Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «kasb ta'limi»


Shaxsga qaratilgan o'qitish texnologiyasi



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/99
Sana08.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#330676
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99
Bog'liq
kasbiy talim metodikasi oqituvchi nutq madaniyati

15.4.Shaxsga qaratilgan o'qitish texnologiyasi. 

SHaxsni  ko‘zda  tutishga  asoslangan  pedagogik  texnologiya  asosida 

insonparvarlik  falsafasi,  psixologiyasi  va  pedagogikasi  yotadi.  Bu  texnologiya 

shaxsga  tayanadi.  U  o‘zini  namoyon  qilishga,  yangi  tajribalarni  idrok  qilishga 

maqsad sari intilgan, ongli, ma‗suliyatli shaxsdir. Shaxsni ko‘zda tutish texnologiyasi 

har  tomonlama  rivojlangan  shaxs-fuqaroning  shakllanishi,  ijodiy  qobiliyatini 

namoyon  qilish,  ma‗naviy-ahloqiy  tarbiya  bilan  bevosita  bog‘langan  intellektual 

rivojlanishga  qaratilgan.  Bu  pedagogik  texnologiya  ikki  ko‘rinishda  namoyon 

bo‘ladi: 

1.

 



Hamkorlik texnologiyasi. 

Bu texnologiya to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 

a) shaxsga inson, shaxs sifatida yondashuv; 

b) dialektik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua; 

v) tarbiya kontseptsiyasi; 

g) atrof-muhitni ta‗lim-tarbiyaga moslash. 

2.

 

Taniqli  pedagog  olim  va  amaliyotchi  I.A.Amonashvilining  inson-shaxs 



texnologiyasi. 

Bu texnologiyani asosiy maqsadi: 

a) bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob  

   insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon  

   tug‘dirmoq; 

b) bolaning qalbi va yuragini ulug‘lamoq; 

v) boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va  



   shakllantirish

g) keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq; 

d) ideal tarbiya – bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq. 

 

Bu  texnologiyalarni  amalga  oshirishda  quyidagi  metodika  va  metodik 



usullardan foydalaniladi: 

-

 



insonparvarlik

-

 



shaxsiy yondashuv; 

-

 



muloqot mahorati 

-

 



oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati

-

 



o‘quv faoliyati. 

Individual  o‘qitishda  faoliyatning  mazmuni,  metodlari  va  sur‗ati  talabaning 

xususiyatlariga  moslashtiriladi.  Bunda  o‘qitishning  tashkiliy  shakli  quyidagicha 

bo‘ladi. 

a) pedagog faqat birgina o‘quvchi-talaba bilan o‘zaro munosabatda  

   bo‘ladi; 

b) bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, kompyuter, EHM va  

   b) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. 

O‘quvchi-talabaga shaxsiy yondashish deganda: 

a) Bu pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra pedagog o‘quv-tarbiya ishlar 

jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan 

individual  model  bo‘yicha  o‘zaro  munosabatda  bo‘lish,  individual  xususiyatlariga 

asoslanish; 

b) Individual xususiyatlarini hisobga olish; 

v) O‘quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish; 

g)  Barcha  talabalarning  rivojlanishiga  emas,  balki  har  bir  talabaga  alohida 

rivojlanish uchun psixologik-pedagogik tadbirlar yaratish tushuniladi. 

O‘qitishni individuallashtirish: 

а) O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, sur‗atini tanlash 

talabaning individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi; 

b)  Individual  yondashuvni  ta‗minlovchi  turli  o‘quv-metodik,  psixologik  va 

tashkiliy-ma‗muriy tadbirlardir. 

Individuallashtirish  texnologiyasining  umumiy  xususiyatlariga  quyidagilar 

kiradi. 


a) O‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish; 

b)  Fikrlash  jarayonida  bilim,  malaka,  ko‘nikmalarni  egallash  indi-vidual 

kamchiliklarni tuzata olish usullari; 

v)  Oila  tarbiyasida  motivatsiyaning  bo‘linmasligi,  irodaning  sustligi 

kamchiliklarini qayd qilish va yenga olish; 

g)  Qobiliyatli  va  iste‗dodli  o‘quvchilarga  nisbatan  o‘quv  jarayonini 

optimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinf va sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish); 

d) O‘qitish jarayonini tanlash erkinligini berish; 

e) Umumiy o‘quv malakalari va ko‘nikmalarni shakllantirish; 

j)  O‘quvchilarning  o‘z-o‘ziga  mos  baho  bera  olishini  shakllantirish; 

o‘qitishning texnik vositalaridan, shuningdek EXMdan foydalanish. 

O‘quv  materialini  sxemalar  va  modellar  asosida  o‘qitishni  jadallashtirish 

texnologiyasi (V.F.SHatalov) asosiy tamoyillari quyidagicha: 



a) ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikning 

yuqori  darajasi,  katta  bloklarda  o‘rganish,  faoliyatning  dinamik  qolipi,  hatti-

harakatning tayanchi, mo‘ljaldagi asosini qo‘llash. 

b) shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv

v) insonparvarlik; 

g) zo‘rlab o‘qitmaslik; 

d) 

o‘quv 


vaziyatlarining 

konfliktsizligi, 

har 

bir 


o‘quvchining 

muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yo‘lga solish) yutuqlarga istiqbolni ochish

e) o‘qitish va tarbiyani bog‘lab olib borish. 

Bu metodning o‘ziga xosligi shundaki: 

a) materiallar katta hajmda kiritiladi

b) materiallar bloklar bo‘yicha joylashtiriladi

v) o‘quv materiali tayanch sxema-konspekt ko‘rinishida      

   rasmiylashtiriladi. 

 

Bu  o‘qitish  texnologiyaning  xizmati  shundaki,  mashg‘ulotlarda  yetarli 



darajada, barchaning faolligi ta‗minlanadi. O‘quvchi sxema, modellarga tayanib ichki 

fikrlash faoliyatini rivojlantiradi. 

 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish