Bog'liq neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi
18.3. Kompressor qudug’i usti jixozlari Kompressor qudug‘iga usti armaturasi o‘rnatilib, u quduqqa tushirilgan
quvurlar tizmasini ko‘tarish, quvurlar oralig‘ini zichlash, quduq maxsulotini chiqish
chizig‘iga yo‘llash va siqilgan gaz yoki havoni quduqqa yo‘naltirish uchun xizmat
qiladi.
Quduq tavsifiga qarab har-xil turdagi armaturalardan foydalaniladi. Agar quduq
bosimi ishlatish vaqtida uncha katta bo‘lmasa, bir yoki ikki chiqishli engil turdagi
armaturadan foydalaniladi.
Quduqni ishga tushirish va ishlatish jarayonlarini bajarish uchun, ishlatish
vaqtida uchraydigan murakkabliklarni bartaraf etish, quduq usti jixozlari chiqish va gaz
haydash chiziqlari bilan ta‘minlangan bo‘ladi. Eng sodda kompressor qudug‘i usti
jixozi 21-rasmda keltirilgan.