14. 2. Ta'limni tashkillashtirish shakllarining mohiyati va mazmuni.
Ta‗lim maskanlari oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar o‘quvchi-
talabalarga beriladigan ta‗lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va
yuqori bosqichga ko‘tarishni talab qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko‘p
jihatdan mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq. Maktablarimizda darsning
boshlanish davrini - darsning tashkiliy daqiqalari deb ataladi. Biroq, bu dars
shaklining biror bosqichi yoki tuzilishiga kirmasligi kerak. Tashkiliy daqiqada
sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish muhimdir. Tajribali va mahoratli
o‘qituvchilar fursatni qo‘ldan bermay, o‘quvchilar diqqatini chalg‘itmay, darhol ish
boshlab yuboradilar. Ayni paytda o‘qituvchi oldida ikki vazifa – butun sinf
o‘quvchilari diqqatini o‘ziga jalb qilish va butun sinf o‘quvchilarini tezlik bilan
mashg‘ulotga faol kirishishlarini ta‗minlash vazifalari turadi.
Dars mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsadni ravshan va aniq qilib o‘qtirish bilan
boshlanadi. Dars yangi materialni bayon qilishga qaratilgan bo‘lsa, dars mavzusi
aytiladi. Darsda rejada mo‘ljallangan materialni o‘tib bo‘lingach, u albatta
yakunlanishi, xulosalar chiqarilishi kerak. Shuningdek, o‘qituvchi darsni ilg‘or
pedagogik texnologiyalar asosida olib borishi, turli xil ta‗lim metodlaridan unumli
foydalanish va o‘quvchilarga ko‘proq muammoli vaziyatlar yaratish orqali ularga
yangi materialni bayon qilishi dars sifatini oshiradi.
Darsni tashkil etish va olib borishdagi bosh maqsad – ta‗lim jarayonining
samaradorligini ta‗minlashdir. Buning uchun:
a) o‘tilayotgan mavzudan ko‘zlangan maqsadni o‘qtirish bilan bir vaqtda, o‘quvchilar
materialni faol idrok qilishga safarbar etilgan bo‘lishlari kerak. Ya‗ni o‘qituvchi
bayon qilayotgan mavzu o‘quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, ongli o‘zlashtirishga
intilishlarini ta‗minlamog‘i lozim;
b) Ajratilgan vaqt ichida o‘qituvchi materiallarni tizimli va izchil bayon qilish bilan
bir vaqtda, o‘quvchilarni ham, albatta, mavzuga oid mustaqil ish olib borishlarini
ta‗minlash juda muhimdir. O‘qituvchi darsda mavzuni bayon qilish davomida
o‘quvchilarga muammoli vaziyat tug‘diradigan savollar berib, ularni fikrlash va
izlanishga undasa o‘quvchilar ushbu materialni puxta o‘zlashtirib oladi.
v) Bilimlarni bayon qilish jarayonida o‘quvchilar faolligi (og‘zaki, yozma mashqlar
va laboratoriya-tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga solinmog‘i lozim. Bu o‘z
navbatida, o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga
hizmat qiladi va to‘g‘ri baholash uchun katta imkoniyat tug‘diradi.
g) dars jarayonida o‘tilayotgan o‘quv materiallari boshqa fanlarning aloqador
mavzulari bilan bog‘lanishini ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega.
Darsda o‘quv – tarbiya ishlarining barcha komponentlari: maqsad, mazmun,
vositalar, metodlar, tashkil etish va boshqarish faoliyati hamda uning hamma didaktik
elementlari mujassamlangan deb hisoblash qabul qilingan. Shunga asosan o‘qituvchi
dars muammolariga to‘g‘ri yondoshishi uchun ta‗lim jarayonining asosiy
komponentlarini bilishi, ularning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta‗sirini tushunishi
lozim. Umuman olganda, sinfga ham reproduktiv, ham ijodiy topshiriqlar berish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |