Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»



Download 125 Kb.
bet3/8
Sana23.01.2021
Hajmi125 Kb.
#56535
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shoimo'v Akobirning Xufyona iqtisodiyot To'grisidagi kurs ishi

Xufiya Iqtisodiyot — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar toʻlanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab boʻlmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, isteʼmol jarayonlari — iqtisodiy munosabatlar boʻlib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud.

Mulkchilik huquqlarining oshkora va xufyona tizimlari amalga oshirilishiga ko`plab misollar mavjud. Buyruqbozlik iqtisodiyotida, qonunda mustahkamlangan «mulkchilikning umumxalq xususiyati»ga qaramasdan, asosiy huquqlar ham partiyaviy, ham ma’muriy (vazirliklar, yuqori tashkilotlar) byurokratiya qo`lida edi. Tegishlicha savdolar va bitimlar shaklini hosil qilgan nizolarni hal etishning muqobil mexanizmlari ham mavjud edi, bunda almashuv predmeti sifatida nafaqat tovarlar va xizmatlar, balki «jamiyatdagi mavqe, hokimiyat va bo`ysunish, qonunlar va ularni buzish huquqi» va hatto ishlab chiqarish davlat rejalari ham ishtirok etgan.

Perulik olim Ernando de Soto tadqiqotlarida Lotin Amerikasi mamlakatlari misolida xufyona iqtisodiyot masalalari jiddiy tahlil etilgan. Ularda davlat sud-huquq tizimi va u himoya qiladigan mulkchilik huquqlari almashuvlarning faqat kichik bir qismi mexanizmini shakllantiradi. Ularda – chakana savdo, jamoat transporti, qurilish va kabi iqtisodiyotning bir qator sektorlar faoliyati mulkchilik huquqlarining xufyona tizimiga asoslanadi. Masalan, Peru poytaxti Lima shahrida yangi ko`p qavatli turar joy binosini qurish meriyada ruxsat olishdan emas, balki birinchilik tamoyili bo`yicha qurilish uchun uchastkani egallab olishdan boshlanadi. Shu tariqa mulkchilik huquqlarining o`rnatilishi xufyona qayd etilgan mulkchilik huquqi unvoni bilan emas, balki ijtimoiy sanksiyalar va oddiy huquq bilan himoyalanadi.

Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish birinchi navbatda qonun doirasidagi harakat bilan ya’ni, yuqori transaksiya xarajatlari bilan bog`liq. Transaksiya xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda, ta’kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni «qonunga bo`ysunish narxi» deya ta’riflaydi. U quyidagilarni o`z ichiga oladi:

- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro`yxatga olish, litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo`lish va boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari);

- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog`liq xarajatlar (soliqlarni to`lash) mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish

(ish kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to`lash).

Ta’kidlash joizki, qonunga bo`ysunish narxi nafaqat to`g`ridan-to`g`ri xarajatlarni, balki u yoki bu tadbirlarni bajarish uchun vaqt sarflarini ham o`z ichiga oladi. Bunda uning aynan ushbu tarkibiy qismi qator holatlarda juda katta bo`ladi. Masalan, Lima shahrida uy-joyni qurish uchun ruxsat olish tadbiri taxminan 4 yilu 1 oy, mayda ulgurji bozorini tashkil qilish uchun ruxsat olish 17 yil, kichik do`konni ochish uchun ruxsat olish 43 kun vaqtni olgan. «Uchinchi dunyo» ayrim mamlakatlarida yuridik shaxsni ro`yxatga olish uchun talab etiladigan xarajatlar 6.1-jadvalda keltirilgan.




Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish