5.2. Siklik suv bostirish
Bu usul 1964 yilda VNIIneftda ishlab chiqilgan bo‗lib, birinchi marta Pokrovskiy konida qo‗llanilgan. Texnologiya shundan iboratki, bunda haydalayotgan suv sarfini davriy ravishda o‗zgartirib turiladi va uyumdan uzluksiz yoki davriy ravishda suyuqlik olinadi. Qatlamga bunday ta‘sir qilish jarayonida, undan yuqori va quyi bosimlar to‗lqini o‗tadi. Jarayonning fizikaviy mohiyati shundan iboratki, siklning birinchi yarmida uyumda bosim ko‗tarilganda (suv haydash davrida) kam o‗tkazuvchan qatlamchalarda (hududlarda) neft siqiladi va ularga suv kiradi. Siklning ikkinchi yarmida uyumda bosim tushganda esa (suv haydash sarfi kamaytirilganda yoki umuman to‗xtatilganda) kam o‗tkazuvchan qavatchalarda suv kapilyar kuchlar bilan ushlanib qoladi, neft esa ulardan chiqib ketadi.
Siklning davomiylini 4-10 sutka bo‗lishi lozim va siquvchi hududni uzoqlashishi bilan 75-80 sutkagacha cho‗zilishi mumkin. Oddiy suv haydashga nisbatan usulni samarali qo‗llashning shartlari quyidagicha: a) qat-qat-turli va yoriq-g‗ovakli gidrofil kollektorlarning borligi; b) yuqori qoldiq neftga to‗yinganlik (usulni nisbatan tezroq (vaqtliroq) qo‗llanishi: boshlang‗ich davrda neft beraolishlikni oshirish 5-6% va undan yuqorini tashkil qiladi, kechroq boshlanganda esa - faqatgina 1-1,5 ga teng bo‗ladi); v) bosimni yuqori tebranishlar amplitudasini hosil qilishning texnik-texnologik jihatdan imkoniyati borligi. Unda oluvchi va haydovchi qatorlar o‗rtasidagi bosimlar farqida 0,5-0,7 ga ko‗tarilishi mumkin;
g) suyuqlik olishni o‗rnini to‗lg‗azish imkoniyati borligi. Bosim ko‗tarilishi davrida haydash hajmi 2 marotabaga ortishi kerak, bosim tushishi davrida esa haydovchi quduqlarni to‗xtatish orqali haydash hajmi 0 gacha tushiriladi.
5.3. Sirqish oqimlarini yo‘nalishini o‘zgartirish
Usulning g‗oyasi AL.Krilov, Y.P.Borisov, M.L.Surguchyov tomonidan aytilgan. U ham birinchi marta Pokrovskiy konida 1968 yilda qo‗llanilgan.
Usulning texnologiyasi shundan iborat-ki, unda suv haydash ba‘zi quduqlarda to‗xtatiladi va boshqalariga o‗tkaziladi, buning natijasida esa sirqish oqimlarning yo‗nalishini 90 gacha o‗zgarishi ta‘minlanadi. Jarayonning fizikaviy mohiyati shundan iborat. Birinchidan, oddiy suv xaydash usulida suv bilan aylanib o‗tilgan neftli hududlar paydo bo‗ladi. Haydash hududini, ko‗chirish tufayli qatlamda kattalik va yo‗nalish bo‗yicha o‗zgargan bosim tashkil qilinadi, haydalayotgan suv turg‗un va kam o‗tkazuvchan hududlarga kiradi, endi ularning katta o‗qidan oqim chizig‗i kesib o‗tadi va ulardagi neftni suv jadal harakat qiladigan hududlarga siqib chiqaradi.
Sirqish oqimlarini yo‗nalishini o‗zgartirish uyumni qo‗shimcha bloklarga bo‗lish, o‗choqsimon suv haydash, quduqlararo suyuqlik olish va haydashni qayta taqsimlash, siklik suv haydash orqali erishiladi. Usul texnologik jihatdan mukkammal bo‗lib, faqat kuchli nasos stansiyasini va faol suv haydash tizimini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |