tomoniga fanning predmeti, shu darsning xususiyatlari, mavzuning mazmuni kirsa,
sub'ektiv tomoni shu fanni o'qituvchi tomonidan o'zlashtirishidir. Undan tashqari
metodik jihatdan tayyorgarlik natijasi individual metodik prinsipi, uslublar va uni
O'quv jarayonini tashkil etish va dars berish uslubini tanlaganda, o'quv
jarayonida oliy o'quv yurtida mutaxassis tayyorlash bilan birga yoshlarning
dunyoqarashi etuk, ahloqiy pok, o'z yurtining vatanparvari bo'lishini hamda
O'qituvchining shaxsi uning psixologik sifatlari, nazariy va metodik jihatdan
tayyorgarlik darajasi, dars berish metodiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu uslubning o'zini
darsda qo'llash turli o'qituvchilarda turlicha natija beradi. Dars berish uslublarining
samaradorligi haqida fikr yuritilar ekan, o'qituvchining shaxsiy sifatlaridan ilmiy
uslubiy tayyorgarligi darajasini ajratib bo'lmaydi. Dars berishning jarayon sifatida
o'rganilayotgan fanning mazmuni, dars o'tish prinsiplari kiradi. Dars berishning
V) har bir o'qituvchining ta'lim–tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni
Dars berishda pedagog sub'ektiv omil sifatida namoyon bo'ladi. Ko'p jihatdan
talabalarni o'zlashtirishi o'qituvchining dars o'tishda tanlangan uslublariga bog'liq.
Har bir o'qituvchi o'zining individual xususiyatlari bilan takrorlanmasdir. Bu albatta
dars berishda katta rol o'ynaydi.
Har bir o'qituvchi o'z qobiliyatini dars berishda namoyon qilar ekan, u ma'ruza
va boshqa nutq so'zlarida o'ziga xoslik baxsh etadi. Ayrim paytlarda sub'ektiv tomon
o'quv jarayoniga putur etkazishi ham mumkin. Ma'lum bir mavzuni yoritishda
o'qituvchi o'zi yaxshi bilgan yoki o'zining ilmiy izlanishlari bilan bog'liq bo'lgan,
lekin shu mavzuga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lmagansavolga ko'p vaqt ajratib, qolgan
savollarni ko'rib chiqish uchun vaqt etmay qolishi mumkin. Bu mavzuni bayon
qilishdagi didaktikaning izchilliy prinsiplarini buzilishiga olib keladi. Shuning uchun
dars o'tganda muhim vazifa bu sub'ektiv jihatlar albatta, ob'ektiv jihatlarga
bo'ysunishi, aynan shu fanning mazmunini ochib berishga xizmat qilishi kerak.
Bunda albatta to'plangan metodik tajriba qo'l keladi.
Har bir o'qituvchi o'zida quyidagi psixologik sifatlarni hosil qilishga va
rivojlanishiga harakat qilishi kerak.
1. Auditoriyada o'zini erkin tutish, o'zining dars berish imkoniyatiga ishonishi
kerak.
2. O'qituvchi gapirib turib, o'ylashni bilishi kerak. Aynan o'qituvchilik
kasbining, mehnatining va mahoratining o'ziga xosligi ham shundadir. Dars berish
jarayonida fikrlash, o'ylash va gapirish jarayoni qo'shilib ketadi.
3. O'qituvchining fikrlashi va shu vaqtning o'zida uni bayon qilishi auditoriyada
yuz beradi. Shuning uchun o'qituvchi unga tikilib turgan ko'zlardan qo'rqmasligi
kerak. Shu bilan birga o'qituvchi auditoriyadagi talabalar bilan o'zaro bog'liqlikni
yo'qotmaslik xislatlarini ham o'zida tarbiyalashi kerak.
4. O'qituvchi auditoriyada o'tirgan talabalarning reaksiyasini, uni o'zgarishini
to'g'ri aniqlashi uchun katta kuzatuvchanlik qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.
Auditoriyani psixologik holatini tez ilg'ashi kerak (tinchlik, shovqin va h.k.).
O'qituvchi bir psixologik holatdan boshqa holatga oson o'ta olishi kerak.
O'qituvchining imoni komilligi, ilmiy dalillarni asoslab berishdagi ishonchi, uni
fikrining talabalarga ta'siri bir necha marotaba oshiradi. O'ziga ishonish esa
predmetni chuqur bilish, har tomonlama bilimga ega bo'lish, o'z fikrini ilmiy asoslab
berish qobiliyatiga ega bo'lishdan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: