Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «kasb ta'limi»


Kasb  ta'limi  jarayonida  didaktik  materiallar,  o'qitishning  texnik



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/99
Sana08.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#330676
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99
Bog'liq
kasbiy talim metodikasi oqituvchi nutq madaniyati

13.4.Kasb  ta'limi  jarayonida  didaktik  materiallar,  o'qitishning  texnik 

vositalarining turlari va ulardan foydalanish. 

 

Darsni  tashkil  etishda  ko'rgazmali  qurollar  muhim  o'rin  tutadi.  Didaktikaning 



asosiy  prinsiplaridan  biri  darsning  ko'rgazmaliligini  ta'minlash.  Ayniqsa  murakkab 

nazariy  fan  bo'lmish  kasbiy  ta'lim  metodikasini  o'qitishda  ko'rgazmali  qurollardan 

foydalanish  talabalarga  iqtisodiy  kategoriyalarni,  muammolarni  o'rganishda  katta 

yordam beradi. 

 

Ko'rgazmali  qurollar  yordamida  talabalar  bir  vaqtning  o'zida  muhokoma 



qilinayotgan  savolni,  axborotni  ham  eshitish,  ham  ko'rish  orqali  qabul  qilishi 

shubhasiz ularni puxta bilim olishlariga yordam beradi. 

 

Ko'rgazmali qurollar xilma-xil. Taraqqiyotning o'zi bir tomondan, fanni chuqur 



o'zlashtirishni  zarur  qilib  qo'ysa,  ikkinchi  tomondan,  dars  berishning  turli  -tuman 

yangi  uslublari  ko'rgazmalilikni  oshirish,  texnik  vositalardan  foydalanish,  ularni 




qo'llashni  takomillashtirish  orqali  bilim  olishni  osonlashtirish,  qiziqarli  jarayonga 

aylatirishga yordam beradi. «Bilim olish ignada quduq qazish bilan barobar» degan 

naql  bejiz  emas,  chunki  u  nihoyatda  mashaqqatli  mehnat.  Sabr-toqatni  talab  qiladi. 

Tabiiy yoshlarda energiya ko'p, sabr-toqat esa etishmaydi. 

 

Bugungi  kunda  axborot  texnologiyalari  jamiyatimiz  rivojlanishiga  ta'sir 



etuvchi  eng  muhim  omillardan  biri  hisoblanadi.  Axborot  texnologiyalari  insoniyat 

taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo'lib, hozirgi zamon axborotlashgan 

jamiyatning  o'ziga  xos  xususiyati  shundaki,  axborot  texnologiyalari    barcha  mavjud 

texnologiyalar, xususan yangi texnologiyalar orasida etakchi o'rin egallamoqda. 

 

Axborot  texnologiyasi  va  texnik  vositalar  samarasini  belgilaydigan  didaktik 



materiallardan  keng  foydalanish  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarning  asosiy 

belgilaridan  biridir.  Milliy  dasturda  ta'lim-tarbiya  jarayonini  boshqarishning  bu 

muhim  vositasiga  alohida  urg'u  berilgan.  Axborotli  vositalar  (kompyuter,  elektron 

aloqa, radio, televidenie) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi: 

 

Axborotli  ta'lim  jarayoni  oldindan  pedagogik  loyihalangandagina  ko'zlangan 



maqsadga  erishish  mumkin.  Pedagogik  jarayonni  kompyuterlashtirish  asosiy 

yo'nalishlaridan biri va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning shug'ullanishi lozim 

bo'lgan sohasidir.  

 

Axborot texnologiyalari–bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning 



texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo'yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan 

ma'lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik 

vositalaridir. 

 

Ta'lim  texnologiyalari doimo  axborotli bo'lgan, chunki ular ko'p xil  axborotni 



saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga  etkazish  bilan  bog'liq  edi. Kompyuter  texnikasi 

va  kommunikasiya  vositalari  paydo  bo'lishi  bilan  o'qitish  texnologiyalari  tubdan 

o'zgardi. 

Ta'lim 


jarayonida 

axborot 


texnologiyalarini 

amalga 


oshirilishi 

quyidagilarning mavjud bo'lishini taqozo etadi: 

- ta'limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikasiya vositalari; 

- ta'lim jarayonini tashkil etish uchun unga mos tizimli va amaliy dastur ta'minoti; 

- ta'lim-tarbiya jarayonida yangi o'quv- texnika vositalarini tatbiq etish bo'yicha mos 

metodik ishlanmalar. 

 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish