neftdan  ularni  qayta  bug‗lanishi  natijasida  ajralishi  mumkin; 
ma‘lum  harorat  va  bosimda  neft-gaz  tizimi  bir  fazali  holatga  o‗tadi.  Bunday  o‗tish 
uchun  quyidagilar  zarur:  birinchidan,  neft  tarkibida  ko‗p  miqdorda  oraliq 
komponentlar (С
2
  - С
6
) bo‗lishi, shuningdek neft yengil bo‗lishi kerak; ikkinchidan, 
siqish hududida yuqori bosim zarur.  
Neftni  unda  aralashuvchi  eritmalar  bilan  siqishda  siqiluvchi  va  siquvchi 
fazalar orasidagi tutashish chegarasini yo‗qotish, g‗ovaklar devoriga yopishgan neftni 
kuchsizlantirish,  plyonka  va  kapilyar  -  ushlangan  neftni  olishda,  erish  va  qayta 
bug‗lanish jarayoni katta ahamiyatga ega. Birinchi holatda bir suyuqlik ikkinchisida 
erishi  natijasida  tutash  chegaralar  hosil  bo‗lishi  yo‗qotiladi.  Shuning  bilan  birga 
erituvchi  plyonkasimon  neftni  qovushqoqligini  pasaytiradi  bu  bilan  esa  neftni  tog‗ 
jinsiga  yopishqoqligi  kamaytiriladi,  agarda  neft  plyonkasi  butunlay  yuvilmasa  ham 
bir qancha yupqalashadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish