Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»


-rasm. Xalqali qator bo‘ylab suv 3.7-rasm



Download 2,15 Mb.
bet18/85
Sana14.02.2023
Hajmi2,15 Mb.
#910914
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Bog'liq
qarshi-muhandislik-iqtisodiyot-instituti-neft-va-gaz-fakulteti

3.6-rasm. Xalqali qator bo‘ylab suv
3.7-rasm. Uyumlarni bloklarga
haydash.
ajratib suv haydash.
Shartli belgilar 3.1-rasmda
Shartli belgilar 3.1-rasmda

Maydon bo’ylab suv haydab ishlatish tizimi qumtoshlar gilli jinslar bilan ahamiyatli darajada aralashgan va neftning qovushqoqlik ko‘rsatkichi, o‘tkazuvchanligi, gidroo‘tkazuvchanligi va harakatchanligi ko‘rsatkichi past, qatlamning qalinligi katta bo‘lgan uyumlar (ishlatish ob‘ektlari) uchun qo‘llaniladi.
Bir turli tuzilishga ega bo‘lmagan uyumlarda haydalgan suv nisbatan o‘tkazuvchan qatlamchalar orqali ketib qolishi mumkin, bu qazib chiqarish quduqlarini muddatidan oldin suvlanishiga olib keladi.
Maydon bo‘ylab suv haydash tizimlarida haydovchi quduqlar va qazib chiqarish quduqlari navbatlanadi va ular orasida ma‘lum masofa saqlanadi. Qazib chiqarish va haydovchi quduqlarni joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud: 1.
Quduqlarni chiziqli joylashtirish sxemasi, bunda haydovchi quduqlar qazib chiqarish quduqlari qatorlari bilan navbatlanadi. Qazib chiqarish va haydovchi quduqlar albatta shoxmot tartibida joylashtiriladi. Qatorlardagi quduqlar orasidagi masofa bir vazifani bajaruvchi quduqlar qatori orasidagi masofadan farq qilishi mumkin;
2.
To‘rt nuqtali sxema, bunda haydovchi quduqlar uchburchakning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa uning markazida joylashtiriladi;
3.
Yitti nuqtali sxema neftning harakatchanligiga qarab tanlanadi, haydovchi quduqlar to‘ĝri oltiburchakning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa markazda joylashtiriladi;
4.
Besh nuqtali sxema, bunda haydovchi quduqlar kvadratning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa markazda joylashtiriladi; 5.
To‘qqiz nuqtali sxema uyumning bir turligiga qarab tanlanadi, haydovchi quduqlar kvadratning uchlari va uning tomonlari o‘rtasida joylashtiriladi, qazib chiqarish quduqlari esa markazida.
Saylab suv haydash tizimi ahamiyatli har turli, linza ko‘rinishidagi tuzilishga ega bo‘lgan, hamda qatlamning kollektorlik xossalari va qalinligi birdan o‘zgaradigan ishlatish ob‘ektlari uchun qo‘llaniladi. Suv haydashning bu turi maydon bo‘ylab suv haydash turlaridan biri hisoblanadi. Bu tizimda ishlatish ob‘ekti teng o‘lchamli uchburchak yoki to‘rtburchak to‘r bo‘yicha burĝulanadi.
Butun kon geologik matyeriallarni kompleks ishlash asosida burĝulangan quduqlardan suvni yaxshi qabul qiladiganlari tanlanadi. Haydovchi quduqlar joyini tanlashga asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi: qamrab olish maksimal bo‘lishi uchun qatlamning qalinligi katta bo‘lmasligi kyerak; qatlamning sizdirish xususiyati juda yaxshi bo‘lishi lozim; o‘tkazuvchan qatlamchalarning soni maksimal va qo‘shni quduqlarda shunday qatlamchalar bilan aloqasi aniqlangan bo‘lishi kyerak. Bu holda haydovchi quduqlarning soni maydon bo‘ylab suv haydashdagiga nisbatan ancha kam bo‘ladi.


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish