Didaktika prinsiplari o'z navbatida o'qitish, ta'lim berish uslublarini va tashkiliy
- ko'rsatmalilik;
Ta'limning onglilik va faollik prinsipi o'quvchilarning bilish faoliyatiga asos
olingan qoida sifatida uchta muxim jixatini: o'quvchilar tomonidan o'quv
materialining ongli ravishda tushunilishini, o'quv mashg'ulotlariga ongli munosabatda
bo'lishni, bilish faoliyatining shakllanishini o'z ichiga oladi.
Ta'limning ilmiy va tizimlilik prinsipi bizni qurshab olgan olamni bilish
jarayoni murakkab, ziddiyatli bo'lib, xar xil boskichlar, shakl va metod hamda
vositalarini o'z ichiga oladi. Ilmiy bilish hodisadan mohiyatga, narsaning tashqi
ta'siridan uning ichki tuzilishini tasvirlashga o'tishdan iboratdir. Agar o'quv materiali
o'quvchini qonunlar, tushunchalar, formulalar va teoremalar olami bilan tanishtirsa ,
bunday bilimlar ilmiy bilimlar deb ataladi. Ular aqliy rivojlanish uchun etakchi
axamiyatga egadir. Fakat ana shunday bilimlargina o'quv predmetining ilmiy
mazmunini o'zlashtirib olishga, kelgusida esa fan asoslarini chuqurroq egallab,
mehnatda faol ishtirok etishga imkon beradi.
Nazariyaning amaliyot bilan bog'liqlik prinsipi-o'quvchilar o'zlashtirgan
bilimlari ularning bevosita hayot faoliyatida qo'llagan yoki dasturilamal bo'lib xizmat
qilgandagina axamiyatli ekanligiga ishora kiladi. Amaliyotda qo'llanmagan bilimlar
asossiz bo'lib, kiska vaqt davomida unutiladi.
Ta'lim va tarbiyaning birligi qoidasi. Yoshlarga ta'lim berish, tarbiyalash va
ularning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ta'lim
tizimida ta'lim va tarbiyaning birligi qoidasi asosiy va etakchi qoidalardan biri
hisoblanadi. Ta'lim jarayonida o'tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan
kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to'g'ri belgilash va uni ta'lim bilan birga, bir
butunlikda amalga oshirishni ta'minlash muhim axamiyatga ega. Demak, bir butun
ta'lim jarayoni ikki o'zaro bog'liqlik: hayotni bilish va unga bo'lgan munosabatni
tarkib toptirish jarayoni bilan ajralib turadi.
Ta'limda ko'rsatmalilik prinsipi didaktik qoidalardan biri bo'lib, u o'qitish
jarayonining sifatini ortiradi, o'quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi.
Ko'rsatmalilik prinsipi idrok etishni osonlashtirishi va nazariy bilimlarni hayot,
amaliyot bilan bog'lash imkonini beradi. Bu qoida o'qitish jaryonida ko'rish eshitish,
hid bilish, teri muskul-xarakat kabi sezgi organlarining bir yo'la ob'ekt ustida safarbar
kilinishini talab etadi, shuningdek o'rganilayotgan hodisalarga qizikishni oshiradi,
bilimlarni puxtarok egallashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: