5. Xom ashyo va yordamchi maxsulotlar tavsifi
Konsentratsiyasi 86-88% bo‘lgan xom glitserin olish uchun, tozalangan glitserinli suv bug‘latiladi .Bug‘latilganda suv bug‘lari bilan qisman glitserin ham haydaladi. Bu yo‘qotish miqdori glitserin konsentratsiyasini va haroratni oshib borishi bilan ko‘payadi. Haroratning o‘ta yuqorilab ketishi glitserinning termik parchalanishiga, chiqayotgan mahsulot miqdorining kamayishiga va rangini xiralashishiga olib keladi. Yuqori konsentratsiyali glitserin eritmasi o‘ta qovushqoq bo‘ladi, shuning uchun bug‘latish jarayonida intensiv sirkulyasiya qo‘llaniladi. Glitserinni bug‘lanib ketishi va termik parchalanishni oldini olish uchun glitserinli suvni bug‘latish, vakuum ostida va suyuqliklarni sirkulyasiyasi bilan vakuumbug‘latish qurilmalarida amalga oshiriladi.
Bug‘latish jarayonida glitserin kuchli ko‘piklaydi, hosil bo‘lgan ko‘pik vakuum sistemaga so‘rib olinishi natijasida ko‘p glitserin yo‘qotiladi. Shuning uchun glitserinli suvni konsentrlash uchun faqat vertikal va yetarli bug‘ bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan apparatlardan foydalaniladi. Yog‘-moy korxonalari- da har-xil konstruksiya va o‘lchamdagi vakuum apparatlar ishlatiladi. Ko‘pincha alohida isitgichli, bir yoki ko‘p korpusli qurilmalardan foydalaniladi.
Iqtisodiy jihatdan eng samarador uskuna uzluksiz ishlaydigan bir necha korpusli bug‘latish qurilmalari hisoblanadi. Bu apparatlarni afzalligi shundaki, bir korpusdan chiqqan ikkilamchi bug‘ keyingi korpus uchun isituvchi bug‘ vazifasini o‘taydi. Bu, o‘z navbatida bug‘ sarfini tejalishiga olib keladi.
Glitserinli suvda 10-25% glitserin bo‘ladi. 86-88% konsentratsiyali texnik glitserin olish uchun glitserinli suv bug‘lantiriladi. Bug‘lanish vakuumda va vakuum bug‘latuvchi apparatlarda suyuqlikni intensiv sirkulyasiyasi ostida olib boriladi.
Yog‘ sanoatida turli konstruksiyadagi va kattalikdagi vakuum-bug‘latuvchi apparatlar ishlatiladi. Isitkichli vakuum-bug‘latuvchi apparatlar keng tarqalgan. Bu apparatlar bitta korpusli va ko‘p korpusli bo‘ladi.
U ikkita korpusdan iborat bo‘lib, har bir korpus isitgich va bug‘latgichga ega, birinchi korpus atmosfera bosimida ishlasa, ikkinchi korpus esa 650-680 mm simob ustuniga teng vakuumda ishlaydi
.Jadval-5.1
-
Ko‘rsatkichlar
|
Gl
|
itserin navlari
|
I
|
II
|
III
|
Glitserin miqdori, %, kam emas
|
86
|
86
|
78
|
Kul miqdori, %, ortiq emas
|
0.35
|
1.8
|
9.5
|
Uchmaydigan organik qoldiqlar miqdori, %, ortiq emas
|
0.85
|
2.0
|
4.0
|
Sifat ko‘rsatkichlariga qarab ham glitserin I, II va III navlarda ishlab chiqariladi.
Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha I va II nav xom glitserin tiniq, sirtida ko‘piksiz va och sariqdan to‘q jigarranggacha bo‘lishi kerak. III nav xom glitseringa ozgina xiraroq bo‘lishiga ruxsat etiladi, rangi esa jigarrangdan to‘q bo‘lmasligi lozim.
Fizik – kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha xom glitserin 18 – jadvalda ko‘rsatilgan talablarga mos kelishi kerak.
Distillangan glitserin texnik glitseringa nisbatan yuqori konsentratsiyaga (98 %) va sifatga ega.
Distillangan glitserin olishning ikki xil usuli ma’lum:
1) texnik glitserinni distillyasiyasi 2) glitserinli suvni ion almashinish usuli bilan tozalash so‘ngra bug‘latish.
Xom glitserinni aralashmalardan tozalash suv bug‘i bilan vakuum ostida
haydash orqali amalga oshiriladi. Toza glitserinni qaynash harorati 2900C ga teng. Bunday haroratda glitserin akrolein va turli kislotalar hosil qilib parchalanadi. Shuning uchun atmosfera bosimida distillyasiya jarayonini o‘tkazish glitserin sifatini yomonlashtiradi. Hozirgi vaqtda glitserinni distillyasiyalash 170-1800C da vakuum (15-20 mm simob ust) ostida olib boriladi. Glitserinni distillyasiyalash vaqtida hosil bo‘lgan bug‘ni sekin-asta yoki fraksiyali kondensatsiya qilinadi.
Bunda havoli va suv yuzali kondensatorlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |