O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
«IQTISODIYOT NAZARIYASI» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Ijtimoy-iqtisodiy tizimlar va ularning andozalar.
Bajardi: “Iqtisodiyot” ta’lim
yo’nalishi 2- bosqich
I-107-19 guruh talabasi ISHONQULOVA GULNORA
_____________________
Tekshirdi: “Iqtisodiyot” kafedrasi
_____________________
_____________________
MAVZU: IJTIMOY-IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING ANDOZALAR.
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………….….….3
I BOB Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari……………..…4
1.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar………………………………………………………………………….4
1.2. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari………………………………..11
1.3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk Ob’ektlari va sub’ektlari…………………………………………………………………………14
1.4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni………………16
II bob. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari…………………………………………………………18
2.1. Mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari………………..…..18
2.2 . O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida erishilgan natijalar iqtisodiy tahlili…………………………………..…..24
Xulosa………………………………………………………………………………….29
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………………….30
KIRISH
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo’ladi. Shuning uchun ,bu yyerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarining o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin ajratiladi.
Kurs ishi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga bag’ishlangan bo’lib, u kirish, 2 bobdan iborat asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat reja asosida tayyorlangan. 1- bob “ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari” deb nomlanib, u 4 paragrafdan tashkil topgan. Mazkur bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy bosqichlari, iqtisodiy tizimlar, ularning iqtisodiy moxiyati, o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda mulkchilik munosabatlarining amalga oshish xususiyatlari, mulkchilik shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni yoritilgan.
2 bob “O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari” deb nomlangan bo’lib, u 2 paragrafdan iborat.
Mazkur bobda mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari yoritilgan bulib, iqtisodiyotning yangi bosqichga o’tishi jarayonida mulkchilik soxasidagi yangiliklar, ularning iqtisodiy va ijtimoiy axamiyati yoritilgandir. Shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, jaxon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi jarayonida
Do'stlaringiz bilan baham: |